Silikatlar
Silikatlar hozirda asosiy struktura turiga qarab tasnif qilinadi.
Silikatlarning strukturasi ularning kimyoviy tarkibi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Shuningdek, minerallarning muhim fizik xossalarini va hatto
ma'lum darajada genezisini ham aks ettiradi.
Hozir silikatlar strukturasini rentgenoskopiya usuli bilan tekshirish
natijasiga qarab quyidagi beshta kichik sinflarga bo‘linadi: 1) orolsimon,
2) zanjirsimon, 3) lentasimon, 4) varaqsimon, 5) to‘qimasimon silikatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |