g) Maxsus cho’yanlar (ferroqotishmalar). Bu cho’yanlar odatdagi cho’yan-
lardan tarkibida Si, Mp ning miqdori ko’pligi bilan farq qiladi.
Ularni uch xilga, ya’ni yaltiroq (oyna) cho’yanlarga, ferromarganestlarga
va ferrosilistiylarga ajratiladi. Yaltiroq cho’yanlar tarkibida 10-
25% Mp va 2% Si bo’ladi. Ferromarganestlar tarkibida 70-75% Mp va
2,5% gacha Si bo’ladi. Ferrosilistiylar tarkibida 19-92% Si bo’ladi.
Domna gazi. Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna gazi deyiladi. Bu gaz tarkibida 26-32% SO; 2-4% N2; 0,2-0,4% SN4; 8-10% SO2 va 56—63% N2 bo’ladi. Domna gazining tarkibida ko’pgina yonuvchi gazlarning borligi sababli tozalangach, ulardan yoqilgi sifatida keng foydalaniladi.
Domna shlaki. Ruda, yoqilgi tarkibidagi begona jinslarni hamda yoqilg’i kulini flyus bilan birikib ajralgan birikmasi bo’lib, undan shlak paxtasi, g’isht, shlak bloklar, stementlar va boshqa materiallar olishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |