1-Laboratoriya ishi
Matnli, grafik, audio va video axborotlar hajmini aniqlash
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy
muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib,
kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar
majmuidir.
Multimedianing ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki,
mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon
beradi.
muayyan vaqtdagi ish,o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi
ravishda, audio va video signallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib
chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish
uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining
o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira
(ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi
tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),
original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va
boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya
axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon,
audio tizimlar,
optik kompaktdisklar
, televizor, videomagnitafon, videokamera,
elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida
bajariladi;
Multimedia vositalari asosidao’quvchilarni
Multimedia vositalari asosidao’quvchilarni
o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
Ta'lim olishninyangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi
Berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish
imkoniyati
bor
ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoni- yatiga erishish
Olingan bilimlar. kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda
amaliyotda qo’llash imkoni-yatiga erishiladi.
Multimediali taqdimot
Bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va
eng zamonaviy shakli
hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, . diktor jo‘rligidagi ovoz
bilan boyitilgan,
videoparcha va animatsiya
, uch o‘lchamli grafika tarzidagi
dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning
boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va
interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi
faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot. Sizning saytingiz
kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan
paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya
saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiya
Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida
ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi:
matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish kerak:
skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash). Skanerlash deganda qog‘oz ko‘rinishidagi
ma'lumot tashuvchilardan maxsus qurilma – skaner yordamida axborotning
avtomatik o‘qilishi va kompyuterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni
skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi. - PhotoEditor –
Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda
grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast,
yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish). - PhotoPaint – rasmni
skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur
(to’zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan
to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish).
Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositalarga qisqacha ta'rif berib o‘tamiz: -
PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot.
Ushbu tahrir dasturi ko‘pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar)
bilan
ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan
(qayirish, bo‘rtma ko‘rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar)
o‘tkazishga
imkon beradi. - Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga
kiradi
va turli rassomlar
tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan,
akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b. - Paint – rasm oriyentatsiyasini
o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib
olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan
ishlaydi.
Videoyozuvlarni
Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan tasvirni
oldindan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni talab qiladi.
Tasvirni raqamli shaklga
o‘tkazish deganda materialni analog shaklidan kompyuterga kiritish mumkin
bo‘ladigan raqamli shaklga o‘zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga
o‘tkazish uchun kompyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh
bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga o‘tkazilgan
videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo‘lishi
yetarli - Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o‘tkazish
uchun
ishlatiladi
; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi. - Adobe
Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko‘plab o‘tishlar bilan
montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kadrlar
o‘lchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kadr harakati trayektoriyasini)
o‘zgartirishi mumkin. - MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va
videomaterial montaji hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing
deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam o‘zgarib o‘tishi tushuniladi.
Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham
morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl
yaratiladi.