Siderit - FeCO
3
. Grekcha sideros - temir (temir shpati) demakdir.
Singoniyasi trigonal. Kristallari ko‘pincha romboedr shaklga ega, uning
yonlari egilgan, ba’zan tangachasimon yuza hosil qiladi, dolomit kabi
egarsimon egilgan. Agregatlari ko‘proq kristallangan, donador, yashirin
kristallangan yoki radial shu'la kabi tuzlgan sharsimon konkretsiyalar
(sferosiderit, oolit va boshqa shakllar) ham uchraydi. Rangi singan
joylarida sarg‘ish oq , kulrangroq , ba’zan qo‘ng‘irroq tusda. Shisha kabi
yaltiraydi. Ulanishi mukammal. Mo‘rt. Qattiqligi 3,6-4 solishtirma
og‘irligi 3,9 g/sm
3
.
Siderit gidrotermal, uncha yuqori bo‘lmagan harorat, shuningdek,
dengiz havzalarida yoki qo‘ltiqlarida hosil bo‘ladi. Siderit temir
ma'danidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |