a) Qayta ishlanadigan cho’yanlar. Bu cho’yanlar tarkibida o’rtacha 3,8-
4,4% S; 0,3-1,9% Si; 0,2-1,0% Mp; 0,15-0,2% R va 0,02-0,07% S
bo’ladi. Ularda uglerodning hammasi yoki ko’proq qismi temir bilan
kimyoviy birikma temir karbidi (Fe3C) holida, qolgani grafit
tarzida bo’ladi. Bu cho’yanlar juda qattiq va mo’rtdir. Sanoatda bu cho’yanlardan po’lat olinishi sababli ularni qayta ishlanadigan cho’yanlar deyiladi. Bu cho’yan quymalarining yuzalari oqish tusda bo’lganligidan oq cho’yanlar deb ham yuritiladi.Domnalarda olinayotgan cho’yanlarning 80—90% i bu cho’yanlarga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |