G’оvаkli tеksturа
Yахlit (mаssiv) tеksturа
Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi ularning qanday sharoitda
hosil bo‘lishidan qat'iy nazar, magmada quyidagi oksidlarning ya'ni SiO
2
,
Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
, FeO, MgO, TiO
2
, CaO, Na
2
O, K
2
O, N
2
O ning necha foiz
miqdorda borligiga qarab aniqlanadi.
Magma tarkibida kremniyli va alyuminiyli oksidlar ko‘p bo‘ladi.
Agar magma tarkibida SiO
2
ko‘p bo‘lsa, magma juda yopishqoq va
quyuq, kam bo‘lsa suyuq va harakatchan bo‘ladi. Magmatik jinslar o‘z
tarkibidagi SiO
2
ning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.
Nordon jinslar - 65-75%
2.
O‘rta jinslar - 52-65%
3.
Asosli jinslar - 40-52%
4.
O‘ta asosli jinslar - 40% dan kam.
Nordon jinslarda kremniyli kislotaning miqdori ko‘p , rangli
silikatlarning miqdori 3-12% ni tashkil qiladi, och rangga ega. Tarkibida
kvars, ortoklaz, nordon plagioklaz, biotit, shox aldamchisi va ozgina avgit
uchraydi. Nordon jinslarga granit, granit-porfir, obsidian, pemza, kvarsli-
porfir kiradi.
O‘rta jinslar tarkibida to‘q rangdagi minerallarga (shox aldamchisi,
biotit, avgit) nisbatan ko‘p miqdorda och rangdagi minerallar uchraydi.
Bu esa o‘rta jinslarga och-kulrang yoki kulrangni beradi. Ochiq rangdagi
minerallar ortoklaz, mikroqlin, plagioklazlardan iborat. O‘rta jinslarga
sienit, traxit, sienit-porfir, diorit, andezit, porfiritlar kiradi.
Asosli jinslardagi jins hosil qiluvchi minerallarga piroksenlar (avgit),
olivinlar va plagioklazlar (labrador) kiradi. Ba'zida shox aldamchisi
39
minerali ham uchrashi mumkin. Asosli jinslarda ko‘p miqdorda to‘q
rangli minerallarning mavjudligi jinslarga to‘q rangni beradi. To‘q rang
muhitida plagioklazlarning kulrang-qora donalari ajralib ko‘rinib turadi.
Bu guruxdagi tog‘ jinslarining tipik namunasi bo‘lib gabbro, bazalt,
diabaz jinslari hisoblanadi.
Magmatik tog‘ jinslari yer po‘sti va yuzida turli shakllarda yotadi.
Intruziv jinslar uchun batolitlar, shtoq, fakolit, lakkolit, tomirlar, va effuziv
jinslar uchun yopqich va oqim ko‘rinishidagi shakllar xarakterlidir.
Magmatik jins hosil qiluvchi asosiy minerallar miqdoriga va jinslarning
kimyoviy tarkibiga ko‘ra magmatik jinslar sakkiz guruhga bo‘linadi.
Jinslar guruhining nomi eng keng tarqalgan Intruziv va effuziv jins nomi
bilan nomlanadi:
1. Peridotit guruhi- kremnezyom oksidi miqdoriga qarab o‘ta asos
(giperbazit) jins.
2. Gabbro-bazalt guruhi - asos (bazit).
3. Diorit-andezit guruhi - o‘rta.
4. Granodiorit-datsit guruhi -nordon.
5. Granit-liparit guruhi - nordon.
6. Sienit-traxit guruhi - o‘rta.
7. Nefelinli sienit-fonolit- ishqorli.
8. Ishqorli gabbroid-bazaltoid guruhi- ishqorli.
Do'stlaringiz bilan baham: |