7-mavzu. SO‘NGGI O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODA NOMAD MADANIYATI
Reja:
XV-XVII asrlarda Markaziy Osiyoda nomad madaniyati.
XVIII asrda Markaziy Osiyoda nomad madaniyati
XIX asrda Markaziy Osiyoda nomad madaniyati.
Tayanch so‘z va iboralar: Rossiya imperiyasi, Dashti Qipchoq, Qozoq xonligi, Nog‘oy xzonligi, Sibir xonligi, Kazaklar, tatarlar, boshqirdlar.
XV-XVII asrlarda Markaziy Osiyoda nomad madaniyati. XV-XVII asrlarda Maraziy Osiyodagi ko‘chmanchi aholi uchun xos xususiyat, bu avvalgi davr madaniyatining hamma tomonlarini qamrab olganligi hisoblanadi. Shu bilan birga, ularda o‘ziga xos xo‘jalik xususiyatlari shakllana boshlaydi, moddiy va ma’naviy madaniyat rishtalari mustahkamlanadi. Markaziy Osiyo hududlarida ko‘chmanchilar uchun xos xususiyat, bu ularning ko‘chmanchi turmush tarzida, xususan ularning uy-joylarida, kiyimlarida,ularni o‘rab olgan tabiatni tushunishlarida, xalq og‘zaki ijodlarida va san’atimda o‘z aksini topgan.
So‘nggi o‘rta asrlar qozoqlarning uy-joylari asosan o‘tovlardan iborat bo‘lgan. O‘tovlar ham o‘ziga xos konstruksiya asosida gumbazsimon shaklda qurilgan. “O‘z uyim, o‘zimning machitim” degan naql, o‘zbeklarga o‘xshab “O‘z uyim, o‘lan to‘shagim” ma’nosiga to‘g‘ri keladi. O‘tovni qozoqlar juda qadrlashgan.O‘tovga janubiy-sharq tomondan kirilgan. O‘tovning o‘rtasida o‘choq qurilgan. Uning ichi ayollar, erkaklar va mehmonlar uchun alohida bo‘lmalarga bo‘lingan. O‘tovlar 9-12 ta yog‘ochlar to‘qimasidan qilingan reshetkadan iborat bo‘lgan.Tarixchi Ruzbexan yozishicha, o‘tovlar oq qarag‘aydan to‘qilib, juda mustahkam qurilgan. O‘tovning usti kiygiz va qo‘y terilari bilan yopiladi. Unda sultonlar va amldor qozoqlar yashaydi. Ularning har biriga 20 tadan ortiq odam siqqan.”
Qozog‘iston aholisi uchun XV-XVII asrlarda yarim o‘troq va o‘troq uylar qurish xos bo‘lgan. Qozog‘istonning janubida - Qoratov, Chuv vodiysi va Sarisuv, Ulug‘tov uchun
yer uy, shoshala, kora xillari keng tarqalgan.
XV-XVII asrlarda qozoqlar islom dinigsha e’tiqod qilishgan, ko‘chmanchilar esa avvalgiday Ko‘k Tangri ya’ni shomonlikla e’tiqod qilar edi. Fanda ma’lumki, qozoqlar uylarida turli xudolarni, totemlar va ajdodlarni anglatuvchi toshdan, yog‘ochdan, kiygizdan yasalgan tangrilari bo‘lganbligi ma’lum. Uy-joyni balo-qazolardan asrovchi Olov tangrisi katta rol o‘ynagan.
Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, XV-XVII asrlardaSaraychik shahri yaqinida Jonibek va Qosim sharafiga bunyod qilingan maqbara qurilgan. Qosimxon hukmronligi davrida Markaziy Qozog‘istondagi Ulutovda Alashaxon sharafiga maqbara qurilgan. Turkistondagi Ahmad Yassaviy machiti hovlisida Yesimxon Va Jahongir uchun maqbara qurilgan. Mang‘ishloq, Ulutov, Sirdaryoning quyi qismlarida arxitektura yodgorliklari qad ko‘taradi. Arxitektura yodgorliklarida qozoqlarning dekorativ san’ati namayon bo‘ladi. Ular o‘tovlarning ichni bezatishlari o‘ziga xos bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |