1-Лаборатория иши


Granit  -  liparit  guruhi



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/110
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#130995
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
Bog'liq
ohirgisi

Granit  -  liparit  guruhi 

Granit-liparit guruhiga kiruvchi tog‘   jinslari granodioritlar bilan birga 

keng tarqalgan bo‘lib, yer yuzida rivojlangan hamma magmatik jinslarning 

60  foizini  tashkil  qiladi.  Bu  guruhga  mansub  Intruziv  jinslar  effuziv 

jinslarga nisbatan to‘rt marta

 

keng tarqalgan.



           

Abissal   tog‘ jinslari. Bu guruhga kiruvchi tog‘  jinslari kimyoviy  va 

mineral  tarkibiga  binoan  normal  (ohak-ishqorli),  plagioklazli  va  ishqorli 

granitlarga bo‘linadi. 

Normal  granitlar - o‘rta va katta donali qizg‘ish, kulrang jins. Uning 

strukturasi  gipidiomorf  donali  bo‘lib,  granit  xiliga  kiradi,  ayrim  hollarda 

pegmatit    va  porfirsimon  strukturalar  ham  uchraydi.  Granitlar  bir  xil 

teksturali,  ayrim  hollarda  traxitoidli.  Keyingi  tekstura  cho‘ziq  dala 

shpatlarining subparallel joylashganligi bilan ajralib turadi. 

Normal  granitlar  boshqa  turlardan  kvarsning  ko‘p  (30-35  foiz),  rangli 

minerallarning (10 foiz) oz miqdorda va ortoklaz (40-45 foiz) plagioklazga 

(oligoqlaz-15-20 foiz) nisbatan ko‘proq  uchrashi bilan ajralib turadi. 

Rangli  minerallar  asosan  biotit,  kamroq    rogovaya  obmanka  va 

piroksendan  (gipersten,  gedenbergit)  tashkil  topgan.  Ular  temirga  boyligi 




40 

 

bilan  ajralib  turadi.  Aksessor  minerallardan  apatit,  kassiterit,  sfen,  granat, 



turmalin va flyuorit uchraydi.  

Alyaskit    leykokratli  granit  bo‘lib,  unda  rangli  minerallarning  miqdori 

2-5  foiz,  ishqorli  dala  shpatlari  60-65  foiz,  kvars  35  foizni  tashkil  qiladi. 

Alyaskitlar  ko‘pincha  granit  massivining  so‘nggi  Intruziv  fazasini  tashkil 

qiladi, ayrim paytlarda esa alohida Intruziv kompleksi holida uchraydi. 

Plagioklazli    granit    normal  granitdan  kulrangligi  va  mineral  tarkibi 

bilan  farq  qiladi.  Plagiogranit  tarkibida  quyidagi  minerallar  uchraydi 

(foiz):  kvars-25-30,  plagioklaz  (andezin)-50,  rangli  minerallar  -  20-25. 

So‘nggi  minerallar  shox  aldamchisi  va  biotitdan  tashkil  topgan,  ayrim 

hollarda  piroksen  uchraydi.  Aksessor  minerallarni  asosan  sfen  tashkil 

qiladi. 


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish