1-laboratoriya mashg’uloti. SQLda so'rovlar bilan ishlash
SQL orqali ma'lumotlar omboriga ma'lumotlar kiritish, ularni o'zgartirish yoki o'chirish mumkin. Bularning barchasi quyidagi komandalar orqali amalga oshiriladi:
- SELECT : ombordan ma'lumotlarni chaqiradi;
- DELETE : omborgi ma'lumotlarni o'chiradi;
- INSERT : omborga ma'lumotlarni kiritadi;
- UPDATE: ombordagi ma'lumotni o'zgartiradi.
SQL ning boshqa komandalari ma'lumotlar omborini strukturasini tashkil qilishda ishlatiladi, ya'ni ular ma'lumotlar bilan ishlamaydi.
- CREATE: ma'umotlar ombori, jadval yoki indeks yaratadi;
- DROP: ma'lumotlar omborini yoki jadvalni o'chiradi.
1 0 ta maydondan iborat jadval yaratilsin.
Tel_raqami nomli maydon kiritilsin va UPDATE buyrug’i yordamida
qiymatlari berilsin.
INSERT INTO buyrug’i yordamida yana 4-ta qiymatlar kiritilsin.
Familiyasi maydoni alifbo bo’yicha tartiblansin.
Familiyasi “A” harfidan boshlanadigan va Stipendiyasi 300 000dan katta bo’lgan ma’lumotlar chiqarilsin
Microsoft Word dasturida yuqoridagi 5 ta shart bo’yicha xisobot yaratilsin. (PrtSc klavishi yordamida)
Do'stlaringiz bilan baham: |