1-Laboratoriya mashg’uloti


Bolalar va o’smirlarning yoshi



Download 1,79 Mb.
bet34/34
Sana25.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#128363
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Biologiya fanidan uzviylashtirilgan dts talablari asosida bajari

Bolalar va o’smirlarning yoshi.

Oziq moddalar miqdori.

Shu moddalardan ajraladigan energiya (kkal)

Oqsil

Yog’

Uglevodlar




5-7

65-75

75-80

250-300

1800-2300

8-11

75-90

80-90

350-400

2400-2800

12-14

90-100

90-100

400-450

2800-3200

15-16

100-120

100-110

450-500

3200-3500

Katta odamlar

100-120

80-110

450-500

3200-3500



Turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridagi oqsil, yog’, uglevodlar va energiya miqdori. II- jadval

Oziq mahsulotlari

100g oziq mahsulotidagi oqsil, yog’, uglevodlar va energiya miqdori

Oqsil %

Yog’ %

Uglevod %

Kkal

Mol go’shti

17.7

3.6

-

106

Tovuq go’shti

17.2

12.3

-

185

Baliq

16.0

0.7

-

72

Tuxum (1dona)

12.5

12.1

0.55

175

Sut

2.8

3.5

4.5

65

Qatiq

2.8

3.5

2.9

56

Tvarog

11.1

18.9

2.3

230

Pishloq

22.6

25.7

-

332

Oq non

6.7

0.7

50.3

240

Qora non

5.3

1.2

46.1

222

Guruch

6.4

0.9

72.5

332

Makaron

9.3

0.8

70.9

336

No’xat

19.8

2.2

50.8

310

Loviya

19.6

2.0

51.4

310

Shakar

-

-

95.5

390

Kartoshka

2.4

0.22

19.5

62.5

Sabzi

1.2

0.3

9.0

30.5

Pomidor

0.5

-

4.0

18

Bodring

0.7

-

2.9

15

Olma

0.3

-

10.8

45

Ishning borishi: 1. Har qaysi o’quvchi o’z yoshini hisobga olgan holda I-jadvaldan foydalanib, bir kecha-kunduzgi ovqat ratsionida necha gramm oqsil, yog’, uglevod va energiya (kkal) bo’lishi kerakligini aniqlaydi.

2.Ikkinchi jadvaldan ovqat ratsioniga kiradigan oqsil, yog’, uglevodlar oziq mahsulotlari tarkibida necha grammdan bo’lishi aniqlanadi.

3. Bir kecha –kunduzgi ovqat ratsioniga kiritilgan asosiy ovqat mahsulotlarining miqdori

(g hisobida) va ulardan ajralgan energiya (kkal hisoblab chiqiladi) aniqlanadi.



Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish. Savollarga javob yozish.

8-sinf biologiya.

8-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Tizza refleksini kuzatish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga nerv sistemasining tuzilishi, funksiyasi, ahamiyati to’g’risida berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Orqa miya reflekslarini mashg’ulot bajarish jaroyonida mustaqil, amaliy ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.

Kerakli jihozlar: Tizza refleksi tasvirlangan jadval, rezina bolg’acha.

Rezina bolg’acha

Ishning borishi: I. Darslikdagi “orqa miya reflekslari” mavzusi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.

  1. Orqa miya qanday funksiyalarni bajaradi?

  2. Nima uchun baqa bosh miyasi olib tashlanganda ham uning oyog’iga ta’sir ettirilganda javob reaksiyalari yuzaga keladi?

  3. Nima uchun ta’sir kuchaytirilganda baqa ikkinchi oyog’ini ham tortib oladi?

  4. Odamda tizza refleksini qanday kuzatish mumkin?

  5. Tizza refleksi hosil bo’lishida ishtiroq etadigan refleks yoyi qanday qismlardan iborat?

  6. Nima uchun refleks yoyi qismlaridan birining ish faoliyati buzulsa ham javob reaksiyasi yuzaga kelmaydi?

  7. Nima uchun tizza reflekslari orqa miya refleksi deb ataladi?

  8. Orqa miya to’qimasi yallig’langanda qanday holat yuzaga keladi?

  9. Nima uchun umurtqa pog’onasi singanda tananing ayrim qismlari shol bo’lib qoladi?

  10. Polimiolit kasalligida qanday belgilar bo’ladi va uning oldini olish uchun qanday tadbirlar amalgam oshiriladi?

II. 1. O’quvchilar 3-4 tadan bo’lib guruhlarga bo’linadi.

2. Darslikning “Nerv sistemasi” va “orqa miya reflekslari” mavzularida bayon etilgan tizza refleksi hosil bo’lishiga ta’luqli ma’lumotlar bilan tanishadilar.

3. O’quvchilar bir-birlarida tizza refleksini hosil qilish tajribasini bajaradilar. Buning uchun tekshiriluvchi stulda oyoqlarini chalishtirib o’tiradi.

4. Uning yuqorida turgan oyog’ining tizza payiga maxsus rezina bolg’acha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib ko’tariladi. Bu tizzaning harakat refleksini ko’rsatadi.



Tizza refleksini kuzatish tajribasi.

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.
8-sinf biologiya.

9-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Nerv tizimi gigiyenasi.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda orqa va bosh miyaning tuzilishi, funksiyasi, ahamiyati to’g’risida berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Nerv sistemasi gigienasi to’g’risidagi ko’nikmalarini hosil qilish.

Kerakli jihozlar: Bosh va orqa miyaning tuzilishi tasvirlangan jadvallar, bosh va orqa miyaning modeli.



Bosh miya Orqa miya

Ishning borishi: O’quvchilar 3-4 tadan bo’lib guruhlarga bo’linadi va darslikdagi “nerv sistemasi” mavzusi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.

1. Nerv sistemasi qanday funksiyalarni bajaradi?

2. Nerv sistemasi qanday tuzilgan?

3. Orqa miyani joylshishi va tuzilishini tushuntiring.

4. Orqa miyaning o’tkazuvchanlik funksiyasini tushuntiring.

5. Orqa miya qanday sigmentlardan iborat va ular qanday funksiyani bajaradi?

6. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasini ayting.

7. Uzunchoq miya va miya ko’prigining funksiyasini ayting.

8. O’rta va oraliq miyaning joylashuvi hamda funksiyasini ayting.

9. Miyachani tuzilishi va funksiyasini ayting.

10. Po’stloq osti nerv markazlari qanday vazifani bajaradi?

11. Bosh miya yarim sharlari hujayralari qanday joylashgan?

12. Nerv sistemasi zararlanmasligi uchun qanday gigienik qoidalarga amal qilish kerak?


Orqa miya va

bosh miya qismlari



Tuzilishi

joylashgan joyi

Funksiyasi

O’tkazuvchanlik

Reflektorlik

Orqa miya













Uzunchoq miya













Miya ko’prigi













O’rta miya













Oraliq miya













Miyacha













Oqimtir yadro













Targ’il tana













Bosh miya postloq qavati















Uyga vazifa: Jadvalni to’ldirib xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

10-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: 1.Ko’rish o’tkirligini aniqlash.2. Ko’zning qorachig’i refleksini aniqlash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga ko’rish o’tkirligini va ko’zning qorachig’i refleksini aniqlashni o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Golovin jadvali, metr, ko’rsatkich.


Golovin jadvali



D=50,0


Ш Б



V=0,1


D=25,0

М Н К


V=0,2


D=16,0

Ы М Б Ш


V=0,3


D=12,0

Б Ы Н К М


V=0,4


D=10,0

И Н Ш М К


V=0,5


D=8,33

Н И Ы И К Б


V=0,6


D=7,14

Ш И Н Б К Ы


V=0,7

D=6,35

К Н Ш М Ы Б И

V=0,8

D=5,55

Б К Ш М И Ы Н

V=0,9

D=5.0


Н К И Б М Ш Ы Б

V=1,0

D=3,34


Ш И Н К М И М Б

V=1,5

D=2,5


И М Ш Ы Н Б М К

V=2,0







Ishningborishi:

1.Ko’risho’tkirligini aniqlash.

1. Golovin jadvali yorug’lik yaxshi tushadigan joyga osib qo’yiladi.

2. Tekshiriluvchi o’quvhi jadvaldan 5 m narida tik turadi. U avval chap ko’zini daftar (kitob) bilan to’sib, o’ng ko’zi bilan jadvalni yuqori qatoridan pastki qatorga tomon o’qiydi.

3. Tekshiruvhi jadval yonida turib, ko’rsatkich bilan jadvaldagi harflarni yuqoridagi qatordan pastki qatorga tamon ko’rsatadi.

4. Tekshiriluvchi ma’lum qatorga kelib harflarni to’g’ri aniqlay olmasa, o’sha qatordan yuqoridagi qatorning ko’rsatkichi uning ko’z o’tkirligini bildiradi. Shu qatorning boshida yozilgan raqamga ko’ra uning ko’z o’tkirligi belgilanadi. O’ng ko’zidan so’ng chap ko’zining ko’rish o’tkirligi aniqlanadi.

2. Ko’zning qorachig’i refleksini aniqlash.

1. tekshitiluvchi yorug’likka (derazaga yoki elektr lampaga) qarab o’tqaziladi.

2. ikkala ko’z qorachig’ining hajmi bir xilmi-yo’qmi ekanligi aniqlanadi.

3. So’ngra tekshiruvchi (o’qituvchi yoki o’quvchi) bir qo’li bilan tekshiriluvchining bitta ko’zini berkitib, ikkinchi ko’zi qorachig’i hajmi o’zgarishini aniqlaydi, ya’ni qorachiq kattalashadi. Berkilgan ko’zni ochgan zahoti uning qorachig’i ham kattalashgan bo’ladi. Bir ozdan keyin esa ikkala ko’zning ham qorachig’i kichiklashadi.


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

1- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Pichan tayoqcha bakteriyasi va ko’k yashil suvo’tini mikroskopda ko’rish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga pichan tayoqcha bakteriyasi va uni sporalarini tuzilishini, ko’k-yashil suv o’tlarini pigmentlar to’plangan to’q rangli bo’lagini ko’rsatish.

Kerakli jihozlar: Mikroskop, buyum va qoplag’ich oyna, pichoq, pinset, tomizhich. Pichan ivitmasi, metilin ko’k bo’yogi, akvarium devori yoki ko’lmak suvdan olingan suv o’tlar.



Mikroskop Kolba Metil bo’yog’i Akvarium

Ishning borishi: I. Pichan tayoqcha bakteriyasi mikroskopda ko’rish.

1. Kolbaga suv bilan birga bir necha bo’lak pichan bo’laklaridan soling va kolbani og’zini paxta bilan berkiting.

2. kolbadagi aralashmani 15-daqiqa davomida qaynating.

3. Qaynatilgan aralashmani filtrlab 20-25 ºC haroratda bir necha kun saqlang.

4. Hosil bo’lgan aralashmani sirtidagi yupqa pardadan shisha naycha yordamida bir bo’lagini olib uni buyum oynasiga joylashtiring.

5. Buyum oynasini qoplag’ich oyna bilan qoplab uni mikroskop ostida kuzating.

6. Qoplag’ich oyna ustiga suyiltirilgan siyoh yoki metilin sinkasi tomizing.

7.Havo rang ostida harakatchan bakteriyalar bilan birga yaltiroq ovalsimon tanachalar ya’ni, sporalar ham ko’rinadi.



II. Ko’k yashil suvo’tini mikroskopda ko’rish.

1. Akvarium devori yoki ko’lmak suvdan olingan suv o’tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida oling.

2. Undan preparat tayyorlab mikroskopning dastlab kichik keyin katta obektivida kuzating.

3. Yupqa parda ingichka ko’p hujayrali iplardan tashkil topganiga e’tibor bering.

4. Ipchalar ko’k-yashil rangda bo’lib ularning tebranayotganligini kichik va katta obektivlarda kuzating.

5. Katta obektivda har bir ipcha bir hildagi mayda yadrosiz xloroplastsiz hujayralardan tuzilganiga e’tibor bering.

6
. Hujayraning o’rta qismi rangsiz va chekkalari esa pigmentlardan iborat biroz to’qroq rangda ekenligini kuzating.


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

2- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: O’simlik va hayvon hujayrasini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga o’simlik, hayvon va odam hujayrasi tuzilishini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Qizil piyoz, buyum va qoplag’ich oyna, mikroskop, pichoq, pinset, tomizhich. Odamning og’iz bo’shlig’i shilliq qavati hujayralari, yod eritmasi, toza qoshiqcha.



Mikroskop Qizil piyoz Yod

Ishning borishi:

1. Piyoz epidermisi hujayralarini kuzatish. O’simlik hujayrasi holatini rasmini chizish.

2. Og’iz bo’shlig’idagi shilliq qavat hujayralarini kuzatish.

a) Toza buyum va qoplag’ich oynalarni tayyorlab, buyum oynasi o’rtasiga ikki tomchi yod eritmasidan tomizing.

b) Og’zingizni oching va toza qoshiq bilan yuz lanjining ichki tomoni yuzasidan qoshiqchani bir necha marta yurgizib olingan namunadan preparat tayyorlab uni mikroskopda kuzating.

d) Hujayrani shakli, donador sitoplazma va yadroga e’tibor bering.

e) O’simlik va hayvon hujayralarining farqini aniqlang.

1. Piyoz epidermisi hujayralarini mikroskopda ko’rinishi.


2.Og’iz bo’shlig’idagi shilliq qavat hujayralarini mikroskopda ko’rinishi.


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

3- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: O’simlik hujayralarida plazmoliz va deplazmolizni kuzatish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga o’simlik hujayrasini tuzli eritmaga botirsak ichidagi suv hujayra tahqarisiga chiqishini bu jaroyon plazmoliz, agar shu hujayra qayta suvga solinsa hujayra qaytadan suvni tortib olib tarangligi ortib avvalgi holiga qaytadi bu jaroyonga deplazmoliz deb ataladi.shu jaroyonlarni o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Qizil piyoz, 1 ml NaCl eritmasi, mikroskop, pichoq, pinset, tomizhich.



Mikroskop Qizil piyoz Elodiya o’simligi.

Ishning borishi:

1. Elodiya epidermisidan o’tkir pichoq bilan 3x4 mm qalinlikda bo’lakchalar tayyorlanadi. Pinset yordamida uni ajratib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo’yiladi. Qoplag’ich oyna bilan yopib mikroskop yordamida kuzatiladi. Hujayra holatining rasmi chizib olinadi.

2. Buyum oynasining bir tomoniga osh tuzi eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Ikkinchi tomonidan filtr qag’oz yardamida qoplovchi oyna tagidan suv tortib olinadi. 5-7 daqiqadan so’ng hujayra pardasi torayib, burusha boshlaydi. Bunda plazmoliz ro’y beradi.

3. Biyum oynasidagi osh tuzi eritmasi o’rniga toza suv solinadi. 5-7 daqiqadan keyin hujayra dastlabki holatiga qaytadi. Bunda deplazmoliz yuz beradi.



PLAZMOLIZ



DEPLAZMOLIZ



Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

4- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Amilazaning kraxmalga ta’siri.
Mashg’ulotning maqsadi:O’quvchilarga amilaza fermenti kraxmalni glyukozagacha parchalashini o’rgatish va bu jaroyonni mohiyatini tushuntirish.amilaza fermenti unayotgan don yoki odam so’lagida ko’p bo’lishini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Unayotgan don maysalaridan yoki so’lakdan tayyorlangan amilaza. (Og’izga bir ikki xo’pliab yaxshilb chayqaymiz, song bir xo’plam suvni 2-3 daqiqa davomida og’izda ushlab turiladi va bo’sh stakanga solinadi. Shu yo’l bilan tayyorlangan so’lak eritmasi amilaza fermenti hisoblanadi.) Yodning 1% li eritmasi va kraxmalning 0.5% li eritmasi, prabirkalar.


Kraxmalning 0.5% li eritmasi 2 ta Probirka Amilaza fermenti Yodning 1% li eritmasi
Ishning borishi:

1. Ikkita quruq probirka olamiz.

2. Birnchi probirkaga 1-2 ml suv va 1-2 ml kraxmal eritmasi quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Uning ustiga bir tomchi yod tomiziladi. Ko’k rang hosil bo’ladi.
3. Ikkinchi probirkaga 1-2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1-2 ml kraxmal eritmasi quyiladi

va 5 daqiqa o’tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko’k rang emas, balki qizg’ich yoki sariq rang paydo bo’ladi. Bu esa kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganligidan dalolat beradi.



Birnchi probirka Ikkinchi probirka


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

5- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: O’simlik bargida organik moddalarni hosil bo’lishi. (tajriba)
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga quyosh nuri ta’sirida barglarda organik moddalar hosil bolishini agar bargning bir qismi yorug’likdan to’silsa o’sha joyida organik moddalar ya’ni kraxmal hosil bo’lmasligini tushuntirish.
Kerakli jihozlar: Etil spirti, yodning 1% li eritmasi, skapel, shisha naycha, petri idishi, yorongul, xona o’simliklari, ochiq joyda o’sayotgan barg sathi katta birorta o’simlik (otquloq yoki chinor daraxti).



Etil spirti. Ochiq joyda o’sayotgan o’simlik. Yodning 1% li eritmasi
Ishning borishi: 1.O’simlik bargining ustki va ostki tomonini to’sadigan qora qog’oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko’rinishga ega shakl (uchburchak, to’rtburchak) kesib olinadi va bargga qisqichlar yordamida o’rnatiladi.

2. Oradan 2-soat o’tgach barg kesib olinadi. Qog’ozlari olib tashlanib qaynab turgan suvda 2-3 daqiqa ushlanadi.

3. Pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi.

4. Spirtdan olinib suvda yuviladi.

5. Yod eritmasiga solinadi. Shisha bilan tekkislansa bargning ochiq qoldirilgan joylarida ko’k rangli dog’lar paydo bo’lishini kuzatamiz. Bargni yopib qo’yilgan joylari rangsizligicha qoladi chunki u yerlarda kraxmal hosil bo’lmagan.

Qaynoq suv solingan idish. Spirt solingan idish. Yod eritmasi solingan idish.
Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish. Tajribadaki ko’rganlarni rasmini chizish.
9-sinf biologiya.

6- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Go’za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy materiallari yordamida o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarni- irsiylanishga oid bilimlarini gerbariylar asosida mustahkamlash.

Kerakli jihozlar: Go’za, pomidor, nomozshomgulning har-xil navlaridan tayyorlangan gerbariylar, g’o’zaning oq, qo’ng’ir, mallarang, novvotrang tolalari, pamidorning turli shakl va rangdagi mevalari.

Gerbariylar

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh alohida o’simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e’lon qilib, himoya qiladi.

Guruhlarga topshiriqlar:

1-guruhga. Pomidor o’simligining har-xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o’rganib chiqing. Dominant, resessiv, belgilarini aniqlang, poya, barg, meva shakllarini o’rganib chiqing va taqqoslang.

2-guruhga. G’o’za o’simligining har-xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o’rganib chiqing. Dominant, resessiv, oraliq belgilarini aniqlang.

Tola ranglarini turlicha bo’lishi sababini o’rganing.



3-guruhga. Nomozshomgul o’simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini gerbariylar asosida o’rganing. Poya, barg, gul tuzilishini taqqoslang.
Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to’ldiring va masalani yeching.


O’simlik turi

Dominant belgi

Resessiv belgi

Oraliq holda hosil bo’ladigan belgi

Pomidor










G’o’za










Nomozshomgul









1. G’o’zada malla rangli tola oq tola ustidan chala dominantlik qilgani uchun F1 bo’g’inda novvotrang tolali forma hosil bo’ladi. Agar F1 duragaylar resessiv organizmlar bilan o’zoro chatishtirilsa Fb da qanday natija olinadi?

2. Nomozshomgulning qizil va oq gultojbargli formalari o’zoro chatishtirilsa F1 va F2 bo’g’inda qanday ajralish kuzatiladi? Tahliliy chatishtirish o’tkazilsa-chi?

1-masala yechimi: Fen: Novvot rang oq

P Gen: Aa X aa



Gameta: A a a

Fen: Novvot rang oq

Fb Gen: Aa aa

Javob: Nisbat: Fenotip: 1:1 ; Genotip:1:1.
Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish va 2 –masalani yechimini topish.

9-sinf biologiya.

7- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar yechish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga genetikadan masala va mashqlarni mustaqil yechishni o’rgatish asosida bilimlarini puxtalashtirish.

Kerakli jihozlar: Genetikadan monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar to’plami. Genetikadan masala yechishga moslashtirilgan magnit doska va genetik simvollar to’plami.



Ishning borishi: 1. O’qituvchi dastlabki savolni o’qib doskada savoldagi masalani genetik simvollardan foydalanib savolni berilishini tushuntiradi.

2. Har bir o’quvchi alohida masala ustida ishlab mashg’ulotda faol qatnashadi.

3. Masalalarni yechimlari birgalikda tekshiriladi.

Mustaqil yechish uchun masalalar.

1.Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj resessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli tovuqlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?

A) Agar F1 o’zoro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin?

B) F1 oddiy tojli xo’rozlar bilan qayta chatishtirilsachi?

2. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B), kalta bo’lishi resessiv belgi (b). Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi? Bb X Bb; BB X bb; Bb X BB.

3. Pomidor mevasining qizil rangi (A), sariq rangi(a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ilar chatishtirilganda 3/4 qizil,1/4 sariq pomidor hosil bo’ldi. Ota-ona va F1 duragaylarning genotipini aniqlang.

4. Odamda qo’yko’zlik dominant, ko’kko’zlik resessiv belgi. Ko’k ko’zli qiz, qo’y ko’zli yigit bilan turmush qurdi, ularning farzandlarini ko’zlari qanday rangda bo’ladi?

5. Go’zaning och antosian gulli o’simliklari o’zoro chatishtirilishidan 680 ta osimlik olindi. Shundan 340 tasi och antosian rangli. Qolgan o’simliklarning qanchasi yashil poyali bo’ladi?

6. Kulrang andaluz tovuqlari o’zoro chatishtirilganda, naslda qora, oq va kulrang patli formalar hosil bo’ldi:

A) Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?

B) Agar kulrang tovuqlar qora patli ho’rozlar bilan chatishtirilsa, qanday natija olish mumkin?

7. Makkajo’xorining so’tasi 20 va 8 sm. Dominant gen 5 sm, resessiv gen 2 sm uzunlikni nomoyon etsa, u holda:

A) F1 da so’taning uzunligi qancha bo’ladi?

B) 3 ta dominant genli formalar F2 dagi 960 ta o’simlikdan necha qismini tashkil etadi?



1-masala yechimi: Fen: gulsimon toj oddiy toj

P Gen: AA X aa

| |

Gameta: A a

Fen: gulsimon tojli

F1 Gen: Aa Javob: Fenotip: 1 ; Genotip:1.
Uyga vazifa: Masalalarni takrorlash. Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

8- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar yechish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga genetikadan masala va mashqlarni mustaqil yechishni o’rgatish asosida bilimlarini puxtalashtirish.

Kerakli jihozlar: Genetikadan monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar to’plami. Genetikadan masala yechishga moslashtirilgan magnit doska va genetik simvollar to’plami.

Ishning borishi: 1. O’qituvchi dastlabki savolni o’qib doskada savoldagi masalani genetik simvollardan foydalanib savolni berilishini tushuntiradi.

2. Har bir o’quvchi alohida masala ustida ishlab mashg’ulotda faol qatnashadi.

3. masalalarni yechimlari birgalikda tekshiriladi.

Mustaqil yechish uchun masalalar.

1.Quyonlarning Baron zotining quloq suprasi uzunligi 28 sm, boshqa zotniki 12 sm ga teng. Quyonlarning Baron zotining genotipi D1D1D2D2 ikkinchi zotniki d1d1d2d2 bo’lsa ularni o’zoro chatishtirish natijasida F1 da duragaylarning quloq suprasi necha sm bo’ladi? Agar F1 avlodni o’zoro chatishtirilsa, F2 qanday natija kutish mumkin?

2. Pomidor mevasining yumoloq shakli (A), noksimon shakli (a) qizil rangi (B), sariq rangi(b) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlarning fenotipini toping?

a) aaBb b) AaBb d) AaBB e) aaBB f) AABB g) Aabb h) aabb

3.No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi kalta poyali, qizil gultojbargli formasi bilan chatishtirilgan. F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojbargli, F2 da 720 ta o’simlik hosil bo’ldi.

a) F1 necha xil genotipga ega bo’ladi? b) F1 da necha xil gameta hosil bo’ladi?

d) F2 dagi o’simliklarning nechtasi uzin poyali, qizil gultojbargli bo’ladi? e) F1 dagi o’simliklarning nechtasi uzin poyali, oq gultojbargli bo’ladi?

4. Qovoq mevasining oq rangi-W, sariq rangi-Y, yashil rangi-y gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagicha genotipga ega bo’lgan organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi?

a) wwYy X wwYy b) WwYy X Wwyy d) WwYY X Wwyy

e) WWYy X wwyy f) Wwyy X WwYY g) WwYy X wwyy

5. Ikkita sariq rangli qovoq chatishtirilgan. 3:1 nisbatda sariq va yashil qovoqlar hosil bo’lgan. Chatishtirishda ishtiroq etgan qovoqlarning genotipini aniqlang.

6. Xushbo’y no’xat o’simligi gultojibargining qizil bo’lishi dominant belgi. Digeterezigota qizil gulli xushbo’y no’xat ikki noallel gen bo’yicha gomozigota bo’lgan oq gulli resessiv xushbo’y no’xat bilan chatishtirilgan. Hosil bo’lgan F1 ning genotipi va fenotipini aniqlang.

7. Genotipi har-xil bo’lgan oq pillali ikkita ipak qurtining kapalaklari chatishtirilgan.F1 da duragaylar sariq pilla hosil qilgan. F1 avlodni o’zoro chatishtirilsa F2 da ikki xil fenotipik sinf 9/7 nisbatda sariq va oq pillali ipak qurtlari hosil bo’lgan. F2 duragay tut ipak qurti kapalaklarning genotipini aniqlang.
Uyga vazifa: Masalalarni takrorlash. Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

9- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Tol, olma, ligustrum bargidagi o’zgaruvchanlikni variatsion qator va egri chiziq va belgining o’rtacha ko’rsatkichini statistika usulida aniqlash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga reaksiya me’yori, organizmlarning moslashuvchanlik chegarasi haqida tushuncha berish.Organizm belgilarini tashqi muhit omillari ta’sirida o’zgarishi. Modifikasion statistik qonuniyarlari. Egri chiziqlar hosil qilish orqali o’rtacha belgilarni ko’p uchrashi sababini tushuntirish.

Kerakli jihozlar: Biologik obektlar yig’indisi: Loviya urug’i yoki dukkagi, bug’doy boshoqlari, akatsiya, tol, olma, ligustrum barglari, va boshqalar. Har biri 100 donadan kam bo’lmasligi kerak Chizgich Barglar

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.

1. laboratoriya mashg’uloti o’tkazishni maqsadi, vazifasi, olinadigan hulosalar haqida ko’rsatmalar berish.

2. Har bir guruh alohida o’simliklar ustida ishlab, mashg’ulotni o’tkazish.

3. Instruktiv kartochka tayyorlash.

a) bitta o’simlik bargi, urug’i, dukkagi va boshoqlarining uzunligiga qarab ketma-ket terib chiqing:

b) barglar uzunligini o’lchang, olingan ma’lumotlarni daftaringizga yozing. Barglarni bir hil uzunlikka ega bo’lganlarini sanang va jadvalga kiriting:




Barg uzunligi

V-sm

2

4

6

8

10

12

14

16

18

20

Barglar soni

N-dona

2

20

50

20

6

2













  1. o’zgaruvchanlikning grafik jihatdan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni chizish.

e) formuladan foydalanib o’rtacha kattalikni keltirib chiqaring:

M = ∑(V· R)

N

M= ∑ (2·2)+(4·20)+(6·50)+(8·20)+(10·6)+(12·2) = 4+80+300+160+60+24 = 628 = 6.28 sm



100 100 100

M-o’rtacha kattalik, ∑-jamlash belgisi, V-variantlar, R-variantlarning takrorlanishi,

N-variantlarning umumiy yig’indisi.

4. Har bir guruh ish natijalarini e’lon qilib, mashg’ulot yakuni haqida suhbat o’tkazish.



Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

1-Ekskursiya.

Mavzu: O’simliklarning yangi navlarini yaratish bilan tanishish maqsadida seleksiya institutlari, stansiyalariga borish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarni o’simliklarning yangi navlarini yaratish metodlari bilan tanishtirish. Seleksiya sohasidagi yutuqlar bilan tanishtirish.
Kerakli jihozlar: Qog’ozlar, blaknot, qalam, fotoaparat.



Qog’ozlar Qalam Fotoaparat

Ekskursiyani tashkil etish: Seleksioner olimlar bilan birgalikda ish olib borish.

Ekskursiyaning borishi: : O’quvchilarni o’simliklarning yangi navlarini yaratish metodlari bilan tanishtirish. (Seleksiya sohasidagi yutuqlar bilan tanishish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim).

1. Seleksiya sohasida qo’llaniladigan metodlar va ularning afzalligi.

2. Seleksiya institutlari, stansiyalaridagi o’simliklar kolleksiyalari bilan tanishish.

3. Yangi yaratilgan navlar bilan tanishish.

4. Yangi yaratilgan navlar qanday metodlardan foydalanib olinganini o’rganish.

5. Yangi yaratilgan navlarni ustunlik tomonlarini o’rganish.

6. Seleksiya sohasidagi boshqa yutuqlar bilan tanishtirish.

Natijalarni quyidagi jadvalga qayd eting.





Yangi yaratilgan navlar nomi

Qanday metodlardan foydalanib yaratilgan

Yangi yaratilgan navlarni ustunlik tomonlari

Yaratgan olimlarning

ism familiyasi

1













2













3














Uyga vazifa: Jadvalni to’ldirib xulosa yozib kelish.

5- 9 sinflar uchun biologiya fanidan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga kiritilgan amaliy va o’quv laboratoriya mashg’ulotlari hamda ekskursiyalarni o’tkazish uchun yillik reja.

5- sinflar uchun



Dars soati

Mavzular nomi

Ajratilgan soat

O’tiladigan sana

BKM soni

Uyga vazifa

izoh

1

3

1-Laboratoriya mashg’uloti. Gulli o’simliklarning organlari bilan tanishish.

1




2

Xulosa yozish.




2

5

1-Ekskursiya.Kuzda o’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan tanishish.

1




2

Xulosa yozish.




3

11

2-Laboratoriya mashg’uloti. Mikroskopning tuzilishi bilan tanishish.

1




1

Xulosa yozish.




4

12

3-Laboratoriya mashg’uloti. Piyoz po’stidan va chigit tuklaridan preparat tayyorlash va ularni mikroskopda ko’rish.

1




1

Xulosa yozish.




5

18

4-Laboratoriya mashg’uloti. Ildizning tizimlari bilan tanishish.

1




2

Xulosa yozish.




6

32

2-Ekskursiya. Issiqxonalarda o’stiriladigan o’stiriladigan o’simliklar bilan tanishish.

1




3

Xulosa yozish.




5-sinflar uchun jami 6-soat ajratilgan(Jami BKMlar soni-11).




6- sinflar uchun



Dars soati

Mavzular nomi

Ajratilgan soat

O’tiladigan sana

BKM soni

Uyga vazifa

izoh

1

7

1-Laboratoriya mashg’uloti. Tabiatdan yig’ilgan hamda xona o’simliklaridan foydalanib, to’pgullar va gullarning tuzilishi bilan tanishish.

1




4

Xulosa yozish.




2

15

1-Amaliy mashg’ulot. Madaniy o’simliklar urug’larining unuvchanligini aniqlash.

1




6

Xulosa yozish.




3

18

1-Ekskursiya. O’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar.

1




4

Xulosa yozish.




4

36

2-Laboratoriya mashg’uloti. Bir va ko’p hujayrali yashil suvo’tlarini o’rganish.

1




2

Xulosa yozish.




5

40

2-Ekskursiya. Yopiq urug’li yoki gulli o’simliklar haqida tushuncha. Ikki va bir urug’pallali o’simliklar sinflari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

1




4

Xulosa yozish.




6

54

2-Amaliy mashg’ulot. Aniqlagichlardan foydalanib gulli o’simliklarning oilalarini o’rganish.

1




3

Xulosa yozish.




7

58

3-Ekskursiya. O’simliklar qoplami.

1




3

Xulosa yozish.




8

68

3-Amaliy mashg’ulot. Xona o’simliklarini ko’paytirish.

1




1

Xulosa yozish.




6-sinflar uchun jami 8-soat ajratilgan. (Jami BKMlar soni-27)

7- sinflar uchun



Dars soati

Mavzular nomi

Ajratilgan soat

O’tiladigan sana

BKM soni

Uyga vazifa

izoh

1

6

1-Laboratoriya mashg’uloti. Tirik tufelka harakatini, tuzilishini, ta’sirlanishini mikroskop ostida kuzatish.

1




1

Xulosa yozish.




2

15

2-Laboratoriya mashg’uloti. Yomg’ir chuvalchangining tuzilishi, harakatlanishi va refleksini kuzatish.

1




2

Xulosa yozish.




3

25

3-Laboratoriya mashg’uloti. Hashorotlarning tashqi tuzilishini yashil bronza qo’ng’izi misolida o’rganish.

1




4

Xulosa yozish.




4

33

4-Laboratoriya mashg’uloti. Baliqlarning tashqi tuzilishi va harakatlanishini o’rganish.

1




2

Xulosa yozish.




5

47

5-Laboratoriya mashg’uloti. Qushlarning tashqi tuzilishi. Qushlarning pat va par qoplamini o’rganish.

1




4

Xulosa yozish.




6

61

1-Ekskursiya. “o’lkamiz qushlari va sut emizuvchi hayvonlarining xilma-xilligi, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati” mavzusida tabiat, tabiat muzeyi, hayvonot bog’iga yoki “chorvochilikning asosiy tarmoqlari va ularning inson hayotidagi ahamiyati” mavzusida chorvochilik fermalariga ekskursiya.

1




4

Xulosa yozish.






7-sinflar uchun jami 6-soat ajratilgan. (Jami BKMlar soni-17)

8- sinflar uchun



Dars soati

Mavzular nomi

Ajratilgan soat

O’tiladigan sana

BKM soni

Uyga vazifa

izoh

1

6

1-Laboratoriya mashg’uloti. Epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalari tuzilishi bilan tanishish.

1




2

Xulosa yozish.




2

13

2-Laboratoriya mashg’uloti. 1.Muskullarning dinamik va statik ishini kuzatish. 2. Tayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

1




4

Xulosa yozish.




3

18

3-Laboratoriya mashg’uloti. Qonning shaklli elementlarini o’rganish.

1




2

Xulosa yozish.




4

24

4-Laboratoriya mashg’uloti. Jismoniy mashq bajarganda yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’sirini baholash.

1




4

Xulosa yozish.




5

28

5-Laboratoriya mashg’uloti. 1. Ko’krak qafasining harakatini kuzatish.2. Nafas bilan chiqaradigan havodagi karbonat angidridni aniqlashga oid tajriba o’tkazish.

1




3

Xulosa yozish.




6

34

6-Laboratoriya mashg’uloti. So’lak fermentining kraxmalga ta’siri.

1




1

Xulosa yozish.




7

38

7-Laboratoriya mashg’uloti. Jadvaldan foydalanib, sutkalik ovqat ratsionida necha gramm oqsil, yog’, uglevodlar va qancha kkal energiya bo’lishini aniqlash.

1




1

Xulosa yozish.




Foydalanilgan adabiyotlar

1. 5-6 sinf botanika darsligi O’. Pratov va boshqalar Toshkent 2010-2011y.

2. Zoologiya darsligi O. Mavlonov Toshkent 2010 y .

3. Odam va uning salomatligi. B.Aminov O.Mavlonov Toshkent 2010 yil 3-5betlar.

4. Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar uchun metodik qo`llanma (5-9 sinflar)

M.Allamuratov 2 E.Zaripov I Saparbayev 3 Z.Usmanova 4. R.Maqsudova Toshkent 2009 y.

5. Isroilova B. Biologiyadan laboratoriya mashg`ulotlari Toshkent “O`qituvchi” 2008 y.

6 Uzviylashtirilgan DTS va o`quv dastur Toshkent 2010 y

7 Biologiya fanidan uzviylashtirilgan o`quv dasturni joriy etish bo`yicha tavsiyalar.

8. Biologiya xonasi 2008 yil

9. Maktabda biologiya 2010 y. 6-8son

10.Genetikadan masalalar yechish 2009 y. J.Raximov 30. Genetikadan masala va mashqlar yechish metodikasi X.Bekchanov 2007 y. Urganch sh.

11. Zoologiya o`qitish metodikasi.

12. Botanika o`qitish metodikasi J.O.Tolipova A.S.Toxtaev O`. Pratov Toshkent 2003 y 3-25 bet. 5-6 sinflar uchun







Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish