Bakterium delbryukki (Bacterium delbriickii) bolgar tayoqchasiga o’xshaydi. Bu bakteriyalar sanoatda sut kislota hosil qilish uchun ishlatiladi. Ularning oziqlanish muhitiga oq bo’r qo’shilsa, to’plangan sut kislota miqdori 10% ga etib qoladi.
Bakterium brassika (Bacterium brassicae) va bakterium kukkumeris fermentati (Bacterium cucumeris fermentate).
Bu bakteriyalarning birinchisi karam, ikkinchisi esa bodring tuzlashda ishtirok etadi (40-rasm).
Bulardan tashqari, tabiatda bakterium koli (Bacterium coli) nomli bakteriyalar ham keng tarqalgan bo’lib, ular odam va hayvonlar ichagida yashaydi. Bu bakteriyalar shakarni parchalagan vaqtda sut kislotadan tashqari, sirka kislota, SO2 va vodorod hosil bo’ladi.
40 - rasm. Sut kislotali bijg’ish jarayonida qatnashuvchi bakteriyalar: a - streptokokkus laktis (Streptococcus lactis); b - bakterium bulgarikum (Lactobacterium bulgaricum).
Ishning borishi: Sut kislota hosil bo’lganligini aniqlash uchun
v - bakterium kukumeris fermentati g - bakterium koli
(Bacterium cucumeris fermentate) (Bacterium coli)
Uffelbman reaksiyasi o’tkaziladi. Buning uchun probirkaga fenolning 1%li eritmasidan 3 ml quyib, unga bir necha tomchi G’eSb eritmasi qo’shilsa, aralashma ko’k rangga kiradi. SHu probirkaga tuzlangan bodring yoki karam namakobi qo’shilgandan keyin eritmaning rangi sarg’aysa, bu hodisa sut kislota borligini ko’rsatadi. Qatiq tarkibida sut kislota borligini aniqlashda ham shu hodisa yuz beradi.
Sut kislotali bijg’ish jarayonini qo’zg’ovchi bakteriyalarni aniqlash uchun tuzlangan bodring va karam namakobidan bakteriyali preparat tayyorlanadi.
Qatiqdan quyidagi usulda preparat tayyorlanadi: oddiy buyum oynasida qatiqdan mazok tayyorlanib, quritiladi. Fiksasiya qilish uchun mazok ustiga 10 tomchi spirt - efir aralashmasi tomizilib, so’ngra 5-10 minut tinch qoldiriladi. Spirt- efir aralashmasi ta’sirida qatiq tarkibidagi yog’ zarrachalari yo’qoladi, bakteriyalar esa nobud bo’lib, oynaga yopishib qoladi.
Ma’lum vaqtdan so’ng mazok Lyoffler sinbkasi bilan bo’yaladi va mikroskopda qaraladi.
Mikroskopda qaralganda bu preparatda oval shaklli va bir-biriga zanjir halqalariga o’xshab ulangan streptokokkus laktis hamda uzun tayoqcha shaklidagi bakterium bulgarikum ko’rinadi.
Bodring namakobida bakterium kukkumeris fermentati, karam namakobida esa bakterium brassika nomli bakteriyalar mayda tayoqcha shaklida ko’rinadi.
LABORATORIYA MASHG’ULOTI Kletchatka-sellyulozani bijg’ituvchi bakteriyalarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |