NAZARIY MA‘LUMOTLAR:
Tarbiya metodlari va ularning guruhlanishi.
Mamlakatimizdagi
iqtisodiy,
siyosiy,
madaniy
-
ma‘rifiy islohotlar, shuningdek,
yurtboshimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, «O‗z kuchi salohiyatiga ishonadigan, boqimandlikni
or, deb biladigan eng rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or kishilari bilan teppa-teng muomala qila
oladigan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratib biladigan, bu murakkab, beshavqat hayotning past -
baland, tangu - tor ko‗chalaridan Olloh bergan aql -zakovati bilan to‗gri yo‗lni adashmay topa olishga
qodir bo‗lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qilmoqda» zero, fikri teran, e‘tiqodi
sog‘lom mutaxassislar hech qachon milliy ma‘naviyatimizni ta‘kirlamaydi, mafkuramizga zid
harakatlarga, soxta oqimlarga qo‗shilmaydi. Bunday shaxslarni tarbiyalashda tarbiya metodlari,
tarbiya nazariyasi bobi muhim ahamiyatga molikdir.
Tarbiya metodlari bu o‘qituvchi - tarbiyachi va jamoa tomonidan goyaviy -axloqiy e‘tiqodlar,
siyosiy bilimlar, xis–tuyg‘u va odatlar, did, fahm -farosat, iymonni tarkib toptirish maqsadida
qo‗llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatish usullaridir. Shuningdek, tarbiya metodlari
tarbiyalanuvchining o‗z shaxsini takomillashtirishga, harakat qilishni ham nazarda tutadi. Shuning
uchun tarbiya metodlarini pedagogika fanida tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tarbiyaviy vazifalarini hal
qilishga qaratilgan o‗zaro boglangan faoliyati usuli sifatida ko‗rib chiqish tavsiya etiladi. Tarbiya
metodini ba‘zi ilmiy pedagogik adabiyotlarda tarbiya usullari deb ishlatish tavsiya qilingan. «Metod»
so‗zi grekcha «metodos» so‗zidan olingan bo‗lib yo‗l, usul ma‘nosini anglatadi.
Tarbiya metodlari turli elat va davlatlarda turli - tumanligi bilan farq qiladi. Ovrupada tarbiya
metodlarining bir tizimi qabul kilingan bo‗lsa, Markaziy Osiyoda boshka tizimi amalda
qo‗llaniladi. Ovrupa mamlakatlari uchun «Ochiq tarbiya» ko‗proq qo‗l keladi. Ya‘ni bola nima xohlasa,
shuni kilishi, xoh, o‗zidan kattani, xoh, ota - onasini xohlagan joyda tankid qilishi mumkin.
Osiyo mamlakatlarida, xususan O‗zbekistonda ko‗proq paternamistik, ya‘ni kattalarni hurmat
qilish, ularga ko‗proq quloq solish, rahbariyatlarning fikrini va vazifasini so‗zsiz bajarish, nogironlarga
yordam ko‗rsatish, odatlantirish usullari qo‗llaniladi. Endi mavjud ilmiy pedagogik adabiyotlar va
tajribaga asoslanib tarbiya metodlarini xarakterlaymiz.
Tarbiya
metodlarini tavsiflash (klassifikatsiyalash).
O‗zbek - xalq pedagogikasida ham metodlar guruhlangan. Bu metodlar axloq, odob va
tarbiyaning barcha tomonlarini o‗zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya
usullari, vositallridan foydalanilgan. Bu usul va vositalar nihoyatda xilma - xil bo‗lib, ko‗p
tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Chunki, bu usullar ilmiy pedagogikaning
shakllanishida ham o‗z ta‘sirini o‗tkazgan.
Xalq tomonidan yaratilgan va xalq tarbiyashunosligidan keng o‗rin olgan usullarni
quyidagicha guruhlash mumkin.
] .Tushuntirish (o‗rgatish odatlantirish, mashq qildirish)
2.Namuna (maslahat berish, uzr so‗rash, yaxshiliklar to‗g‘risida so‗zlash, o‗rnak bo‗lish).
Nasihat, berish, o‗git (undash, ko‗ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak - istak bildirish,
ma‘qullash, raxmat aytish, duo qilish va h.k.lar)
Qoralash va jazo berish (ta‘qiqlash, ta‘na, gina, tanbeh berish, qo‗rqitish, nafratlanish,
ont, qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazo).
Mavjud usullar umum bir yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin umumiy bir narsa tushuntiriladi,
so‗ngra talab qilinadi. Agar bola biror bir narsani tushunmasa, tarbiyachi namuna vositasini
o‗taydi. Nasihat qilinadi, o‗git orqali bolaning idrokiga yetkaziladi.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |