1 kurs talabalar uchun o’quv darslik (mа’ruzа mаtnlаri) Mualif: Musayeva O



Download 27,16 Mb.
bet9/232
Sana08.08.2021
Hajmi27,16 Mb.
#142204
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   232
Bog'liq
Informatika MIG-1 maruza matnlari

Tаyanch tushunchаlаr:

Infоrmаtikа, infоrmаtsiоn tехnоlоgiyalаr, tехnоlоgiya, infоrmаtsiоn tехnоlоgiya.



2-mаvzu. Ахbоrоt tushunchаsi.

Rеjа:


  1. Axborot va ma’lumotlarning tasnifi va xususiyatlari.

  2. Axborot.

  3. Ахbоrоtning EHM dа kоdlаnishi.

  4. Ахbоrоt birliklаri.



1. Axborot va ma’lumotlarning tasnifi va xususiyatlari.

Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi - axborotdir.

Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘grisidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayriboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni o‘ziga mujassamlashtirgan umummilliy tushunchadir.

Informatika fani axborotga bizning atrof-muhit hodisalari yoki ob’ektlari to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, o‘zaro konseptual bog‘іliq ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar, negizlar tushunchalar sifatida qaraydi.

Informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi hxam keng qo‘llaniladi.

Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa tug‘іrisidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tuіg‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalanadigan ma’lumotlar, deb atasa hxam bo‘ladi.

Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami to‘g‘grisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat to‘ri yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.

Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhxim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muasasalari faoliyati bilan to‘g‘іridan-to‘g‘ri boіliqdir.

Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta ishlash sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi, ya’ni:

B i r i n ch i i n q i l o b yozuvni kashf etish bilan borliq, bu ulkan sifat va miqdor jihatdan sakrash bo‘ldi. Bilimlarni ajdodlardan avlodlarga yetkazish imkoni paydo bo‘ldi.

I k k i n ch i i n q i l o b (XVI asr o‘rtalari) sanoat jamiyati, madaniyat va ish faoliyatini tashkil etishda keskin o‘zgarish yasagan kitob nashr etishning kashf qilinishi bo‘ldi.

U ch i n ch i i n q i l o b (XIX asr oxiri) elektr quvvatining kashf etilishi bilan bog‘іliq bo‘lib, u tufayli telegraf, telefon, radio yuzaga keldi. Bular axborotni istalgan hajmda uzatish va jamlashga imkon yaratdi.

T o‘ r t i n ch i i n q i l o b (XX asr 70-yillari) mikro-protsessor texnologiyasi kashf etilishi va shaxsiy kompyuter paydo bo‘lishi bilan boіliq. Mikroprotsessorlar va integral chizmalarda kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi.

Axborotni turli belgilarga karab tasniflash mumkin:



1. Olish usuli bo‘yicha axborot quyidagi natijaga ko‘ra ajratiladi:

a) tadqiqotni olib borish chog‘gida bevosita so‘rov o‘tkazish orqali;

b) davriy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish;

v) ma’lumotlarni telefaks yoki tayyorlangan magnitli tashuvchilar vositasida uzatish.



  1. Qayta ishlash usuliga ko‘ra, ma’lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo‘linadi. Jumladan boshlanіich axborot odatda muhitda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi axborot o‘z asosiga ko‘ra birlamchi ma’lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir.

3. Tadqiqot ob’ekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi makromuhxit ta’sirini Hisobga olgan Holda ma’lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha asoslangan yo‘nalishni tanlash maqsadida bozor ehxtiyoji va talablarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.

4. Funksional vazifasiga ko‘ra axborotni quyidagicha klassifikatsiyalarga ajratish mumkin:

a) yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va iqtisodiy ahxvoli qanday bo‘lishini ochib beruvchi axborot;

b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar hxolatini ifodalovchi axborot va hokazolar.

5. Vazifasiga ko‘ra, axborot ma’lumotnoma, tavsiyanoma, me’yoriy, va signalli turlariga bo‘linadi.

Ma’lumotnoma axborot ko‘prok tanishtiruvchi xususiyatiga ega, ob’ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma’lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo‘ladi.

Xorijiy ma’lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan-yilga uzluksiz ko‘payib bormoqda.

Tavsiyanoma axborot o‘z navbatida bosma nashrlarda e’lon qilingan va tijorat ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o‘tkazish natijalariga ko‘ra shakllanadi.

Meyoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi.

6.Taqdim etish usuliga ko‘ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo‘linadi. Matn axboroti eng ko‘p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hxozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko‘rinishida maxsus dasturiy vositalar qo‘llanilmoqda.

7. Axborot o‘zining barqarorligiga ko‘ra o‘zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob’ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning doimiy o‘lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmas bo‘lib qoladi.




Download 27,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish