2.
Kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan. Tavakkaliga 4
ta kartochka olinib, ularni bir qator qilib terilganda juft son hosil bo‘lishi
ehtimolini toping.
3.
Ikkita o‘yin kubi baravar tashlanganda quyidagi hodisalarning ro‘y berish
ehtimolini toping:
A - tushgan ochkolar yig‘indisi 8 ga teng.
B - tushgan ochkolar ko‘paytmasi 8 ga teng.
C - tushgan ochkolar yig‘indisi ularning ko‘paytmasidan katta.
4.
Tehnik nazorat bo‘limi buyumlarning yaroqliligini tekshiradi. Buyumning
yaroqli bo‘lish ehtimoli 0,9 ga teng. Tekshirilgan ikkita buyumdan faqat bittasi
yaroqli bo‘lishi ehtimolini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: