5-mavzu. MARKAZIY OSIYODA MO‘G‘UL ISTILOSI VA NOMADIZM
Reja
Mog’ullar istilosi arafasida Markaziy Osiyo.
Markaziy Osiyoga mo’g’ullarning istilochilik yurishlari.
Dashti Qipchoqda mo’g’ullarning Oltin O’rda davlatini tashkil etishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Mo’g’ullar istilosi, turkiy qavmlar, Chingizxon, Jo’ji ulusi, Oltin O’rda, Oq O’rda, Ko’k O’rda.
Mog’ullar istilosi arafasida Markaziy Osiyo. XIII asr boshlarida Osiyoning ichkarisida bir harakat boshlanib, insoniyatning ko’pchilik qismi taqdirida juda katta rol o’ynadi. Tarixiy adabiyotda bu harakat mo’g’ullar yoki tatarlar bosqinchiligi nomi bilan mashhurdir.
Bu harakat harakat Yevropaning janubiy sharqiy qismini ham o’z ichiga olgan bo’lib bu yerda tatarlar XIII asrning 30 – yillaridayoq Butun dashti qipchoqning tanho egasi bo’lib oldi.
Dashti Qipchoqda ular juda katta va kuchli bir davlatga asos soldilar, bu davlat sharq adabiyotida Jo’ji Ulusi yoki Ko’k Urug’, rus adabiyotida esa Oltin O’rda deb atalgandir.
Tatar mo’g’ullar rus tarixida vujudga kelayotgan va rivojlanayotgan rus feodal jamiyatida bir yarim asrdan ortiqroq vaqt juda katta rol o’ynadi.
XIII asr boshlarida Qirg‘iz xonligi chingizxon qo‘shini tomoni-dan tor-mor qilindi. 1207 yilda Oltoy hududi Chingizxonning katta o‘gli Jo‘chi ulusi tarkibiga kirgan, keyinchalik Oltin O‘rda deb nom-langan katta davlat tarkibiga kirgan. Shu davrda Oltoydan sharqda g‘arbiy mo‘g‘il - oyrat qabilalari kuchaya borgan. 1635 yilda oyrat qabilalari Jung‘or xonligi deb nomlangan yagona davlatga birlashish-gan. Oyratlar va Jung‘or xonlari Oltoy xalqlaridan soliq olishgan. Bu davrda Oltoy aholisi Janubiy va Shimoliy oltoyliklarga bo‘lingan. Janubiy oltoyliklar Markaziy Osiyo mongoloid va Janubiy Sibir tipiga mansub bo‘lishgan. (tuvaliklar, buryatlar, mo‘g‘illar ) Shimoliy oltoy-liklar Ural tipiga mansub bo‘lib, turkiy, samadiy, ket va ugor qabila-larini o‘z ichiga olgan.
XIX asrda mo’g’ullar tarixiga bag’ishlangan juda ko’p kitob va maqolalar chiqqan: brok, orientamitlarning (sharqshunoslarning) shu mavzudagi asarlarning juda yaxshi tomonlari bor bo’lishiga qaramas-dan, Mo’g’ulistonning o’zidagi, shuningdek yangidan vujudga kelgan mo’g’ul davlatlaridagi, O’rta Osiyodagi (Haloku dav) va Yevropaning janubiy sharqidagi (Oltin o’rda), mo’g’ul jamiyatining o’zi (ya’ni uning ichki strukturasi – so’nggi vaqtlargacha kam o’rganilganicha qolib keldi)48.
Marhum akademik B.Y. Vladimirsovning 1943 yilda bosilib chiqqan bu kitobi katta kamchiliklarni to’ldiradi, mo’g’ullarning ichki tarixiga doir masalalarga qiziquvchi barcha kishilar bu kitobda mohirlik bilan bayon qilingan juda ko’p asl materillar topadilar. Bu kitob mo’g’ullarning ijtimoiy tizimi deb atalib, Mo’g’ullarning ko’chmanchi feodalizmi degan kichik sarlovhasi bor. Garchi marhum olim fikrlarining hammasiga qo’shilib bo’lmasada, (masalan avtorning ba’zi fikrlarini marksistik fikr deb bo’lmaydi).
B.Y. Vladimirsovning eng muhim joy shundaki, nihoyat unda aristokratik yuqori tabaqa Chingizxon boshchiligi ostida o’sha vaqtdagi madaniyat kishilik dunyosining yarmidan ko’p qismini istilo qilib, o’z hokimiyatiga bo’ysundira olgan mo’g’ul jamiyati qanday jamiyat edi, degan savolga qatiiy ilmiy javob berilgan.
Sirdaryoning quyi oqimi va Balkash ko’lidan to Denepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atalgan.
Bu atamani dastlab Nosiri Xusrav (1003-1088) qo’llagan. Shun-dan boshlab, dashti qipchoq atamasi arab va fors tillardagi asarlarda uchraydi.
V.V. Bartoldning so’zlariga qaraganda, Dashti Qipchoq aholisi rus solnomalarida poloveslar, (Vizantiya xromikalarida kumanlar) 1030 yil Xorazmga qo’shni bo’lgan.
Dashti Qipchoqning bir qismini XIII asrning 20 yillarida Jaba Nuyon va Subutay bahodir boshchiligida kelgan mo’g’ul qo’shinlari bosib oldi.
1236 yil Dashti Qipchoqni Chingizxonning nabirasi Botuxon egalladi va o’sha ulkan mamlakatda tarixda Jo’ji ulusi nomi bilan mashhur bo’lgan Oltin O’rda davlati tashkil topdi.
XIV asrning boshlarida Jo’ji ulusi ikki qismga bo’linib ketdi. Uning sharqiy qismida Oq O’rda davlati tashkil topdi.
XIV asrning boshlaridan Dashti Qipchoqning sharqiy qismi “O’zbeklar mamalakati ” aholisi esa o’zbeklar deb atala boshlagan.
XV asrning 20 yillaridan boshlab Sharqiy Dashti Qipchoqni asta sekin Abulxayrxon egalladi va u bu hududda ko’chmanchi o’zbeklar davlatiga asos soldi.
Abulxayrxon vafotidan keyin Sharqiy Dashti qipchoqda uning avlodi hukmronlik qildi. Dashti qipchoqning asosiy aholisi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi bo’lib, chorvachilik va ovchilik, daryo va ko’l yoqalarida istiqomat qiluvchi aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu; Saroy Berka O’rdu Bozor, Sig’noq Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan.
“Musaxxir al bilod ” asarida keltirilishicha Xoja Mahmudxon shahidligidan keyin Dashti Qipchoq podshohligi Turkiston-u Sig’noq chegarasidan tortib butunligicha uning qo’liga o’tdi.
Va ul hazratning o’n bir nafar adolat yoyguvchi farzandi bor edi. Birinchisi Shoh Budog’ Sulton; ikkinchisi Xoja muhammad Sulton; uchinchisi Ahmad Sulton; to’rtinchisi Muhammad Sulton; beshinchisi Shayx Xaydarxon; oltinchisi Sal’jar Sulton; yettinchisi Ibrohim Sulton; sakkizinchisi Kuchkmichixon; to’qqizinchisi Syovishxojaxon; o’ninchisi Oq Burun; o’n birinchisi Sayid Bobo Sulton.
Shulardan, farzandlarining eng kattasi bo’lmish Shoh Budog’ Sulton otasi hayot payti olamdan o’tdi.
Shoh Budog’dan ikki farzand qoldi. Birinchisi Muhammadxon Shayboniy; ikkinchisi Mahmud Sulton.
Shunday qilib, Abulxayrxon qirq yil Dashti Qipchoqda hukmronlik qildi.
XV asrning o’rtalarida ular Abulxayrxon davlatining sharqiy hududlariga (chegaralariga) yetib keldilar49.
Do'stlaringiz bilan baham: |