Abissal tog‘ jinslari. Gabbro teng, o‘rta va katta donali jins bo‘lib,
asosan plagioklaz va piroksendan tashkil topgan. Ikkinchi darajali
minerallar olivin, shox aldamchisi va biotitdan, aksessor minerallar
magnetit, ilmenit, apatitdan iborat bo‘lib, ahyon-ahyonda pirrotin, xromit
va pikotit uchraydi. Normal gabbroning tarkibida 35-70 foiz piroksen
bo‘lib, leykokratli gabbroda uning miqdori 15-35 foizgacha kamayib,
melanokratli turida esa 70-85 foizgacha ortib boradi.
Olivin va plagioklaz (labrador,biotovnit) tarkibli jins troktolit deb
nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |