Kerakli jihozlar: zararlangan barg, mikroskop, buyum va qoplovchi oynalar, pensitlar.
Nazariy tushuncha: SHaftolining sariq kasalligi shiralar orqali yuqtiriladi. SHiralar dastlab shaftolining salqin tomondagi barglarini zararlaganligi uchun ko’proq viruslar ham shu barglarga yuqtiriladi. SHaftolini shiralar kuchli zararlasa virusni yuqqanligi shu yili bilinmaydi. Kelgusi yil bahorda shaftolining zararlangan barglari xuddi shira tushgandek bujmayib oqarib qoladi. Vaqt o’tgan sari barglar sarg’ayib, oxirida to’q qizil rangga kiradi. Barglarni to’q qizil rangga kirishi viruslar uni to’liq zararlab bo’lganligini bildiradi. Bu barglar turgan erida quriy boshlaydi. Agar shaftoli kesib yoqib yuborilmasa virus shiralar orqali yana boshqa tuplarga ham yuqishi mumkin. Bu virus kiristal panjaralarini oddiy mikroskopda ko’rib o’rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |