8-variant
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillari davatanimizning qadimgi tarixini o‘rganishda qanday yutuqlarga erishildi?
Afrikaning olduvay davri.
Qadimgi So‘g‘d jamiyatining o‘zigaxos xususiyatini izohlang?
2
Afrika qitasining tabiiy sharoiti. SHarqiy Afrika tog‘ tizmasi tabiiy muxiti. Er yuzida vujudga kelgan muzlash davrida va ularning ibtidoiy odamlar xayotiga ta’siri. Afrika qit’asida birinchi odamlarning paydo bo‘lishi. Qadimgi odamlarning Afrikadan Evroosiyoga I migratsiyasi. Qadimgi odamlarning YAqin SHarq xududidan Kavkaz va Evropaga migratsiyasi. Amerikaning qadimgi odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi. Paleolit davriga oid tosh industriyalarining taraqqiyoti. Olduvey, ashel, levallua va boshqa paleolit davriga oid industriyalar. Afrika paleolit davri madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Afrika qit’asidagi topilmalar. Burungi va yangi filogenetik va taksonomik sxemalar. Gominidlar evolyusiyasi xaqidagi nazariyalar. Homo Sapiens muammosi.
2 Soʻgʻd, Sugʻud - Oʻrta Osiyodagi qadimgi tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor muqaddas miloddan avvalgi 7-6 asrlarda qadimgi "Avesto"da tilga olingan.
Miloddan avvalgi 6 asrda Axomaniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qad. Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. S. yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini S. yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi. Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak — Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga tegishli", "Sugʻdiy" kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Urta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini "S." shaklida qoʻllaydi.
"S." soʻzining maʼnosi fanda turlicha talqin qilib kelinadi. Mac, Soʻch —GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan S.ni "Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga koʻra, "S." soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb atalishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestola S. mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.
S. mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 tarixiy-geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.
Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoklari S orqali oʻtgan. Natijada S xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab S savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo boʻlgan. S. tili xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan S.ning chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan (Syuan Szan).
. mil. av. 6—4 asrlarda avval ahamoniylarga, soʻngra miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksandr tuzgan saltanatga, uning davomchisi Salavk davlatiga, Yunon-Baqtriyaga tobe boʻlgan.
Mil. av. 2—1-asrlardan boshlab S oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. S. asta-sekin har 3 qismni oʻz atrofiga toʻplagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan.
Mil. 1 ming yillikning 1-yarmida S. kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saklab keldi. S. konfederatsiyasi mil. 6-asr oʻrtalaridan 8-asrning boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (8-asrning 1choragi), to S. podshosi Turgʻar davri oxirigacha (738—759 yillar) S oʻzining konfederativ xususiyatini sakdashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin S.da ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
4-8-asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻliboʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro, Amul va Andxoy ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular 12-asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turkiston va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan. 4-asrda Dunxuanning oʻzida soʻgʻd jamoasi taxminan 1000 kishidan iborat boʻlgan. Samarqandning sharqiy darvozalari "Xitoy" nomi bilan ataladi. Xalqaro savdo aloqalari Samarqand, Paykend va boshqa yirik shaharlardagi boy soʻgʻd uylari tomonidan nazorat qilinar edi. Ular oʻz vositachilari orqali kreditlar berishgan, savdo kelishuvlarini boshqarishgan. Tan sulolasi tarixida qayd etilishicha, Kan hukmdorligida "yangi tugʻilgan oʻgʻil chaqaloq shirinsoʻz boʻlishi hamda pulni mahkam ushlashi uchun uning tiliga tosh asal, kaftlariga esa yelim surtilgan...Yigirma yoshga toʻlgan erkak qoʻshni oʻlkalarga joʻnab ketgan va qaysi joyda manfaat koʻrsa, oʻsha yerga borgan". Olis safarlar, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya xalq hunarmandchiligi va anʼanalari bilan tanishuv orqali Gʻarb va Sharq yutuqlarini oʻzida mujassam etgan noyob va ochiq soʻgʻd madaniyati shakllangan. Soʻgʻd hunarmandchiligi markazi va savdo yoʻllari - Samarqand, Panjikent, Paykent, Buxoro va Varaxshi xavfsizligini taʼminlash ehtiyoji kuchli davlatlar bilan ittifoq tuzishga qaratilgan siyosiy yoʻnalishni belgilab bergan. 6-asrda Soʻgʻd Eftaliylar davlati, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan, 630 yildan buyon esa Xitoyning Tan sulolasi hukmdorligini tan olgan. Xoqonlik yuksalishi davrida soʻgʻdlar turkiylarning Xitoydan oʻlpon sifatida olgan shoyi bilan savdo qilish imkoniyatiga ega boʻlishgan. 6-asrning 70-yillarida tyurkiy hukmdorlar buyurigʻi bilan soʻgʻd savdogari Maniax savdo kafolatlari yuzasidan muzokaralarni avvaliga Eron Shahanshohi, soʻngra Vizantiya imperatori bilan olib borgan. Oʻrta asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan. Buddistlar, nasroniylar, manixeylar oʻzlarining diniy matnlarini soʻgʻd tiliga tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining yozma anʼanalaridan foydalanishgan: buddistlardan hind alifbosi, manixeylardan arameys bosmasi, nasroniy-suriyaliklardan dastlabki umumiy maktubot, nestoriyan va yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini oʻzlashtirishgan. Biroq ular aramey bosmasiga asoslangan va keyinchalik uygʻurlar tomonidan foydalanilgan ilk soʻgʻd yozuvi oʻrnini egallay olmadi. Mazkur yozuv namunalari bilan Dunxuandagi mulkiy hududlardan yoʻllangan "qoʻhna maktublar" va Zarafsxon vodiysidagi Mug togʻida topilgan hujjatlar yordamida tanishish mumkin. 8-asr boshida Soʻgʻd Qutayba ibn Muslimning musulmon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchraydi va halifalikka boʻsingan holda islom dinining jugʻrofiy-siyosiy makonida qudratli savdo-hunarmandchilik markazi boʻlib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |