1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant



Download 239,94 Kb.
bet36/71
Sana28.06.2022
Hajmi239,94 Kb.
#715295
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
1-58 arxeologiya

2.Teshiktosh makoni?- ‘rta paleolit davri makonlari orasida Teshiktosh g‘or-makoni nafaqat O‘rta Osiyoda, balki, dunyoga mashhur yodgorliklardan biridir. G‘or-makon Boysun tog‘ining janubiy yonbag‘rida dengiz sathidan 1500 m. balandlikda joylashgan. G‘or-makonda qalinligi 1,5 m. dan iborat beshta madaniy qatlam aniqlangan..Makondan 2859 dona chaqmoqtoshli ohaktosh va qisman yashmasimon chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar topilgan. Ulardan 2520 donasi tosh qurollarni yasash jarayonida hosil bo‘lgan uchrindi va 339 donasi kundalik hayotda ishlatilgan tosh qurollari bo‘lib, ular nukleus, yirik to‘g‘nagich, qirg‘ich va sanchqilardan iborat.
Teshiktosh g‘oridan topilgan hayvon suyaklarining ko‘proq qismi kiyik- tog‘ echkisi qisman bug‘u, ot, ayiq, giena, leopard, quyon, kemiruvchilar va qushlarga tegishli. Teshiktoshliklar ko‘proq kiyik, keyingi o‘rinda boshqa hayvonlarni ov qilgan. Termachilik yordamchi xo‘jalik turini tashkil etib, mavsumiy xususiyatiga ega bo‘lgan.
G‘or-makonining yuqori madaniy qatlamidan ibtidoiy odamning bosh chanoq suyagining maydalangan bo‘laklari topilgan. Suyaklar maxsus chuqurga dafn qilinib, atrofiga tog‘ echkisining bir juft shoxi terib qo‘yilgan. Antropolog olim M.M.Gerasimov mayda bo‘laklardan iborat suyaklarni qayta tiklab, o‘rta paleolitning ilk bosqichida yashagan 8-9 yoshdagi neandertal bolasiga tegishli ekanligini aniqlagan.
Zarafshon vohasida o‘rta paleolit davriga oid Omonqo‘ton g‘or-makoni, Go‘rdara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Olmabuloq va Xo‘jamazgil kabi ochiq joy makonlari joylashgan. Bu makonlar o‘rta paleolit davrining barcha bosqichlari tarixidan darak beradi.
3.Hisor madaniyati?- madaniyati (mil.avv. V ming yillikning oxiri – III/II ming yillik) Tojikiston va O‘zbekiston respublikalarining janubiy tog‘li hududida tarqalgan neolit davri madaniyati. Tojikistonning g‘arbiy tog‘ oldi hududidan Hisor madaniyatiga oid 100 dan ortiq neolit davri makonlari aniqlagan. Ular doimiy, qisqa mudatli va mavsumiy makonlardan iborat. Hisor madaniyati aholisining doimiy yashaydigan makonlari Kofirnahar va Vaxsh vohasi hamda ularning irmoqlari atrofida joylashgan. Tog‘ oldi hududida qisqa muddatli va mavsumiy makonlar aniqlanib, ular aholining ov mavsumida vaqtincha yashagan kulbasi hisoblanadi.
Hisor madaniyati Norak shahri yaqinida Tutqovul, Dang‘ara atrofidagi Quyi Bulyon va shimoli-g‘arbiy Tojikiston hududidagi Oqtangi makonlarida yaxshi o‘rganilgan.
Bu madaniyatga oid mehnat qurollari asosan qayroqtosh va qisman chaqmoqtoshdan yasalgan. Ulari chopper, yirik uchrindi va qo‘pol ishlanmali plastinkasimon anjomlardan iborat. So‘nggi bosqichda tosh qurolining turi ko‘payib, ularga ishlov berish usuli yanada takomillashadi. Hisor madaniyatiga oid makonlardan ikki tomoni urib ishlangan kamon o‘qining uchi, silliqlangan bolta, kelisop, havvonchalar topilgan.
Hisorliklarning xo‘jaligi dastlab ovchilik va termachilik bo‘lgan. Neolit davrining oxirida xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli-chorvachilik va dehqonchilikka o‘tgan. Sopol buyumlari mato qolipda, tagi tuxumsimon shaklda yasalgan, sirti silliqlangan. Ayrim sopollarning ichki tomonida mato izlari saqlanib qolgan. Matolar junidan to‘qilgan.
Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid Tutqovul makonidan xonaki hayvonlarining suyagi topib o‘rganilgan. Quyi Bulyon, Kangurttut makonlarida esa o‘troq dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan aholining yer ustida barpo etilgan uylari va moddiy ashyolar aniqlangan. Bu yerlar Sopolli madaniyatiga oid o‘troq dehqon jamoasining hududining kengayib borishi natijasida o‘zlashtirilgan.
Demak, neolit davrida Tojikistonning janubi-g‘arbiy qismi va Janubiy O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududida tarqalgan Hisor madaniyati sohiblari dastlab ovchilik va termachilik orqali hayot kechirib, so‘nggi bosqichida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tgan. Bu bosqichda tosh qurolining turi ko‘payib, ularning yasalish usuli takomillashgan. Hisorliklar kulolchilik, to‘qimachilik va toshga ishlov berish kabi sodda hunarmadchilik turlarini yuritgan.
Neolit davrida O‘rta Osiyoning turli tabiiy-geografik sharoitga ega bo‘lgan mahalliy hududida turli madaniyatlar faoliyat yuritgan. Ular xo‘jalik shakllari va moddiy madaniyat xususiyatiga ko‘ra umumiy hamda o‘ziga xos jihati bilan ajralib turgan.

Download 239,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish