Mavzu Axborot tizimlari va texnologiyalarinig tushunchasi va tasnifi Reja



Download 16,33 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi16,33 Kb.
#436806
Bog'liq
mavzu 2


Mavzu 2. Axborot tizimlari va texnologiyalarinig tushunchasi va tasnifi
Reja:

  1. Axborot tushunchasi va ta’rifi..

  2. Axborotni tasniflanishi.

  3. Tashkilotning axborot resurslari.

  4. Iqtisodiy axborotlarni tushunchasi.



Tayanch iboralar: Axborot; Iqtisodiy axborot; Ma’lumotnoma va axborot; Axborot resurslari; Iqtisodiy axborotlar.
Axborot - bu olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot, ya’ni informatsiya so‘zi lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi.
Axborot - bu o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy ajratuvchi, farqlovchi, differensiallovchi belgidir. Yoki boshqacha qilib, umumlashtirib aytganda, axborot - bu biror faoliyat to‘g‘risidagi qanaqadir voqea haqidagi xabarlar, bilimlardir. Axborot - bu atrof-muhit obektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi malumotlardir, deb aytish ham mumkin. Keng manoda axborot odamlar o‘rtasida malumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasidagi signallar ayirboshlashini ifoda etadigan umumiy tushunchalar deyilishi ham mumkin.
O‘z navbatida informatikada axborot bilan bir qatorda malumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Malumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu malumotlarda biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, u holda malumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun foydalaniladigan axborotni malumotlar deb atasa ham bo‘ladi. Masalan, kog‘ozga telefon raqamini malum tartibda yozib, biror kishiga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan malumot sifatida qabul qiladi. Biroq, telefon raqamining oldida tegishli korxona yoki tashkilotning nomi, uning faoliyati turi yozib qo‘yilsa, avvalgi malumot axborotga aylanadi. Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, bizni o‘rab turadigan borliq haqidagi bilimlar yoki har qanday malumotlar axborot deb ataladi.
O‘z navbatida iqtisodiy axborot axborot turlarining eng muhimi hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Shuningdek, axborotlar taqdim etish usuliga ko‘ra: matnli, jadvalli, grafikli va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Malumotlar esa qayta ishlash usuliga ko‘ra: birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy, xulosa va yakuniy malumotlar ko‘rinishida berilishi mumkin.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, dolzarbli, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ochiqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat, ya’ni xususiyatlari, ko‘rsatgichlariga bog‘liqdir.
Axborot resurslari - alohida hujjat va alohida hujjat to‘plami, axborot tizimlari ( kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir.


Adabiyotlar:[22- 23, 25, 34-36]
Nazorat uchun savollar:

  1. Axborot va malumot deganda nimani tushunasiz?

  2. Axborot va malumotlarning qanaqa turlarini bilasiz?

  3. Axborotning inson faoliyatidagi ahamiyati?

  4. Iqtisodiy axborotlarni tushunchasini aytib bering.

  5. Axborotlarni turlariga qarab tasniflanishi.

  6. Axborotlarni funksional vazifasiga ko‘ra tasniflanishi.

  7. Axborot resurslari deganda nimani tushunasiz?

Download 16,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish