Test savollari
1. Kredit siyosati natijasida kreditning arzonlashuvi nimalarga olib keladi?
a) Takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga
b) Iqtisodiyotni izdan chiqishiga
c) Byudjet daromadlarini kamayishiga
d) Ishsizlikni ortisniga
2. Moliya tizimining sohalarini ko‘rsating
a) Davlat moliyasi va mahalliy moliya, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi
b) Davlat byudjeti, davlat krediti
c) Tijorat va notijorat korxonalari moliyasi
d) Sug‘urta va tashkilotlar moliyasi
3. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo‘g‘nilarini ko‘rsating
a) Davlat byudjeti, maqsadli nobyudjet fondlar, davlat krediti
b) Davlat korxonalari moliyasi va mahalliy moliya,
c) Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi
d) Respublika va mahalliy byudjetlar
4. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi - bu ...
a) taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlash
b) Taqchillikni moliyalashtirishning qarzli va qarzsiz manbalari bo‘yicha guruhlash
c) taqchillikni moliyalashtirishning inflyatsion va noinflyatsion manbalari bo‘yicha guruhlash
d) taqchillikni moliyalashtirishning kredit va qarz manbalari bo‘yicha guruhlash
5. Davlat byudjeti taqchilligi nima?
a) Davlat byudjeti xarajatlarning daromadlardan oshib ketishi
b) Xarajatlar va daromadlarning balansliligi
c) Daromadlarning xarajatlardan oshib ketishi
d) Oby’ektiv holat bo‘lib, ahamiyatsizdir
6. YaIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash kimlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi?
a) Davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar
b) Rahbarlar va xodimlar
c) Korxona va aholi
d) Sug‘urta va bank tizimi
7. Davlat kreditining funksiyalarini ko‘rsating.
a) Taqsimlash, nazorat va tartibga solish
b) Tartibga solish, nazorat, tashkillashtirish
c) Nazorat, tashkillashtirish, rag‘batlantirish
d) Tashkillashtirish, rag‘batlantirish
8. Joylashtirilishiga qarab davlat qarzlari qanday turlarga bo‘linadi?
a) Davlatning ichki va tashqi qarzlari
b) Bozorli va bozorsiz qarzlar
c) Markaziy va hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar
d) Moliyaviy bozorlar
9. Moliyaviy vositachilarning asosiy vazifasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
a) moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash
b) banklardagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash
c) sug‘urta bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash
d) axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash
10. Bank birinchi bo‘lib qaysi davlatda paydo bo‘lgan?
a) Italiya
b) Fransiya
c) AQSH
d) Germaniya
11. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi tashkilotlar ………… deb ataladi.
a) universal banklar
b) tijorat banklar
c) investitsion banklar
d) pensiya fondlari
12. Olinayotgan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilinayotgan daromadlik stavkasiga ……… ……… deb ataladi.
a) foiz stavkasi
b) real stavka
c) nominal stavka
d) bank stavkasi
13. “CAC - 40” indeksi qaysi mamlakat fond bozorlarida foydalaniladi?
a) Fransiya
b) Yaponiya
c) Gollandiya
d) Germaniya
14. ………… – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.
a) Inflatsiya
b) Devalivatsiy;
c) Revalivatsiya
d) Bifilatsiya
15. Daromadi va’da qilingan daromad stavkasida beriladigan moliyaviy instrument ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
a) obligatsiya
b) aksiya
c) fyuchers
d) forvard
Do'stlaringiz bilan baham: |