Minerallning ulanish tekisligi va sinish yuzalari. Minerall
kristallarining, ular sindirilganda ma'lum yo‘nalish bo‘yicha ajralib hosil
qilgan tekis, yaltiroq yuzalariga ulanish tekisligi deb aytiladi. Bu xususiyat
faqat kristallik minerallar uchun xos bo‘lib uning faqat ichki tuzilishi bilan
bog‘liq. Bunday xususiyat faqat shu mineralning o‘zigagina xos
bo‘lganligi uchun muhim diagnostik belgi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan:
ortoklaz singanda to‘g‘ri burchakli ulanish tekisligi hosil qiladi.
Ulanish tekisligining qay darajada namoyon bo‘lishini ko‘rsatish
uchun besh darajali shkala qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |