SHaxsda echimlarni izlashning taxminiy rejasini tuzishni taklif qilish.
Haddan tashqari tez yorliq yopishtirishdan, masalani oldindan ma’lum masalalar toifasiga kiritishdan va shoshilib qaror qabul qilishdan qochish. CHunki, bu asosiy muammodan og‘ishlarga va fikrlash egiluvchanligining yo‘qolishiga olibkeladi.
SHaxs fikrlashidagi muhim elementlari sifatida sezgi va emotsiyalarni boshqarishga diqqatni qaratish.
G‘oyalar generatsiyalash uchun hamda ularni ob’ektiv va ratsional tashlash uchun sharoit yaratish.
“Bo‘lishi mumkin” va “Bo‘lishi kerak” iboralarini farqlagan holda, keskin fikrlash kerak.
SHaxsda uzluksiz alternativ izlanishga, yangi yondashuvlarga va yangi g‘oyalarga moyillikni shakllantirish.
Bundan tashqari, ijodiy yondashuvning yangi g‘oyalarni qabul qilish va mustahkamlanish jarayonini engillashtirishga yordam beruvchi bir nechta asosiy qoidalarga ham amal qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |