MAVZU: Korparativ boshqaruv modellarini O’zbekistonda qo’llash xususiyatlari
REJA:
I KIRISH
II ASOSIY QISM
1. Korporativ boshqaruv modellari
2. Korporativ boshqaruv tizimi O`zbekistonda qo’llash
3. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruvni tashkil etish mеxanizmi bo’yicha xorij amaliyoti.
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
MAVZUNING DOLZARBLIGI: Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng davlatning boshqa sohalari kabi moliya siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri moliya tizimini va uning bo’g’inlarini isloh qilishdan iborat bo’ldi. Ushbu yo’nalishdagi muhim muammolardan biri – bu davlat moliyasini, ya’ni byudjеt tizimini takomillashtirishdan iborat edi. Shu asnoda iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o'zgartirishlarning o'rta muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2017-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining yuqori o'sish sur'atlarini ta'minladi.
Davlat moliyasining davlat byudjeti tizimidagi moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish pirovardida byudjet ijrosini ijobiy natijaga erishishida muhim omil bo’lib hizmat qiladi. Davlat moliyasining to’g’ri va oqilona tashkil etilishi, nafaqat, mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, balki xo’jalik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama ta’sir etish orqali mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga olib keladi. Bu holat, o’z navbatida mamlakat moliya tizimi barqarorligida muhim o’rin tutadi. Shuningdek, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “...biz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abduganievich Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz.”1
Mamlakat moliya tizimi davlatning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini bajarilishida, davlat mablag’larini qayta taqsimlash va bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va aholiga yetkazish davlat byudjeti tizimi orqali amalga oshiriladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish asosan, mazkur mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bugungi kunda moliya tizimini samarali tashkil etishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tad birkorlik faoliyatini yuritish va korporatsiyalarni boshqarish usullari o'zgara boshladi .
Korporativ boshqaruv andozalarini joriy etishning iqtisodiy jihatlari , korporatsiyalar boshqaruvining samarali tizimini shakllantirish , boshqaruvning tamoyillari , uni tuzishga ta'sir etuvchi omillar kabi masalalar hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi . Ushbu o'quv qo'llanmada korporatsiyalarni boshqarish usullari va ularning amaldagi tizimi , korporatsiyalarni boshqarishning hozirgi zamon rivojlanish tendensiyalari , korporativ boshqaruv andozalarini joriy etish masalalari ko'rib o'tilgan .
Korporativ tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyati , O'zbekiston Respublikasida mulk shakllarini o'zgartirish jarayonlarini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolar va ularning turlari , shuningdek , ularni bartaraf etish masalalariga alohida to'xtalgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |