1. Korrupsiya tushunchasi va mazmun-mohiyati. Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari



Download 102,03 Kb.
bet31/49
Sana19.09.2021
Hajmi102,03 Kb.
#178889
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
Korrupsiyaga qarshi kurash

Ilmiy tadqiqotlar korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni, ilmiy uslubiyotlar va tavsiyalar ishlab chiqishni, ularni amaliyotga oqilona joriy etishni, korrupsiyaga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan shakllar va usullar samaradorligini prognoz qilish hamda ilmiy tahlil etishni o‘z ichiga oladi.

Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi.



Qonunning 32-moddasi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik masalalariga qaratilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida 2017 yil 2 fevral kuni «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2752-son Qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi. Dasturga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Davlat xizmati tizimini yaratish va uning faoliyati asosiy tamoyillarini, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishga, davlat xizmatiga ishga kirishga bo‘lgan talablarni, uni o‘tashni va yakunlashni tartibga soluvchi «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Davlat va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro manfaat keltiruvchi hamkorlikning qonuniy asoslarini nazarda tutuvchi «Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

— davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;

— davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish;

— davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

— elektron xaridlarni yanada rivojlantirish va boshqalar.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

— normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, shuningdek konsepsiyalarni va ularga tushuntirish xatlarini chop etishni, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlariga sharhlar tayyorlash va chop etish amaliyotini keng joriy etish;

— aholiga normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va maqsadlarini tushuntirish va ulardan keng xabardor qilish bo‘yicha choralar;

— Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, boshqa davlat organlarining aholi va ijrochilarga qonun va qonunosti hujjatlarini etkazish bo‘yicha aniq vakolatlarini belgilash.

Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha munosabatlarini tartibga soluvchi «Jamoat nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida ma’lumot beruvchi shaxslarning jismoniy va ijtimoiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlarini nazarda tutuvchi «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

— davlat organlarining boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish;

— asosli va tezkor qarorlarni qabul qilish yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning samarasini ta’minlash;

— jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish nazarda tutilgan.



2017 yil 8 sentyabr “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5185-sonli farmoni qabul qilindi.

Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga erishish davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) uyg‘un faoliyatini tashkil etishni talab qiladi. 

SHu bilan birga, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining zamonaviy talablarga javob bermaydigan institutsional asoslari va ular faoliyatining prinsiplari o‘tkazilayotgan islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga hamda qo‘yilgan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda. 

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan: 


Download 102,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish