1-laboratoriya ishi. Axborot tizimlari va hayot sikli
Axborot tizimi — bеlgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash, uni qayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish tizimi bilan masalalarini hal qilish kiradi. Kompyuter axborot samarali ishlaydigan elektronqurilmadir. Qo’llanish sohasiga ko’ra axborot tizimlarining quydagi turlarini ko’rsatish mumkin: texnik axborot tizimlari; iqtisodiy axborot tizimlari; ijtimoiy sohalardagi axborot tizimlari va boshqalar.
Axborot tizimi (AT) ni loyihalash metodologiyasi tizimni yaratish va kuzatish jarayonini AT ning hayot sikli (HS) kо‘rinishida ifodalaydi. Har bir bosqich uchun bajariluvchi ishlarning tarkibi va ketma-ketligi olinuvchi natijalar, ishni bajarish uchun zaruriy usullar va vositalar, ishtirokchilarning roli va javobgarligi va h.k. aniqlab olinadi. AT ni HS ning bunday rasmiy ifodasi jamoaviy ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish va tahlil etish imkonini beradi hamda bu jarayonlar bilan boshqarishni ta’minlaydi.
AT ning HS ni - tizimni yaratish va foydalanish jarayonida yuz beruvchi bir qator voqeliklar sifatida tasavvur qilish mumkin.
HS ning modeli berilgan AT ga zarurat tug‘ilgan daqiqadan boshlab, to‘liq iste’moldan chiqish daqiqasigacha bo‘lgan turlicha tizim holatini tasvirlaydi.
Hozirgi vaqtda quyidagi HS modellari ma’lum va qo‘llanib kelinmoqda:
kaskadli model (2.1-rasm) - loyihaning barcha bosqichlarini qat’iy ketma-ketlikda bajarilishin nazarda tutadi. Keyingi bosqichga o‘tish avvalgi bosqichdagi barcha ishlar to‘liq bajarilganligini bildiradi;
oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model (2.2-rasm) - AT ni ishlab chiqish bosqichlararo teskari aloqali sikl bilan olib boriladi. Bosqichlararo tuzatishlar turli bosqichlardagi natijalarning real mavjud o‘zaro ta’sirlarini hisobga olish imkonini beradi. Har bir bosqichdagi hayot vaqti ishlab chiqishning butun davriga cho‘ziladi;
spiralli model (2.3-rasm). Spiralning har bir buramida mahsulotning navbatdagi versiyasini yaratish bajariladi, loyiha talablari belgilanadi, uning sifati aniqlanadi va keyingi buram ishi rejalashtiriladi. Asosiy e’tibor ishlab chiqishning boshlang‘ich bosqichiga qaratiladi, ya’ni tahlilga va loyihalashga.
2.1-rasm. AT HS ning kaskadli modeli
2.2-rasm. Oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model
Do'stlaringiz bilan baham: |