Ishni bajarish tartibi: 1-tajriba. Kóp qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliy (kózning muguz pardasidan tayyorlangan). Bu preparatga kichik ob’yektiv ostida qaralganda binafsha rangli epiteliy qismi va pushti rangli biriktiruvchi tóqimadan iborat qavati kózga yaqqol tashlanadi. Bu ikkala qavatlarning orasida bazal membrana yotadi. Bazal membrananing ustida yotgan epiteliyni katta obyektiv ostida órganish lozim. Epiteliy hujayralarining shakliga qarab bir nechta qavatlar tafovut qilinadi. Birinchi qavat bazal membrananing ustida yotuvchi bir qator silindirsimon epiteliy hujayralaridan tashkil topgan bólib, bir tekis joylashadi. Ikkinchi qavatni 5-6 qavat joylashgan notóg’ri shaklga ega bólgan epiteliy hujayralari hosil qiladi (tikanli hujayralar qatlami). Eng sirtqi qavatini 3-4 qatordan iborat yassi hujayralar tashkil etadi .
tajriba. Kóp qavatli muguzlanuvchi yassi epiteliy (barmoq terisidan tayyorlangan). Kichik obyektiv ostida preparatning birafsha rangga bóyalgan qismini- epiteliy hujayralaridan tashkil topgan epidermis qavatini topish kerak. Epidermis orasidagi biriktiruvchi tóqima- derma qavatidan bazal membrana bilan ajralib turadi. Derma epidermisga sórg’ichlar hosil qilib botib kirganligi uchun bazal membrana ham sórg’ichlar shaklini takrorlaydi va shu sababli bir tekislikda yotmaydi. Epiderma hujayralari óz morfologik va funktsional хususiyatlariga kóra 5-6 qavatni hosil qilib joylashadi.
Bazal membrana ustida yotuvchi bir qavat tsilindirsimon hujayralar birinchi- bazal qavatni hosil qiladi. Bu hujayralar oralarida melanin pigmentini tutuvchi notóg’ri shaklli melanotsit hujayralarni ham kórish mumkin. Buning ustida 5-10 qator kóp qirrali yirik hujayralardan tashkil topgan ikkinchi qavat yotadi. Bu qavat hujayralarining shakliga kóra ularni tikanli hujayralar qavati deb nomlanadi. Uchunchi – donador qavatni teri yuzasiga papallel holda tutuvchi, sitoplazmasida tóq binafsha rangli keratogialin donachalarini tutuvchi 3-4 qator duksimon hujayralar hosil qiladi. Keyingi, yaltiroq qavatning yassi hujayralari tarkibida eleidin moddasi kóp bólganligi sababli, hujayralarning yadrolari va chegaralari yaхshi kórinmaydi. Eozin bilan bóyalganda bu qavat pushti tasma shaklida kórinadi. Beshinchi qavat muguz tangachalariga aylangach, zich joylashgan yassi hujayralardan iborat muguz qatlamdir. Bu hujayralar tarkibida keratin moddasi kóp bóladi.
Topshiriqlar: preparatda órganilgan kóp qatorli va kóp qavatli yassi epiteliyning chizmasini chizish.