1. Magmatik yoki vulqon tog‘ jinslari. Ular tabiiy silikat
eritmalarining (magma, lava) sovushi va qotishi natijasida hosil bo‘ladi.
2. Cho‘kindi tog‘ jinslari. Ular yer yuzasida ilgari mavjud bo‘lgan
tog‘ jinslari va minerallarning nurashi, so‘ngra bu mahsulotlarning
mexanik va kimyoviy usul bilan yotqizilishi, hamda o‘simlik va
organizmlarning hayot faoliyati yoki chirishi natijasida hosil bo‘ladi.
3. Metamorfik (o‘zgargan) tog‘ jinslari. Bu sinfga mansub
tog‘jinslari katta chuqurliklarda yuqori harorat, katta bosim va magmatik
o‘choqdan ajralgan gaz va bug‘ mahsulotlarining magmatik, cho‘kindi
va ilgari metamorfizatsiyaga uchragan jinslarga ta'siri natijasida hosil
bo‘ladi.
Magmatik tog‘jinslar
Magmatik yoki otqindi tog‘jinslari magmaning sovib qotishi va
kristallanishidan hosil bo‘ladi. Magmaning qaerda - yer po‘stining
ichkarisidami yoki yuzasidami sovub qotishiga qarab ikki xil turdagi,
Intruziv (yer ichkarisida sovib qotgan jinslar) va effuziv (oqib chiqib sovib
qotgan) tog‘ jinslariga bo‘linadi. Intruziv (otqindi) tog‘ jinslari yuqori
harorat va bosimli sharoitda magmaning sekin sovishidan hosil bo‘ladi.
Bunday sharoitda magmani tashkil qilgan zarrachalari yaxshi qirralangan
kristallar va kristall zarralari ko‘rinishidagi barkaror kimyoviy birikmalar
hosil kilishga ulguradilar. Bunday tog‘ jinslari uchun To‘liq kristalli
struktura xarakterlidir. Intruziv jinslarning tipik namunasiga granitlar,
granodioritlar, dioritlar va boshqalar kiradi.
Magma lava ko‘rinishida er yuzasiga yoki okean , dengiz ostiga oqib
chiqishi bilan o‘zi hosil bo‘lgan sharoitdan keskin farq qiladigan kichik
bosim va harorat sharoitiga duch keladi. Bunday sharoitda, tez sovib
qotish natijasida hosil bo‘lgan effuziv jinslar To‘liq kristallanib
ulgurmaydi va shuning uchun ularning tarkibida turli miqdorda vulqon
shishasi mavjud bo‘ladi. Sovubqotgan, puffaksimon lavalarda, tashqi
bosimning keskin kamayishi natijasida ko‘p miqdorda gazsimon
35
mahsulotlar ajralib chikadi va ularning o‘rnida yumaloq bo‘shliqlar -
govaklar hosil bo‘ladi. Bunday jinslarning tuzilishi hech qachon To‘liq
kristalli bo‘lmaydi. Bu holni liparit, kvarsli porfir, datsit, andezit
tog‘jinslarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Intruziv tog‘ jinslari hosil bo‘lish chuqurligiga qarab abissal (katta
chuqurliklarda hosil bo‘lgan) va gipabissal (kichik chuqurliklarda hosil
bo‘lgan) turlarga bo‘linadi. Gipabissal jinslar hosil bo‘lishi jarayonida
magmaning harorati abissal jinslar hosil bo‘ladigan sharoitga nisbatan,
kichik bosim hisobiga tezroq pasayadi. Tashqi qiyofasi bo‘yicha
gipabissal jinslar effuziv va Intruziv jinslar oralig‘ida joylashadi.
Magmatik jinslarni o‘rganishda uning strukturasi va teksturasi katta
ahamiyatga ega.
Magmatik tog‘ jinslarining strukturasi magmaning kristallanish
sharoiti, uning tarkibi va uchuvchan, yengil birikmalarning mavjudligi
bilan bog‘liq. Kristаllаnish dаrаjаsigа qаrаb mаgmаtik tоg’ jinslаridа
quyidаgi strukturаlаr bo’lаdi: а) to’liq kristаllаngаn strukturа intruziv
jinslаrgа хоs bo’lib, ulаrdа fаqаt kristаll dоnаlаri uchrаydi; b) to’liq
kristаllаnmаgаn strukturаgа эgа bo’lgаn jinslаrdа minеrаl dоnаchаlаri
bilаn birgа vulqоn shishаsi hаm bo’lаdi; v) shishаsimоn strukturа эffuziv
tоg’ jinslаrigа mаnsubdir. Lаvа еr yuzаsigа оqib chiqqаndаn so’ng tеz
sоvushi jаrаyonidа u kristаllаnishgа ulgurmаy shishа shаklidа qоtаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |