Kvars minerali
Gematit – αFe
2
O
3
. Nomi – «gematikos»: rangi qonga o‘xshash. U
trigonal singoniyali bo‘lib, plastinkasimon, romboedrik, ba`zan kichik
taxtachasimon kristallar holida uchraydi. Bulardan tashqari zich yaxlit
massalar holida, varaq-varaq agregatlarga o‘xshash ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Gematit rangi – kulrang, qora. Uning chizig‘i olchadek qizil, shaffof,
ba`zan yarim metall kabi yaltiraydi. Gematitning qattiqligi – 5,5-6,0,
solishtirma og‘irligi – 5,2, ancha mo‘rt bo‘ladi. U HCl da sekin eriydi.
Gematit asos, o‘rta va nordon intruziv jinslarda paydo bo‘ladi, ba`zan
gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Regional metamorfizm hosilasi
kristallik slaneslarda va kontaktli metamorfik jinslarda ko‘p uchraydi.
Gematit temir olishda asosiy sanoatbop xom ashyo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |