Variant-32
Ochil-g‘ormakoni
Gumelnitsamadaniyati
Baqtriyaningbronzadavriarxeologiyasi
Ochilg’or makoni Sazag’onsoy yonboshida aniqrog’i, Sazag’on 2 neolit makoni ustki qismida joylashgan bo’lib, 2004 yildan e’tiboran xozirgi kunda qadar Samdu arxeologik guruxi tomonidan tadqiq etib kelinmoqda. Makondan arxaik ko’rinishdagi qurollar disksimon yirik qirgichlar tosh o’zaklari uchburchaksimon paykonlar ponasimon qurollar uchratilgani, bular makon pastki madaniy katlamidan mezolit, sopol buyumlar uchratilgan yuqori madaniy qatlamlari neolit davri jamoalari deb xulosa chiqarish imkonini berdi163.
Yuqorida zikir etilgandek mazkur xududda 30 dan ziyod ibtidoiy odamzot izlari topilgan punktlar aniqlangan, lekin ulardan xali arxeologik qazishmalar o’tkazilmagan.
Geomorfologik va paleogeografik ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, Qoratepadagi makonlarning ayrimlari tog’oldi va unga tutash hududlarning tabiiy resurslarini u yoki bu tarzda o’zlshtirgan, maqsadli tarzda bunga safarbar qilingan aholining asosiy qo’nalg’alari bo’lgan.
Ma’lumki, yaqin kunlargacha butun O’zbekiston neolitidagi bo’lgani kabi Kaltaminor madaniyati vakillari ham ovchi va baliqchilar, deb talqin etilar edi. Biroq, 1990 yillarda Qizilqumning ilk Kaltaminor davriga oid Oyoqog’itma makonida olib borilgan O’zbek-polsha arxeologik ekspedisiyasining izlanishlari natijasida olamshumul kashfiyot qilindi. Bu yerda ikkita madaniy qatlam aniqlangan bo’lib (20 60 sm qalinlikda), ulardan minglab tosh qurollar, suyak qoldiqlari, taqinchoqlar, sopol buyumlar topilgan. Yodgorlikdan topilgan hayvon suyaklari orasida qoramol, tuya kabi xonaki hayvon suyaklari aniqlandi. demak, Kaltaminorliklar endilikda nafaqat ovchi va baliqchilarning, balki chorvadorlarning ham madaniyati ekanligi aniqlandi. Neolit davridan boshlab yurtimizda yashagan ibtidoiy odamlar tosh qurollar yasash uchun yer ostidan sifatli xom ashyo qazib olinadigan shaxtalardan foydalana boshlaganlar. Yevroosiyo qit’asida noyob hisoblangan bunday yodgorliklardan biri Buxoro viloyati, Qoratog’ etaklaridagi Uchtut qishlog’ida joylashgan164. Yodgorlik 1958 yilda ochilgan bo’lib, dastavval stratigrafiyalashgan yodgorliklarni qazishda qo’llaniladigan uslublar yordamida o’rganilgan.
2
Bolqon yarim orolining eneolit davri Gumelnitsa madaniyati. Manzilgohlar (Karanovo, Ovgarovo). Mudofaa inshootlar. Uy-joylar.Varnen mozori. Oltin va bronza buyumlar. Metallurgiya. Oybunarkoni. Gumilnitsa jamoasi ijtimoiy taraqqiyotining yuqori darajasi. Kukutine-Tripole madaniyati tarqalgan hududlar.
Manzilgohlar. Uy-joy imoratlari. Xo‘jaligi. Kulolchilik. Metall buyumlar. Dafn marosimlari
3 Ilk yozma manbalarda Bahdi (Avesto), Baqtrish (qadimgi fors), Baqtriya (yunon-rim) nomlari bilan keltirilgan qadimiy o'lkada, uning hududi so'nggi bronza davrida Surxon vohasi va Shimoliy Afgoniston doirasida chegaralangan. Bu o'lkada ilk otroq dehqonchilik madaniyati so'nggi bronza davrida qaror topadi. Dastlabki topib aniqlangan yodgorliklarga nisbatan Shimoliy Baqtriyada - Sopolli, Janubiy Baqtriyada esa - Dashli madaniyati nomlari bilan yuritiladi.
Sopolli madaniyatiga oid dastlabki otroq dehqon jamoasi qishloqi Kohitangtogning janubi-garbiy etaklarida (hozirgi Muzrobod cho'li) Ulanbuloq-soyning so'l yoqasida joylashgan shu nomdagi yodgorlik o'rnida shakllanib, taraqqiyotining so'nggi bosqichlariga qadar Surxon vohasining Sharqiga tomon yoyilib boradi. Mazkur madaniyatga oid arxeologik yodgorliklari A.A.Asharov, B.Abdullayev, T.Sh.Shirinov, Sh.B.Shaydullayev, N.A.Avanesova kabi mutaxas-sislar tomonidan o'rganilgan va hozirda ham davom ettirilmoqda. Shimoliy Baqtriyaning so'nggi bronza davriga oid o'rganilgan arxeologik yodgorliklar va ulardan aniqlangan ashyoviy manbalarga asosan Sopolli madaniyati shartli ravishda Sopolli, Jarqoton, Ko'zali, Molali, Bo'ston kabi bosqichlarga ajratilgan.
Sopolli bosqichiga oid Ulanbuloqsoy mikrovohasidagi shu nomdagi yodgorlik yaxshi o'rganilgan. 4 ga. maydoni egallagan manzilgohning madaniy qatlami 2,5 metrgacha boradi. Qazish jarayonida 3 ta qurilish davri aniqlangan. Manzilgoh labirint shaklidagi uch qator mudofaa devori bilan o'rab olingan. Manzilgoh ichkarisida janubiy tomondan kiriladigan birgina darvozadan boshlanadigan magistral ko'chaga tutashgan kichik ko'chalar bilan ajratilgan 8 ta mahalla joylashgan. Ularda aholi uy-joy, xojalik imoratlari mudofaa devorlariga to'tashtirib qurilgan. Manzilgoh o'rtasida ochiq joy mavjud. Manzilgohning uch qurilish davri davomida imoratlarni qayta va qoshimcha qurish davomida ochiq maydon biroz qisqaradi.
Har bir mahalladan manzilgohning barcha bosqichlariga oid kulolchilik xumdonlarining o'rni ochib aniqlangan. Ular er osti, ikki kamerali va ikki yarusli xumdonlardan iborat. Mayitlar manzilgoh ichkarisida uylarning poli tagida joylashgan. Murdalar yonbosh, erkaklar chap tomonga, ayollar esa o'ng tomonga qaratib jinsiga harab tegishla kuzatuv buyumlari bilan dafn qilingan. Sopollitepadan jami 138 qabr ochib, 125 tasi yakka, 13 tasi juft jami 157 ta marqum mayiti joylashgan. Shuningdek, hayvonlar dafn qilingan qabrlar va kenotaflar ham mavjud.
Sopol idishlari qisman qolda va asosiy qismi kulolchilik charxida yasalgan. qolda ovqat pishirishga mo'ljallangan yirik va qalin idishlar yasalgan. Ularning loyiga xashak qoshilgan. Kulolchilik charxida yasalgan idishlarning sirtiga angob berilgan va yaxshi pishirilgan. Bundan tashqari bronzada va toshlar yasalgan sopol idishlari sopollarnikiga o'hshatib ishlangan. Bronza buyumlari xanjar, kamon oqlari, pichoq, bolta, tesha va boshqalarning ko'plab uchrashi “bronza metallurgiyasi” alohida hunarmandchilik turi sifatida rivojlanganligidan dalolat beradi. Toshdan ishlangan urchuqboshlar, kamon oqlarining uchlari yasalgan. Bronzadan oyna, bigiz pardoz-andoz buyumlari, xususan, surmadanlar yasalgan. Yodgorlikdagi ikkita qabrdan metaldan ishlangan narvon nusxasi kishilarning kosmogonik qarashlari bilan bogliq hodisa ekanligidan dalolat beradi. Muhrlar loy, tosh va bronzadan yasalgan
Do'stlaringiz bilan baham: |