1-Laboratoriya mashg„ulot.
Yurak ishi va muskullarini fiziologik xossalari.
1-ish: Elektrokardiografiya
Nazariy tushuncha
.
EKGni olishning bir kancha
usullari taklif kilingan, ulardan
ko‗prok uchta, standart deb ataluvchi usullardan foydalaniladi: Sog‗lom
kishining standart usullar bilan yozib olingan EKG sida P,Q,R,S
va T tishlari
ajratiladi. R tishi bulmalarning kuzgalganini ifodalaydi, u o‗ng
va chap
bo‗lmachalar qo‗zg‗alganda hosil bo‗luvchi elektr potentsiallarning algebraik
yig‗indisidir. QRST kompleksi korinchalar qo‗zg‗alishi munosabati bilan
elektr
potentsiallarning o‗zgarishlarini ifodalaydi. Bunda QRS tishlari qorinchalar
qo‗zg‗alishining boshlang‗ich qismini, T tishi esa uning oxirgi qismini ta`riflaydi.
R-Q oraligi qo‗zg‗alishning bo‗lmadan qorinchaga o‗tishi
uchun zarur vaqtni
ko‗rsatadi. T tishi repolyarizatsiya jarayoni, ya`ni qorinchalarning turli qismlarida
qo‗zg‗alishning turli vaqtda yo‗qolishini va membrana
potentsialining qayta
tiklanishini aks ettiradi. Bu tish EKG ning eng o‗zgaruvchan qismidir. T tishi bilan
undan keyingi R tishi oraligi yurakning umumiy pauzasi va kameralarning qonga
nofaol to‗lishini ifodalaydi. Qorinchalar elektr sistolasi, ya`ni EKG dagi Q-T oraligi
mexanik sistola vaqtiga teng. EKG yurakda qo‗zg‗alishni o‗tkazish
qay tarzda
buzilganligini aniqlash imkonini beradi. Masalan, R-Q oraligi qo‗zg‗alishni
bo‗lmalardan qorinchalarga o‗tkazishga sarflanadigan vaqtni belgilaydi va 0,12-
0,18 s ga teng bo‗lishi kerak.
Ishning maqsadi:
Yurak biopotentsialini qayd qilish.
Ish anjomlari
:
Elektrokardiograf, osh tuzi eritmasi, elektrodlar, doka. Ish
odamda olib boriladi.
Ishning borishi
:
Tekshiriluvchi kishi kushetkaga yotqizilib, qo‗lluari va
oyoq-lariga osh tuzining eritmasiga botirib olingan doka qp‘yiladi. Uning o‗rniga
maxsus gel‘ ishlatish ham mumkin. Elektrodlar mushaklarga va ko‗krak qafasi old
devoriga joylashtirilgandan keyin EKG apparati elektr tokiga ulanida va uning ishga
yaroqliligi
tekshiriladi. Tegishli tezlik va amplitudaga qo‗yib
standart, bir qutbli
kuchaytirilgan va ko‗krak tarmoqlarida EKG yozib olinadi. Shundan so‗ng
tekshiriluvchiga 15-20 marta o‗tirib turish tavsiya etiladi va qayta EKG tushiriladi.
Har ikkala EKG taxlili baholanadi. (20-rasm)
Topshiriq:
Yuklamadan oldingi va keyingi EKGda RR oralig‗ini hisoblang va
baholang
2- ish. Yurak tonlarini eshitish
Ish anjomlari:
fonendoskop. Tekshiruv odamda olib boriladi.
Ishning borishi
:
Tekshiriluvchiga bel qismigacha echinish tavsiya qilinadi.
Ko‗krak qafasi old devoridan palpatsiya usuli bilan yurak cho‗qqi
turtkisi
aniqlanadi. Shundan so‗ng yurakning mitral va aortal klapanlarini eshitish nuqtalari
ko‗krak qafasini old devoridan aniqlanadi. Har bir talabani yuraki eshitib ko‗radi.
Topshiriq:
1 va 2 tonlarning farqiga e`tibor bering, yurak tonlarini hosil
qiluvchi komponentlarini ayting va savollarga javob bering
1. Kardiogramma deb nimaga aytiladi?
2. Yurak tsikli deb nimaga aytiladi va qanday fazalardan tashkil topgan?