13. Muammoni hal qilishning asosiy strategiyalari
1.Muammolar va qarorlar o‘rtasidagi munosabatlar.
2.Qaror qabul qilish va muammolarni hal qilishning birlashgan yagona modeli
3.Tizim muammolariga yondashish.
4.Muammoni hal qilish strategiyasining asosiy jihatlari.
2. Qaror qabul qilish va muammolarni hal qilishning birlashgan yagona modeli.
Boshqaruv qarorlari quyidagi alomatlari bo’yicha tasniflanadilar:
tovarning yashash davrasi bosqichlari bo’yicha;
menejment tizimining tizimchalari bo’yicha;
faoliyat sohalari bo’yicha;
ko’lamlilik bo’yicha;
ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha;
maqsadlarning turlari va miqdori bo’yicha;
harakatlarning davomiyligi bo’yicha (strategik, taktik, operativ);
vazifalarni bajarilishi bo’yicha;
ta’sir ko’rsatish ob’ektlari bo’yicha;
rasmiyligi bo’yicha (rasmiy va norasmiylar);
foydalanilgan axborotlar bo’yicha;
aks ettirish shakllari bo’yicha;
qarorlarni qabul qilish darajalari bo’yicha (yakka shaxs, bo’linma yoki tashkilot darajasida);
turkumlashtirilganlik darajasi bo’yicha ( kuchsiz turkumlashtirilgan –dasturlashtirilmagan va yuqori darajada turkumlashtirilgan –dasturlash -tirilgan);
mazmuni bo’yicha (ekologik, ijtimoiy, tashkiliy, ilmiy, texnik va h.k.);
ta’sir ko’rsatishning chuqurligi bo’yicha (bir bosqichli , ko’p bosqichli);
qarorning yo’nalishi bo’yicha (tashkilot ichida yoki uning tashqarisi -da);
qaror qabul qiladigan shaxs bo’yicha (yakka shaxsli yoki guruhli);
majburiylik darajasi bo’yicha (qat’iy xarakterga ega, tavsiya xarak -teiga ega);
ierarxiyaning qarorlarni shakllantirishda ishga tushiriladigan bosqichlarning soni bo’yicha;
ratsionalligi bo’yicha ratsionallilar (oqilona asoslanganlar, maq -sadga muvofiqlar) va ratsional bo’lmaganlar.
Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish – bu “markaz”bo’lib, tash- kilotning faoliyati uni atrofida aylanadi. Qarorni boshqaruv mehnatini natijasi, uni qabul qilinishi va amalga oshirilishini esa –ushbu natijaga olib boruvchi jarayon sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Qarorlarni qabul qilinishi tashkilotning buguni va kelajagi o’rta- sidagi uzilishni qisqartiradi. Ushbu jarayon tashkilot faoliyatini reja- lashtirishning asosida yotadi, chunki reja- maqsadlarga erishish uchun re- surslarni joylashtirish bo’yicha qarorlar majmuasidir.
To’g’ri qarorlar qabul qilish uchun bilimlar va tajriba talab qilinadi. Bunda yana fahm-farosat ham katta rol o’ynaydi. U o’z ichiga oldindan sezish, tasavvur etish, farosatlikni oladi. Farosatni rivojlanishi bu muammo bi- lan bog’liq barcha narsani butun jarayon davomida miyada saqlab qolishni bilishdir. Muammo va uning yechimini umumiy va bir vaqtda qamrab olish farosati rivojlangan menejerga bosqichdan bochqichga tez o’tishga imkon be- radi. Juda ko’p hollarda tajribali rahbarlar, to’g’ri qaror qabul qilib, buni qanday qilganlarini tushuntirishga qiynaladilar.
Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish bir necha pallalar va bos- qichlardan iborat bo’lgan murakkab jarayondir.
Qaror qilishning zarurligini tan olish pallasi o’z ichiga bir necha bosqichlarni oladi:
muammoni tan olish;
muammoni shakllantirish;
muammo, maqsadni hal qilish mezonlarini belgilash.
Tashkilotda muammoning mavjudligini tan olish yoki tan olmaslik uchun vaziyatni o’rganish darkor. Muammoni tan olinishi uni hal qilish uchun muhim shart bo’ladi, chunki agar muammo mavjud bo’lmasa, uni hal qilish ham talab qilinmaydi.
Jarayon turkumlashtirilgan va turkumlashtirilmagan muammolar uchun har xil o’tadi. Birinchi holda muammoni tan olish yetarlicha to’g’ri o’tadi, ikkinchisida- tashkilotni rivojlanishi tendentsiyalari va uning atrof muhiti haqidagi aniq axborotlari mavjud bo’ladi.
Qarorlar qabul qilish pallasi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
muqobillarni ishlab chiqish;
muqobillarni baholash;
muqobillarni tanlab olish.
Ko’pgina muqobil qarorlar oldingi tajribadan ma’lumlar. Ammo ko’pincha noyob muammolar vujudga keladilar. Bu holda ijodiy yondashuv zarur. Muqobillarni qidirib topishning quyidagi usullari mavjud: “aqliy hujum” , takliflarni ilgari surish, vaziyatning guruhli tahlili, sabab-natijaviy diagramma, fikrlar kartasi.
Barcha aniqlangan muqobillar solishtirilishlari va baholanishlari kerak. Ularni baholash miqdoriy va sifat o’lchovchilari yordamida salbiy va ijodiy tomonlarni aniqlashni ko’zda tutadi. Bunda quyidagi usullar ko’llaniladi: Kopner-Tregoening mezonli solishtirishi, maqsadlar yoki qarorlar daraxtining to’lov matritsasi, keyingining yordamida qarorlarning umumiy ko’rinishi: tanlovlar, xatarlar va ehtimol bo’lgan natijalarni olish mumkin.
Yana qarorni bajarilishini borishida o’z ichiga xatolar va yutuqlarni topish tizimini oluvchi axborotlarni olish mexanizmini ishlab chiqish zarur, u harakatlarga tuzatish kiritish imkoniyatini beradi. Birincha manbalardan olingan axborotlar eng yaxshi hisoblanadilar, chunki bu holda muammolar va ularning yechimlari to’g’riroq baholanadi va menejerning muammoni hal qilishga manfaatdorligini qo’li ostidagilarga ko’rsatishga imkoniyat paydo bo’ladi.
Boshqaruv qarorlarining oldiga qo’yidagi asosiy talablar qo’yiladi:
maqsadga erishish xatarini kamaytirish;
qarorlarni qonuniyligi, mavjud konunlar va me’yoriy hujjatlarga zid emasligi;
aniqlik;
qarorni qabul qilish va amalga oshirish xarajatlarini muvofiqlashtirish;
qarorning samaradorligi.
Har bir korxona (tashkilot)da boshqaruv qarorlarini qabul qilishning qarorlar qabul qilish sub’ektlarini o’z ichiga oluvchi alohida tizimi vujudga keladi. Odatda keyingilar uchta guruhga bo’linadilar: aktsiyadorlar, menejerlar va xodimlar. Ammo boshqaruv amaliyotida shaxslarning bu guruhi, - birinchidan , yaxlit sub’ektlar bo’lmaydilar; ikkinchidan, qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish mexanizmida teng vakillarga ega emaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |