O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS
TA‘LIM VAZIRLIGI
Z. M. BOBUR NOMLI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
BOSHLANG‘ICH TA‘LIM FAKULTETI
Pedagogika kafedrasi
UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTIDAN
(Laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha)
METODIK QO‘LLANMA
ANDIJON – 2014
2
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotidan (laboratoriya va seminar mashgulotlarini olib borish bo‘yicha)
metodik qo‘llanma.-Andijon, ―Andijon‖ nashriyoti, 2014y.,285 bet.
Ushbu metodik qo‘llanma O‗zbekiston Respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2013 yil 26
dekabrdagi 507-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan barcha ta‘lim yo‗nalishlari uchun ―Umumiy pedagogika nazariyasi
va amaliyoti‖ fanidan tayyorlangan namunaviy o‗quv dasturi, Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti
kengashining 2013 yil 28 avgustdagi 1 – son majlisida tasdiqlangan mazkur fan uchun ishlab chiqilgan ishchi o‘quv
dasturi asosida hamda barcha ta‘lim yo‘nalishlari uchun tuzilgan o‗quv rejasiga ko‗ra pedagogika nazariyasi kursi
bo‘yicha laboratoriya, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat kurslari bo‘yicha esa seminar mashg‗ulotlari uchun
ishlab chiqildi.
Mazkur metodik qo‘llanma ―Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti‖ fanining ―Pedagogika nazariyasi‖
kursidan laboratoriya, ―Pedagogika tarixi‖ va ―Pedagogik mahorat‖ kurslaridan esa seminar mashg‘uoltlarini tashkil
etish va o‘tkazilishining amaliy-texnologik jihatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda nashg‘ulotlarning tashkil etish
mazmuni, o‘ziga xosliklari va texnologiyasi yoritib berilgan. Bundan tashqari tayanch iboralar va ularning lug‘aviy
ma‘nosi, ushbu fandan joriy (og‘zaki) nazorat savollari, joriy (yozma) nazorat variantlari, talabalar bilimini reyting
tizimi asosida joriy nazorat o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari, talabalarning fan bo‘yicha bilimlari va
o‘zlashtirishlarini muntazam nazorat qilib borishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mualliflar tomonidan berilgan tavsiyalar,
dars kuzatuvchisiga yo‘riqnomalar ham qo‘llanmada o‘z aksini topgan.
Metodik qo‘llanma pedagogika oily ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun
mo‘ljallangan. Shuningdek, mazkur qo‘llanmadan pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar
foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar: Z.Azimova, Z.F.Azizova, M.Qurbonova, I.M. Sattarova.
Mas‘ul muharrir: K.Turg‘unboyev- pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Taqrizchilar: T.Hasanov - pedagogika fanlari doktori, proffesor;
A.Teshaboyev- pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Metodik qo‘llanma Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2014 yil ____yanvardagi ____ sonli
yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |