1-laboratoriya mashg’uloti
Muhit omillarini mavjudotlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari.
Ishdan maqsad: Muhit omillarining turli ko’rinishlarini o’rganish, flora va fauna dunyosida muhit omillarining turli ko’rinishlariga bo’lgan munosabatini kuzatish.
Kerakli jihozlar: Xarita, atlas hamda muhit omillarini aks ettiruvchi turli suratlar, mavzuga oid video film.
Muhit deb ayrim organizmlar, populyatsiyalar yashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga, ko’payishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadigan tirik va o’lik tabiatning barcha sharoitlariga aytiladi.Tirik organizimlarga ta’sir ko’rsatuvchi muhitning har qanday tarkibiy qisimlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar uchta asosiy guruhga bo’linadi:
Abiotik omillar – anorganik tabiat sharoitining yig’indisi. Bularga tuproq, iqlim, topografik va boshqa fizik omillar kiradi.
Biotik omillar. Bunga tirik tabiat omillari (tirik organizimlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi.
Antropogen omillar.Bungainson faoliyatiga bog’liq bo’lgan omillar kiradi.
Omillarning organizmga kompleks ta’siri. Cheklovchi omillar.Tirik organizimlarga juda ko’p omilar ta’sir ko’rsatadi.O’sha omillarning ayrim organizimlarga ta’sir natijasi esa xilma- xildir.Omilning organizim hayoti uchun eng qulay darajasi – optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omilning eng yuqori darajasi – maksimumi va eng quyi darajasi – minimum bo’ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizim uchun ma’lum ekologik omilning o’z maksimumi, minimum va optimumi bo’ladi.
Chidamlilik chegarasi – organizimning shundan tashqari sharoitda yashay olmasligidir (masalan, uy pashshasi 7gradusdan past va 50 gradustdan yuqori haroratlarda yashay olmaydi). Har bir turning har bir ekologik omilga nisbatan chidamlilik chegarasi bor.
Organizimning hayot faoliyatini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil deyiladi.Organizimarga ta’sir qiluvchi omillarning bittasi cheklovchi omil bo’lishi mumkin. Masalan, hayvonlar va o’simliklarning shimol tomonga qarab tarqalishiga issiqlik yetishmasligi cheklovchi omil bo’lsa, janubga qarab tarqalishiga namlikning yetishmasligi cheklovchi omil sifatida ta’sir qiladi. Omilning, faqat yetishmasligigna emas balki ortiqchaliligi ham cheklovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ekologik sistemalarning abiotic (o’lik) omillariga quyidagilar kiradi:
Iqlim omillari.
Tuproq omillari.
Topografik omillar.
Iqlim omillariga harorat, yorug’lik, suv kiradi.Biz quyida o’sha omillarning tirik organizimlarga ta’sirini ko’rib chiqamiz.
Harorat Yerdagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va tarqalishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biridir. Hayotiy jarayonlar tor harorat diapazonida kechadi. Ko’pchilik o’simlik va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud bo’ladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki to’xtashi) holatiga o’tadi. Ammo Antarktidada – 70 gradus sovuqda ham suvo’tlar, lishayniklarning ayrim turlari,pingivinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi 50-60 gradusga tengdir. Bunday haroratda fermentlar faolligi buziladi va oqsillar ivib qoladi. Lekin geotermal buloqlarda ayrim mikroorganizimlar 70-80 gradusda ham yashay olishi kuzatiladi.
Tana haroratini saqlay olish xususiyatiga ko’ra hayvonlar issiq qonlilar va sovuq qonlilarga bo’linadi. Sovuq qonlilarga umurtqasizlar, baliqlar, suvda hamda quriqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi.Ular tana haroratini bir xil saqlay olmaydi.Muhit haroratining ko’tarilishi bu organizimda fiziologik jarayonlarning tezlashishiga olib keladi. Muhit haroratining ko’tarilishi ma’lum diapazonda pasayishi metabolik jarayonlarning susayishga va organizimlarning o’lishiga sabab bo’ladi.
Evolyutsiya jarayonida issiq qonli organizimlar tashqi muhit haroratining juda keng o’zgarishidan qat’i nazar, o’z tana haroratini doimiy holatda saqlashga moslashgan.
Mustahkamlash uchun mashg’ulotlar
MUHIT OMILLARINING HAYVON ORGANIZMIGA IJOBIY VA SALBIY TA’SIRLARI
Tur nima?__________________________________________________________
__________________________________________________________________
Populyatsiya nima?___________________________________________________
_______________________________________________________________
Biogeosenoz nima? __________________________________________________
________________________________________________________________
Biotsenoz nima? ____________________________________________________
_______________________________________________________________
Nisha nima?_____________________________________________________
______________________________________________________________
Areal nima? ____________________________________________________
______________________________________________________________
Poyas nima?________________________________________________________
_______________________________________________________________
Ekspozitsiya nima? __________________________________________________
_______________________________________________________________
Inversiya nima? ____________________________________________________
_______________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |