1-kurs Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi


XVIII asrda Markaziy Osiyoda nomad madaniyati



Download 0,68 Mb.
bet22/33
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#223497
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
Номад -2020 ЎУМ - Алимова Р

XVIII asrda Markaziy Osiyoda nomad madaniyati. XVIII asrda Markaziy Osiyo nomad madaniyatida uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Ularning barchasida o‘rta asr ko‘chmanchi turmush tarzi o‘z aksini topgan. Buni biz ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatda ko‘rishimiz mumkin.

Ko‘chmanchi turmush tarzi turar joylar, kiyim-bosh, osh-ovqat, xalq og‘zaki ijodida o‘zini namayon qildi. Tashqi madaniy ta’sirlar natijasida faqat ayrim detallardagina aks eta boshlagan. Masalan, Oltin O‘rda davrida ko‘chmanchilik o‘zining cho‘qqisiga yetgan, undadabdabalik, bahaybatlikni kuzatish mumkin – doma-povozki (Aravali-uylar). Sayyoh Rubrik, arava-ko‘chmanchi uylarni 22 ta buqa sudrab borayotganligini ko‘rgan. U qo‘shindan uzoq bo‘lmagan joyda 500 ta o‘tov-aravani ko‘rgan. Ular oltin, kumush va ipak ko‘ylaklar bilan to‘la ekanligini yozgan.

XVIII asr o‘rtalariga qadar Qozog‘iston ko‘chmanchilari umumiy nom “qozoq” nomi bilan ataldi. Ko‘chmanchilardan aloqalarini uzganlar etnoslar tarkibidan chiqib ketgan deyiladi. Masalan: Quramaning shakllanishi boshlandi, ular o‘zbeklar tarkibiga kirib ketdi. XVIII asr o‘rtalaridan boshlab boshqa xususiyatlar hg‘am kuzatila boshlanadi. M-n Ablayxon boshchiligida qishlov uylarini qurishga o‘tiladi. Rus hukumati qozoqlarni o‘zlariga tomon egib olish maqsadida xonlar va sultonlar, urug‘ boshliqlari – biylar va botirlar uchun doimiy uy-joylar qurib bera boshlashadi. Yekaterina II davrida chegara hududlarida qozoqlar uchun ko‘plab machitlar qurib bera boshlaydi.

XVIII asr oxirlarida chegara viloyatlaridan tez-tez hujumlarning bo‘lib turishi, qozoqlarning ahvolini yanada qashshoqlashtirdi, va ularni o‘troq hg‘ayotga o‘tishiga majbur qildi.

Qozoqlarning kiyim-boshlari turlicha bo‘lgan. Ular O‘rta Osiyo va Sharqiy Turkiston bozorlarida rangdor ipak matolar sotib olishgan. 50-yillardan boshlab Xitoy chegaralaridan shu kabim matolarni xarid qilishgan. Rossiya hududlaridan – Orenburgdan(1734 y.), Petropavlovss (1750 y.), Semipalatinsk (1760 y.) sukno sotib olishgan. Harbiy liniyalar va qo‘rg‘onlardagi tansiyalarda ko‘chmanchilar bilan savdo qilishgan.

XVIII asr Qozoqlar xo‘jaligida natural xo‘jalik ukladi ustunlik qilib, ular o‘zlari uchun ustki kiyim ishlab chiqarishgan. Qo‘y terisidan shubalar tikishgan. Hayon mo‘nalaridan kiyim tikishgan. Ayollar va erkaklar uchun guldor chopon – kashtalar bilan bezatilgan chopon udum bo‘lgan. Doimiy kiyish uchun ChAKMON udum hisoblangan. Qozoqlar kiyimida bir nechta komponentlarni ko‘rish mumkin. Erkak, ayl va bolalar kiyimlari yozlik va qishlikka moslashtirilgan, bayramlar va kundalik kiyish uchun, harbiy va boshqalarga mo‘ljallangan kiyimlardan iborat bo‘lgan. Asosiy bo‘lishi talab qilinadigan narsalar, tasmalar va kashtalar bilan bezatilgan belbog‘, ularga taqinchoqlar ham qadalgan. Ayollarning kumushdan bilakuzuklari, tillo uzuklari, sirg‘alari udum sanalgan. Qozoq jangchilari kumushdan qurollari bo‘lgan. Bu davrda qozoqlarda an’anaviy qurollardan tashqari harbiy qurollar ham paydo bo‘ladi.

XVIII asrda Buxar, Umbetay, Aktamberdi, Tatikara va boshqa jirchilarning qo‘shiqlar mashhur bo‘lgan.

Og‘ir tarixiy sharoit tufayli qozoq xonligining jung‘or bosqinchilariga qarshi kurashgan Tole, Kazibek, Aytek kabi buyuk namoyondalari o‘tgan. Ular qozoqlarning ijtimoiy hayotiida muhim rol o‘ynagan. Masalan, 1726-1729 yillarda O‘rdabasda bo‘lgan umumqozoq s’ezdini misol keltirish mumkin. Qurultoyda Abulxayr, Abulmambet, Sameke, Kushik, Jolbars kabi xonlar, Tolebiy Alibekkul, Kazdausti Kazibekbimy, Aytekebiy kabi urug‘ boshliqlari va boshqa sarkardalar va botirlar qatnashgan. Qurultoyning asosiy maqsadi hamma qozoq urug‘larini jung‘or bosqinchilariga qarshi ittifoqqa chaqirish uchun yig‘ilgan edi.

Yuqorida nomlari tilga olingan biylar Tauke xon davrida “Jeti Jarg‘” majlisiga kiritilgan. Chunki ular barcha juzlarning manfaatlarini himoya qilgan, ular “O‘rda biy” deb nomlangan. Har bir urug‘da o‘zlarining vakillari-biylari bo‘lgan, ular oqsoqollarning ishonchli vakillari hisoblangan.

XVIII asrda xuddi avvalgiday, katta yig‘inlar va kengashlar oliy hukmdorlar qarorgohlarida o‘tkazilgan. Biylar katta mavqega ega bo‘lishgan.

Tole-biy (1663-1756) Alibekuli – Qozoq xonligining buyuk namoyondasi, notiq, Katta Juzning bosh sudbyasi, AzTaukexon davrida “Jeti jarg‘a” qonunlar to‘plamining mualliflaridan biri hisoblangan.

Az Taukexonning vafotidan so‘ng qozoq xonligi alohida hududlarga bo‘linib keta boshlagan. Shundan so‘ng, urushlardan keyin Turkiston shaharlarining sanoati va savdosi juda ham upadok -pasayib ketgan. Shimoliy-sharqda Rossiya imperiyasining aralashuvi kuchayadi. Tolebiyqozoq xalqining prorus boshqaruv elitasining tarafdori edi. Boshqalardan farqli o‘laroq u rus podshosi vassalligiga o‘tishga shoshilmadi.. U Ablayxon bilan tashqi siyosati qonunlarini ishlb chiqadi. Tolebi Toshkentda vafot etgan va qabri Toshkentda qolgan.

Kazibekbiy Kazdausti (1666-1763) Kekldibekuli – Qozoq xonligining buyuk davlat namoyondasi, diplomati, katta Juzning bosh sudyasi, To‘lebiy va Aytekebiy bilan “Jeti jarg‘a” ishida qatnashgan.

Kazibek Keldibekulq o‘z faoliyatini 18 yoshida boshlagan. U 18 yoshida Qozoq xonligining Jung‘or xoni Goldanga jo‘natgan elchiligi tarkibida qatnashgan. Uning xizmatlari evaziga jung‘orlar bilan muzokoralar muvaffaqfiyat qozongan va do‘stona yakunlangan. U bir nech marta elchi bo‘lib Jung‘or xonligiga borgan. 1742 y. Malaysari vava boshqa 90 ta biylar bilan Jung‘or xonligiga borgan va Ablayni ozod qildgan. Kazibekbiy Qozoq va Jung‘or davlati o‘rtasida uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnomani tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Kazibekbiy 40-60 yillarda Qozoq xonligining tashqi aloqalarini boshqargan. Bu vaqvtda Rossiya va Xitoy bilan munosabatlar masalasi keskin turgan edi. Uning xizmatlari evaziga Xitoy va Rossiya hukumati Ablayxon bilan muzokoralar olib borishga majbur bo‘lgan. Ablayxon unda neytral pozisiyani egallab turgan.




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish