Sun’iy charm xossalari
Ustki kiyimning asosiy materiali sifatida sun’iy charmlar fizikaviy, mexanik va estetik xossalarga kompleks ravishda ega bo‘lishlari kerak. Chunki material xossalarga zamonaviy texnolagiya va jarayonlarning tatbig‘iga va mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishiga imkon berishi kerak.
Sun’iy charmlarning ahamiyati eng katta ko‘rsatkichlari davlat standartlari bilan me’yorlangan va maxsus asbob va uskunalar bilan aniqlanadi.
Charmlarning qalinligini, enini va yuza zichligini tabiiy charm va gazlamalardagi kabi aniqlanadi. Turli xil sun’iy charmlarning qalinligi 0,5–3 mm, eni 0,7–2,0 m va yuza zichligi 500–1500 g/ m2 tashkil qilishi mumkin.
Bug‘ o‘tkazuvchanlikni va nam yutish ko‘rsatkichlarini DavST 229-78 ga asosan aniqlanadi. Qoplama asos turiga qarab bug‘ o‘tkazuvchanlik 0 – 4,4 mg/(sm2 soat) ni tashkil qiladi.
Gigroskopiklikni 16 soat ichida namlikni o‘zidan chiqarishni 8 soat ichida aniqlaniladi. Charmlar gigroskopikligi 8 – 12 foizni, namlikni o‘zidan chiqarishi 10 foizni tashkil etadi.
Suvda bo‘kish va suv o‘tkazuvchanlik hossalari maxsus asboblarda aniqlanadi va bu ko‘rsatkichlar sun’iy charmlarda juda ham past.
Uzilishdagi uzayishni va uzilish kuchini gazmollardagi kabi aniqlanadi, namunalarning o‘lchamlari 20 100, 50 100,
50 200mm. Uzilish kuchi 200 dan 1200 N gacha, uzayish 8 – 440 foizgacha bo‘lishi mumkin.
Qattiqlik va qayishqoqlikni PJU-12M asbobida aniqlaniladi. Qattiqligini halqa holidagi namunani diametrining 1/3 qismigacha siqish uchun kerak bo‘lgan yuk bilan aniqanadi. Sun’iy charmlar qattiqligi 0,3 dan 2 N gacha bo‘ladi.
Ko‘p sonli egilishlarga chidamliligi MIRS asbobida anqlanadi. 700 ming sikl egilishga yoriqlarsiz chidaydigan sun’iy charm chidamliligi yuqori deb ataladi.
Sun’iy charmlarning sovuqqa chidamliligini MIRM asbobida 30 80 mm namunalarda aniqlanadi. Namunalar 10 min ichida muzlatilib ko‘p siklli kuch ta’siriga kiritiladi va asos yoki qoplama buzilgunga qadar sikllar soni hisoblanadi.
Ko‘rsatilganlardan tashqari bir qator maxsus ko‘rsatkichlar aniqlanadi: dielektrik o‘tkazuvchanlik va dielektrik yo‘qotuv, termochidamlilik, yong‘inga chidamlilik va boshqalar.
Nazîrat savîllari va tîpshiriqlari:
Sun’iy charmlarga misol keltiring.
Sun’iy charm ishlab chaqarish texnologiyasini izohlab bering.
Sun’iy charm asosida nimalar ishlatiladi?
Sun’iy charmning mexanik xossalarini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |