1 kurs talabalar uchun o’quv darslik (mа’ruzа mаtnlаri) Mualif: Musayeva O


Сет oynasidan qaytgandan so‘ng o‘rnatilgan parametrlarni Koнфигурация



Download 27,16 Mb.
bet181/232
Sana08.08.2021
Hajmi27,16 Mb.
#142204
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232
Bog'liq
Informatika MIG-1 maruza matnlari

Сет oynasidan qaytgandan so‘ng o‘rnatilgan parametrlarni Koнфигурация bo‘limida ko‘rish mumkin.

  • Ish so‘nggida kompyuter nomi, tarmoqdagi identifikatsiyasi aniqlash uchun Сет oynasidan Идентификация bo‘limiga kiring.


    3. Tarmoq ta’rifi.

    Oxirgi vaqtlarda turli xildagi axoborot almashish vositalari va usullari taklif qilingan. “Lokal tamoq” yoki “Lokal hisoblash tamog‘i” (LAN, Local Area Network) tushunchasi yaqin masofada joylashgan kompyuterlarni bir biriga tarmoq orqali bog‘lash mazmunini anglatadi.

    Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuter, kommunikatsiya, periferiya qurilmalarning birgalikda foydalanilishidir.

    Lokal tormoq yaratishdan maqsad – tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslaridan unumli, tejamli foydalanishdir.

    Lokal kompyuter tarmog‘i nisbiy tushuncha bo‘lib, uni bir xona, bino, tashkilot yoki bir qancha filiallarni o‘z ichiga oluvchi tashkilot doirasida kompyuterlar tarmoqlaridan tashkil qilish mumkin. Shuning uchun xam ba’zan 500 metrgacha bo‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar lokal kompyuterlar tarmog‘i deb ataladi. Boshqa tomondan olib qaraganda, global tarmoq (WAN, Wide Area Network ili GAN, Global Area Network) orqali ham yaqin masofadagi kompyuterlarni ulash mumkin, lekin bunday tarmoqni lokal tarmoq deyilmaydi.

    Ko‘p adabiyotlarda lokal tarmoqni kichik tarmoq deb ham yozishadi. Haqiqatdan ham lokal tarmoqda 2 tadan to bir necha o‘nlab kompyuterlar birlashtiriladi. Lekin, lokal tarmoqda minglab kompyuterlarni ham birlashtirish mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deyish mumkin emas. Ba’zan uzoqroq masofada, masalan o‘nlab kilometr masofada joylashgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Yaqin masofada joylashgan kompyuterlar maxsus simlar (RS232-C, Centronics) yoki simsiz infraqizil kanallar (IrDA) bilan birlashtiriladi.

    Ba’zi avtorlar lokal tarmoqni “bir-nechta kompyuterlarni bevosita bog‘lash tizimi” deb ham yozishadi. Bunday holda kompyuterdan kompyuterga uzatiladigan ma’lumotlar oqimi xech qanday bog‘lovchi qurilmalarsiz, yagona uzatish muxitisiz uzatiladi deb tushuntiriladi. Bu ta’rif ba’zi bir jixatdan noto‘g‘ri. Chunki tarmoqda turli tipdagi elektr kabellari (vitaya para, koaksil kabeli), shuningdek, opttik tolali kabellar ishlatiladi. Shuningdek, zamonaviy lokal tarmoqlarda repitorlar, transiverlar, konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar, ko‘prik (most)lar ishlatiladi.

    Lokal tarmoqlardagi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu tarmoqdagi ma’lumotlar almashish tezligi hisoblanadi. Tarmoqdagi malumotlar almashish tezligi ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning tezligi bilan bog‘liq. Bundan 10 yillar oldin ma’lumot almashish tezligi 10 Mbit/s yaxshi tezlik hisoblanar edi, xozirgi kunda o‘rtacha ma’lumot almashish tezligi 100 Mbit/s dan iborat. Ayrim joylarda 1000 Mbit/s va undan yuqori tezlikda ishlaydigan tarmoqlar mavjud.

    Lokal tarmoqlardagi yana bir ko‘rsatkich ichki va tashqi faktorlar orqali ta’siri natijasidagi axborot uzatishda ta’sir etuvchi uzatish xatoligi darajasining kichikligi hisoblanadi. Chunki juda katta tezlikda xatoliklar bilan uzatilgan axborotni yana qayta uzatishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun aloqa kanallarining sifati, aloqani buzuvchi turli to‘sik va signallardan himoyalangan bo‘lishi muxim rol o‘ynaydi.

    Lokal tarmoqlarining katta nagruzkada ishlash xarakteristikasi, ya’ni yuqori darajali axborot almashish intensivligi (boshqacha aytganda katta trafikda) ham muxim axamiyat kasb etadi. Xaqiqatdan ham axborot almashish mexanizmi effektiv ishlamasa, kompyuterlar ma’lumotlarni uzatish uchun ko‘p vaqt sarflashi, ya’ni navbat kutib qolish holati yuz beradi. Shuning uchun tarmoqdagi kompyuterlar (abonentlar, uzellar) sonining avvaldan ma’lum bo‘lishi axborot almashish mexanizmi kafolatli ishlashini ta’minlaydi.

    Shunday qilib, lokal tarmoqlarning quyidagi belgilarini ajratish mumkin:


    • Yuqori tezlikda axborot uzatishi. Xozirgi vaqtda axborot uzatish tezligi 10 Mbit/s dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.

    • Axborot uzatish xatoligi darajasining kamligi. Qabul qilingan axborot uzatish xatoligining extimoli taxminan 10-8 – 10-12 ga teng bo‘lishi talab qilinadi.

    • Tarmoqdagi axborot almashish mexanizminig effektiv va tezkor bo‘lishi.

    • Tarmoqqa ulanishi zarur bo‘lgan kompyuterlar sonining avvaldan aniq va chegaralangan bo‘lishi.

    Yuqoridagi ta’rifdan global tarmoq lokal tarmoqdan abonentlari chegaralanmagan sonda bo‘lishi bilan farq qiladi. Ulardagi axborot almashish kanallarining o‘ta sifatli bo‘lishi, nisbatan yuqori tezlikdagi axborot uzatishkanallariga ega bo‘lishi va axborot almashish mexanizmining kafolatli bo‘lishi unchalik axamiyatli emas. Global tarmoqlarda aloqa sifti emas, balki tarmoq mavjudligi muxim rol o‘ynaydi.

    Ayrim vaqtlarda yana bir ko‘rinishdagi, ya’ni shahar, regional tarmoq kompyuter tarmoqlarini (MAN, Metropolitan Area Network) ham tarmoq sifatida ajratiladi. Lekin bunday tarmoqlarda ham lokal tarmoq xususiyatlari saqlangan bo‘lib, ularni ham lokal tarmoq sinfiga biriktiriladi.

    Xozirgi vaqtda lokal va global tarmoqlarga ajratishning aniq chegarasi yo‘q. Chunki ko‘pchilik lokal tarmoqlar global tarmoqlarga ulangan. Shunday bo‘lsada, lokal tarmoq ichidagi axborot uzatish xarakteri, axborot almashishni tashkil qilish prinsiplari, tarmoq ichidagi resurslarga kirish rejimi global tarmoqdagidan tubdan farq qiladi.

    Lokal tarmoq orqali turli ko‘rinishdagi berilganlar, tasvirlar, telefon so‘zlashuvlari, elektron xatlar va boshqa raqamli axborotlar uzatiladi. Shuni aytish kerakki, tasvirlarni, ayniqsa tasvir ko‘rinishdagi dinamik ob’ektlarni uzatish tarmoqning juda tez ishlash imkonini talab qiladi. Lokal tarmoqlardan kompyuter resurslaridan unumli foydalanish uchun foydalaniladi. Masalan, tarmoqqa birlashtirilgan diskladan, printerlardan, global tarmoqqa chiqish uchun foydalaniladi. Shuning uchun faqatgina kompyuterlanigina emas, balki printerlar, plotterlar, skanelar va boshqa qurilmaldar ham tarmoq abonentlari (uzellari) bo‘lib hisoblanadi. Lokal tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlardan parallel hisoblash tizimi sifatida foydalanish imkoni ham berilgan. Bunday holda murakkab matematik masalalarni yechish vaqti tezlashadi.

    Shunday bo‘lishiga qaramasdan lokal tamoq o‘zining kamchiliklaridan holi emas:


    • Lokal tarmoqda tarmoq jixozlari, dasturiy taminoti, birlashtiruvchi kabellar va foydalanuvchilarni o‘qitish uchun ko‘shimcha mablag‘ sarflanadi.

    • Tarmoq ishini nazorat qilish, uning dasturiy ta’minotini yangilab turish, resurslardan foydalanishni boshqarish, axbortni ximoyalash, axborot zahira nusxalarini saqlash maqsadida mutaxassisni (tarmoq administratori) ishga qabul qilishni talab qiladi.

    • Tarmoq tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlarni bir joydan boshqa joyga jildirish imkonini chegaralaydi. Buning uchun kompyuterlani birlashtiruvchi qo‘shimcha kabel zaruratini keltirib chiqaradi.

    • Tarmoq kompyuter viruslarini keng tarqalishiga imkon beradi.

    • Tarmoq tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlardagi axborotlarga ruxsatsiz kirish, o‘g‘irlash, o‘chirish xavfini orttiradi.

    Tarmoq nazariyasida abonent, server, Клиент so‘zlari ko‘p uchraydi.

    Aбонент (uzel, xost, stansiya) – tarmoqqa ulangan va axborot almashishda faol ishtirok etuvchi kurilmadir. Abonent sifatida kompyuter, tarmoq printeri yoki boshqa tarmoqqa ulangan periferik qurilmalarni misol keltirish mumkin.

    Сервер deb o‘zining resurslarini boshqa abonentlarga beruvchi lekin ularning resurslaridan foydalanmaydigan abonentga aytiladi. Shunday qilib, u tarmoqqa xizmat qiladi. Tarmoqda bin nechta server bo‘lishi mumkin bo‘lib, uning albatta kompyuterlar ichida eng kuvvatli bo‘lishi shart emas. Ajratilgan (dedicated vыdelennыy) server tarmoq masalalari bilan shug‘ullanuvchi server hisoblanadi. Ajratilmagan (nevыdelennыy) server tarmoqqa xizmat kщrsatishdan boshqa masalalarni xam xal qiladi.

    Клиент deb tarmoq resurslaridan foydalanuvchi, lekin o‘zining resurslarini tarmoqqa bermaydigan tarmoq abonentiga aytiladi. Kompyuter-Клиентni ishchi stansiya deb ham aytiladi. Prinsipial jixatda har bir kompyuter bir vaqtning o‘zida ham Клиент, ham server bo‘lishi mumkin. Server yoki Клиент sifatida faqatgina kompyuterlar emas balki ularda mavjud bo‘lgan dasturiy ilovalarga ham qaraladi.


    Download 27,16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish