45
- har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;,
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o‘quv muassasasi xususiyatlarini aks ettiruvchi,
o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha fakultativ va majburiy mashg`ulotlar aks ettiriladi.
4. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari.
Ta‘lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar
sirasiga darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari kiradi.
Ta‘lim mazmuni o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv
qo‘llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, kimyo
bo‘yicha masalalar to‘plamlari, georafiya, biologiya bo‘yicha atlaslar, til bo‘yicha mashqlar
to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O‘quv qo`lanmalari darslikning ba`zi tomonlarini
kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo`ladi (axborot, mashq qilish,
tekshirish).
5. Davlat me`yoriy hujjatlari.
Ta‘lim mazmunini belgilovchi me`yoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta‘lim mazmunini
shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko‘rsatiladi:
1) umumiy nazariy bosqich;
2) o‘quv bosqichi;
3) o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi, ya`ni, ta‘lim mazmunining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi
va darsliklar kabi me`yoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topishi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi mazmuni.
Davlat ta‘lim standart, o‘quv rejalari mazmunida namoyon bo‘ladi. O‘quv rejalari
quyidagilardan iborat: tavanch O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi uzluksiz ta‘limning tarkibiy bo‘lib,
uning vazifasi va ish mazmuni o‘quvchilarga muayyan yo‘nalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar
ma‘lumotini berish va ularda bu boradagi amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan
iboratdir. O‘quvchilar to‘qqiz yillik umumiy-majburiy ta‘limni tugatganlaridan so‘ng yana uch yil
o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta‘limini ixtiyoriy tarzda o‘zlashtiradilar. O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta‘limi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini
beradigan, shuningdek, ixtisoslik faoliyati yoki ta‘limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun
asos bo‘luvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal o‘stirish, ularning chuqur,
tabaqalashtirilgan
va
muayyan
mutaxassislikka yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta‘minlaydi.
Akademik litsey o‘rta maxsus uch yillik o‘quv yurti hisoblanadi. Ushbu o‘quv yurtida o‘quvchilar
o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bilimlarni oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur,
mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari
qoshida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini
chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslik
ma‘lumotini olishni ta‘minlovchi hamda uch yil davomida tashkil etiluvchi kasb-hunar ta‘limini
yo‘lga qo‘yadigan o‘quv yurtidir.
Kollejlarda kadrlar tayyorlash jarayoni ikki yoqlama tizim asosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarga beriladigan ishlab chiqarish ta‘limi o‘quv muassasasining ustaxonalarida va ishlab
chiqarish korxonalaridagi amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda olib boriladi.
Namunaviy va maktab o‘quv rejasi.
Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari (akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari) uchun tavanch o‘quv rejasi davlat ta‘lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan
asosiy me`yoriy hujjat bo‘lib, u na`munaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta‘lim standart tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: