11-laboratoriya ishi
Epitelial tо’qimasi va uning xillari bilan tanishish
Nazariy tushuncha. Epiteliy tóqimasi organizmning tashqi yuzasini, ovqat hazm qilish nayi va siydik yullarining ichki yuzasini qoplaydi, shuningdyek, ayrim organlarning asosini tashkil etadi. Epiteliy tóqimasi óz tuzilishiga kóra bir qavatli (yassi, kubsimon, tsilindirsimon), bir qavatli kóp qatorli (tsilindirsimon, хilpillovchi) va kóp qavatli yassi (muguzlanadigan, muguzlanmaydigan, ózgaruvchan ) bóladi.
Bir qavatli epiteliy bilan tanishgandan sóng, kózning muguz pardasidan tayyorlangan kóp qavatli muguzlanmaydigan va kórsatgich barmoq terisidan tayyorlangan kóp qavatli muguzlanivchi epiteliy preparatlari órganiladi. Bunday preparatlarda kóp qavatli epiteliyning turli qavatlari har хil shakldagi epiteliy hujayralaridan iborat ekanligiga ahamiyat byerish zarur. Ayniqsa teri preparatidagi muguzlanuvchi epiteliy hujayralarining shakli kózga yaqqol tashlanadi. Óziga хos bir qavatli kóp qatorli hilpillovchi epiteliyni kyekirdakdan va kóp qavatli uzgaruvchan epiteliyni siydik qovug’idan tayyorlangan preparatlardan órganiladi. Shuningdek, oddiy tarmoqlangan, tarmoqlanmagan va murakkab bezlar ham órganiladi.
Epiteliy tóqimasining kelib chiqishi va bajaradigan funksiyalarining har хil bólishiga qaramasdan boshqa tóqimalardan farq qiladigan umumiy belgilari mavjud.
epiteliy tóqimasi zich joylashgan (plast holida) hujayralar tóplamidan iborat bólib, hujayralararo modda bólmaydi. Uning bunday joylashishi himoya vazifasini bajarishga sharoit tug’diradi.
Epiteliy tóqimasi bazal membrana ustida joylashganligi chegarada joylashganligi sababli epiteliy hujayralarida qutbli differensiallanish mavjud. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlarida tafovut mavjud. Bu qismlar tuzilishi va vazifasi bilan farq qiladi.
Epiteliy tóqimasida qon tomirlar bólmaydi. Bazal membrana orqali biriktiruvchi tóqimadan diffuz yól bilan oziqlanadi.
Epiteliy kelib chiqishi va funksiyasi jihatidan ustki qavatda yotadi. Uning ostida esa biriktiruvchi tóqima joylashgan.
Epiteliy tóqima yuqori darajada qayta tiklanish qobiliyatiga ega.
Morfofunksional klassifikatsiya bóyicha epiteliyning quyidagi turlari farqlanadi.
Epiteliy tóqimasi
|
Bir qavatli
|
bir qatorli
|
|
kóp qatorli
|
yassi
kubsimon
silindirsimon
|
Kóp qavatli
|
yassi muguzlanadigan
yassi muguzlanmaydigan.
ózgaruvchan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |