1. Konsementlarga mansub bo‟lmagan qatorni ko‟rsating?
1. Zarpechak, 2. Sachratqi, 3. Qoqio‟t,
4. Qo‟ypechak, 5. To‟qay mushugi, 6. Karnaygul
A) 1,4 B) 1,5 C) 2,3,5 D) 2,3,4,6
2. Biogeotsenoz ta‟limotini yartgan olim ko‟rsatilgan qatorni
aniqlang?
A) V.N.Sakuchaev B) J.B.Lamark
C) J. Tommson D) A.Tensli
3. Tabiiy (a) va sun‟iy (b) ekosistemalarga xos bo‟lgan javobni
aniqlang?
1. paxta dalasi, 2. yilqichilik fermasi, 3. baliqlarni urchitish
muchun ko‟l, 4. tovuq fermer xo‟jaligi, 5. archazor o‟rmonlari,
6.yong‟oqzor o‟rmonlari, 7. daryo va tayga, 8. olma bog‟i
A) a-1,2,3,4,5,6,7, b-8 B) a-1,2,3,4,8, b-5,6,7
C) a-5,6,7, b-,1,2,3,4,8 D) a-1,2,3,4, b-5,6,7,8
4. Ekotopga xos bo‟lgan hudud (lar) ko‟rsatilgan javobni
aniqlang?
a) vulqon otilishidan hosil bo‟lgan yangi hudud, b) tog‟ jinslari
ustida lishayniklar rivojlanayotgan hudud, c) suvi turib
qolgangan ko‟lmakda bakteriyalarning rivojlanishi, d) non ustida
zamburug‟larning ko‟payishi, e) yangi paydo bo‟lgan korall
orollari, f) ko‟lga yangi baliq turlarini olib kelish.
A) a,e B) b,c C) d,f D) b,c,d,f
5. Chuchuk suv havzasining modelini aniqlang?
A)akvarium B)sun‟iy ko‟l C)terrarium D)kanal
6. Ekosistemani “Yer yuzining asosiy birliklari” deb hisoblagan
olim kim?
A) J.Ryuve B) A.Tensli
C) J.Tomson D) V.N.Sukechev
7. Tabiiy muhitda biron bir omilning jamoaga ta`sirini o`rganib
bo`lmasligi sababi nimada?
A) Javob ko‟rsatilmagan
B) Tabiiy muhitda biron bir omil jamoaga ta`sir qilmaydi
C) Omillar yagona tarzda o`rganiladi
D) Barcha omillar majmua tarzida ta`sir qiladi
8. Biogeotsenologiya nimani o'rganadi?
A) bigeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini
B) bir xil turga kiruvchi organizmlarning o'zaro va muhit bilan
munosabatini
C) populyatsiyalar ekologiyasi,populyatsiyada individlar
sonining o‟zgarishi,populyatsiyadagi guruhlar o‟rtasidagi
munosabatlarni
D) biosferaning evolyutsiyasiga insonning ta'sirini
9. Sinekologiya nimani o'rganadi?
A) har xil turga kiruvchi organizmlarning o'zaro va muhit bilan
munosabatini
B) bir xil turga kiruvchi organizmlarning o'zaro va muhit bilan
munosabatini
C) biosferaning evolyutsiyasiga insonning ta'sirini
D) inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ekologik o'zgarish-
larni neolit davridan boshlab hozirgi davrgacha o'rganadi
10. Osminog yashash joyiga ko‟ra qaysi ekologik guruhga
mansub?
A) plankton B) nekton C) bentos D) edafabiont
11. Suvda yashovchi o‟simliklar uchun tarqalishini cheklovchi
omil nima?
A) tuz miqdori, yorug‟lik B) yorug‟lik miqdori, chuqurlik
C) chuqurlik, tuz miqdori D) O2 miqdori, tuz
12. Tuproqlar qaysi xususiyati bilan farqlanadi?
a-namlik miqdori, b-havo bilan ta‟minlanganlik, c-pOH
ko‟rsatkichi, d-sho‟rlanish darajasi, e-oziqa miqdori,
A) a,b,c B) a,c,e C) a,b,d D) b,c,d
13. Reduksiyaga uchragan organizmlarni aniqlang.
A) jigar qurti, qoramol tasmasimon chuvalchangi
B) yomg‟ir chuvalchangi, bit
C) qoramol tasmasimon chuvalchangi, bit
D) yomg‟ir tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti
14. Gidrobiontlarni tanlang.
A) qizilto‟sh, losos, asetr
B) kambala, manta, forel
C) gulmoyi, qizilto‟sh, manta
D) kambala, forel, qalqontumshuq
15.Quyidagilardan nekton organizmlarni toping.
1.bo‟shliqichlilar 2. Baliqtuxumlari 3.krab 4.kitsimonlar
5.boshoyoqlilar 6.zuluklar 7.mayda qisqichbaqasimonlar
8.kurakoyoqlilar 9.baliqlar 10. Omar 11.langust
12.baliqchavoqlari
A) 4,5,8,9 B) 1,2,7,12 C) 3,6,10,11 D) 1,5,8,9
16. Suvda o‟sadigan yuksak o‟simliklarni quruqlik
o‟simliklaridan farqini aniqlang.
A) o‟tkazuvchi to‟qima yo‟q, ildizi kachli rivojlangan, mexanik
to‟qima mavjud.
B) mexanik to‟qima yo‟q, ildizi kuchli rivojlangan, Aerenxima
mavjud
C) mexanik to‟qima yo‟q, o‟tkazuvchi to‟qima yo‟q, ildizi
kuchsiz rivojlangan
D) Aerenxima mavjud, ildiz kuchli rivojlangan, mexanik to‟qima
rivojlngan.
17. Qaysi omil o‟simliklar uchun muhim hisoblansada, yer
yuzida yashaydigan hayvonlar uchun ahamiyatga ega emas?
A) shamol tezligi B) tuproqning mineral tuzlar tarkibi
C) harorat D) yog‟ingarchilik miqodori
18. Tuproqni qazib(a), tuproqni surib(b) o‟ziga yo‟l ochadigan
hayvonlarni aniqlang.
A) a-hasharot, b-krot
B) yomg‟ir chuvalchangi, b-krot
C) a-krot, b-buzoqbosh
D) a-buzoqbosh, b-yomg‟ir chuvalchangi
19. Shamol yordamida changlanadigan o‟simliklar qanday
ataladi?
A)anemofill o‟simliklar B)entomofill o‟simliklar
C)gidrofill o‟simliklar D)ornitofill o‟simliklar
20. Tuproq qaysi xususiyatlari bilan xarakterlanadi?
a) katta zichlikka egaligi;b)zichligi havodan kamligi; c) yorug‟lik
bo‟lmasligi; d)kislorod miqdori ko‟pligi; e) kislorod miqdori
kamligi; f) CO2 miqdori kamligi; h)CO2 ko‟pligi
A) a,b,c,h B)a,c,d,h C) a,c,e,h D) b,c,e,h
21.Tuproq muhitida yashovchi organizmlar qanday nomlanadi?
A)edafobiontlar B)gidrobiontlar
C)simbiontlar D) endobiontlar
22. Suv havzalarining sayoz qismlarida(a), chuqurroq
qatlamlarida(b), eng chuqur qatlamida(c) qanday suvo‟tlar
o‟sadi?
1-yashil suvo‟t, 2-qizil, 3-qo‟ng‟ir
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b
23. Parazit o‟simlik(a) va hayvon(b)larni aniqlang:
1-zarpechak, 2-plazmodiy, 3-rafleziya, 4-devpechak, 5-qilbosh,
6-buzoqbosh, 7-askarida, 8-vertitsil, 9-krot, 10-nereida
A) a-1,4,5,8; b-2,6,7 B) a-1,4,5,6; b-2,3,6,7,
C) a-1,3,4,5; b-2,5,7 D) a-1,3,4,; b-2,5,7
24. Plankton organizmlarni aniqlang.
a-boshoyoqli moluska, b-sodda hayvon, c-bo‟shqichlilar,
d-mayda qisqichbaqasimonlar, e-baliq, g-baliq tuxumlari,
f-kurakoyoqlilar, j-baliq chaoqlari, h-moluska;
A) a,b,c,d,h B) b,c,d,g,j C) d,b,g,j,h D) a,b,c,d,e
25. Qaysi o‟simliklar ildizi substratga birikish vazifasini bajaradi.
A) elodiya, qo‟g‟a B) qo‟g‟a, suv nilufari
C) suv nilufari, o‟q barg D) qo‟g‟a, o‟q barg
26. O‟simliklar quruqlikka chiqishi natijasida qanday to‟qima(a)
va qanday organlar(b) hosil bo‟ladi?
1.mexanik to‟qima; 2.qoplovchi to‟qima; 3.ildiz;
4.vegetativ va generativ qism
A) a-1,4; b-2,3 B) a-2,3; b-1,4
C) a-1,2; b-3,4 D) a-3,1; b-4,2
27. Tuproqda yashovch organizmlar qaysi xususiyatlar bilan
xarakterlanadi?
a-tanasi yirikligi, b-tanasi pishiqligi, c-shilimshiq modda ishlab
chiqararadigan, d-teri qoplamiga ega ekanligi, e-terisi nam
yuqtirishi
A) a,c,d B) b,c,d C) a,b,d D)a,b,c
28. Haroratga etologik moslanishlar to‟g‟ri ko‟rsatilgan javobni
toping.
1) faqat bir dunyo vakillari uchun hos, 2) migratsiya qilishi,
3) sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan qoplanganligi misol
bo„ladi, 4) Tana harorati doimiyligini saqlashda teri osti yog„
qatlami misol bo‟ladi, 5) fe‟l-atvor, xatti-harakatlar bilan bog„liq
moslanishlar, 6) qishda uyquga ketishi 7) Cho„l agamasi qizib
yotgan qumdan o„zini himoya qilish maqsadida butalarning
shoxiga chiqib olishi misol bo‟ladi
A) 3,4,6 B) 5,7,4 C) 1,2,4 D) 1,7,2
29. Bahor va kuz oylarida gullaydigan gajak to‟pgulli
o‟simliklarni aniqlang.
A) bodring, xrizantema
B) kartoshkagul, baqlajon, pomidor
C) no‟xat, qalampir, kartoshka
D) qalampir, baqlajon, pomidor
30. Mutualizm uchun xos javoblarni toping.
1) majburiy munosabat turi, 2) o„zaro manfaatli, 3) har doim ikki
tomon uchun manfatli, 4) lishaynik misol boladi, 5) aktiniya
«zohid» qisqichbaqasi misol bo‟ladi, 6) qalpoqchali
zamburug„lar va yuksak o„simliklar misol bo‟ladi, 7) Termitlar
va bir hujayrali kipriklilar misol bo‟ladi,
A) 1,2,3,4 B) barchasi to‟g‟ri C) 4,3,5,6,7 D) 2,1,3,6,5,4
31. Sorgo bu..
A) sukkelent B) giatsint bilan bir sinfga mansub
C)manzarali D)shakarqamish bilan bir oila bo‟la olmaydi
32. Quyidagilardan qaysi biri to‟g‟ri fikrni inkor etadi?
A)qarag‟ayda bargi og‟izchalari chuqur joylashgan, mumsimon
kutikula bilan qoplangan
B)sahro baqasida nafas teshiklarini klapanlar bilan yopilish
moslanishi bor
C)yomg‟ir chuvalchangi suv tanqisligida uxlaydi
D)suv tanqisligida archada barglarning so‟linqirab turishi
kuzatiladi
33. Fotoperiodizm yorug‟likning intensivligiga emas , balki ….
bog‟liq?
A)sutkaning yorug‟ va qorong‟u vaqtlarining almashishi
davriyligiga
B)tirik organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy
jarayonlarga
C)tirik orgaznizmlarning yorug‟lik ta‟siriga javob reaksiyalariga
D)ekvatordan qutblarga brogan sari kun uzunligi yil fasllarga
qarab farqlanishiga
34. O‟tlarning eng pastki qismi bilan(a), o‟tlarning yuqori qismi
bilan(b), daraxtning barglari va shox-shaffosi bilan(c)
oziqlanadigan organizmlar uchun umumiy belgini aniqlang.
A) oshqozoni 4 bo‟lmali, o‟simlikxo‟r organizmlar
B) oshqozoni sodda tuzilgan, ko‟richak o‟simtasi juda uzun
C) chap aorta ravog‟iga ega, o‟simlikxo‟r organizm
D) oshqozoni bo‟lmalaga bo‟linmagan, o‟ng aorta ravog‟iga ega.
35. Sukkulentlar (a) va sklerofitlar (b) xos javobni toping.
A) a-o„z to„qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlash
b-epidermis to„qimasi qalin mum qavat yoki mayda tuklar bilan
qoplangan bo„ladi
B) a-Barglardagi barg og„izchalari kam va kunduzi yopiq bo„ladi
b-suvni zaxirada saqlab turolmaydi
C) a-sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo„lgani uchun
suvni ushlab tura oladi b-Agava, aloe, molodilo misol bo‟la oladi
D) a-«nasos o„simliklar», b-suvni zaxirada saqlovchi to„qimalar
mavjud
36. Kammensalizmga (a) va Amensalizmga (b) hos javobni
toping.
A) a- birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu
munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar
ko„rmaydi b- birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu
munosabatdan zarar ko„rsa, ikkinchisi hech qanday foyda yoki
zarar ko„rmaydi
B) a- birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu
munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar
ko„rmaydi b- birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkisi
ushbu munosabatdan zarar ko„radi
C) a- birgalikda yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday
ta‟sir ko„rsatmaydi b- birgalikda yashaydigan organizmlardan
biri ushbu munosabatdan foyda olsa, ikkinchisi zarar ko„radi
D) a- Zararli-neytral munosabatlar – birgalikda yashaydigan
organizmning biri ushbu munosabatdan zarar ko„rsa, ikkinchisi
hech qanday foyda yoki zarar ko„rmaydi b- O„zaro zararli
munosabatlar – birgalikda yashaydigan organizmlarning har
ikkisi ushbu munosabatdan zarar ko„radi
37. G. F. Gauze tomonidan o‟tkazilgan tajribasi uchun hos
javobni toping.
1) bir turga kiruvchi ikki hil infuzoriyada olib bordi,
2) birinchi tur raqobatbardosh tur,
3) ikkinchi tur kam raqobatbardosh tur,
4) bir hil oziq bilan oziqlanadigan ikki hil tur,
5) bir biriga bevosita ta‟sir ko‟rsatmaydi,
6) dastlab ikki turning soni avvaliga o„sib boradi ,
7) (- -) munosabat hisoblanadi
A) 1,2,3 B) 1,7,2 C) 4,5,6 D) 3,7,4
38. Agama va agava bular…
A)sukkelentlar
B)suvsiz muhitga chidamli
C)bularni umumlashtiruvchi belgisi yo‟q
D)bir ekologik nisha
39. Amensalizmga hos bo‟lgan javobni toping
1) bir populatsiya individlari boshqa populatsiya individlari
uchun oziq vazifasini o„taydi,
2) birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu
munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar
ko„rmaydi, 3) bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta‟sir
ko„rsatadi, 4) Asalarilar gulli o„simliklardan o„ziga oziq (chang,
nektar) olish davomida o„simliklarni changlantiradi, 5) Mog„or
zamburug„lari tashqi muhitga antibiotiklar ishlab chiqarib,
bakteriyalarning o„sishini va ko„payishini to„xtatib qo„yadi
A) 1,5 B) 2,4 C) 3,5 D) 2,3
40. Sklerofitlarga hos bo‟lgan javobni toping.
1) Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi, 2) suvni
zaxirada saqlovchi to„qimalar mavjud, 3) sitoplazmasi yuqori
yopishqoqlikka ega, 4) barg og„izchalari kam va kunduzi yopiq
bo„ladi, 5) sutlamalar misol bo‟ladi, 6) saksovul misol bo‟ladi, 7)
barg og„izchalarining chuqur joylashgan, 8) poyasida suvni
zaxirada saqlovchi to„qimalar mavjud
A) 1,4,2 B) 3,6,7 C) 3,6,4 D) 2,8,7
41. Suv tanqisligida qaysilar suv shimilishini kuchaytiradi?
A)sahro baqasi B)alp o‟simliklar
C)termitlar D)tuya
42. Protokooperatsiyaga xos javoblarni toping.
1) gorchak baliq ikki pallali molluskaning mantiya bo„shlig„iga
tuxum qo„yishi, 2) birgalikda yashaydigan organizmning biri
ushbu munosabatdan foyda oladi, 3) tasqara esa sherning ovqat
qoldiqlari bilan oziqlanadi, 4) (++), 5) Xivchinlilar va termitlar
munosabati, 6) (+0), 7) yopishqoq baliqning orqa suzgichi
so„rg„ichlarga aylangan bo„lib, baliq ular yordamida akula
tanasiga yopishib oladi, 8) aktiniya «zohid» , 9) asalarilarni
o‟simlilarni changlatishi
A) 8,4,9 B) 2,3,6 C) 1,2,3 D) 4,9,5
43. Quyidagilar orasidan efemeroidlarni ajrating.
1)gulsafsar; 2)qirqquloq; 3)achambiti; 4)lola; 5)yantoq;
6)g‟umay; 7)kartoshka; 8)baliqko‟z; 9)machin; 10)topinambur
A) 3,6,7,8 B)1,2,3,4
C)2,4,7,10 D)8,9,10,2
44. Tirik organizm uchun haroratning chidamlilik chegarasi
qanday belgilanadi?
A)oqsillar denaturatsiyasi B)oqsillar tiklanishi
C)fermentlar faolligi
D)lipidlar erib ketishi
45. Topografik omillarni aniqlang.
a) balandlik; b) iqlim; c) tirik organizmlar;
d) qiyalikning ekspozitsiyasi; e)vaqt;
f) qiyalikning tikligi; j) fotoperiodizm.
A) a, b, c B) d, e, f
C) a, d, f D) e, f,j
46. Mezofitlar uchun xos bo‟lgan javobni toping.
1) uzoq vaqt namlik yetishmasligiga chidamli o„simliklar,
2) suvni zaxiralash kabi moslanishlar mavjud,
3) mo„tadil zonadagi deyarli barcha madaniy o„simliklar,
4) transpiratsiya kuchli bo„ladi, 5) baland tog„ o„simliklari kiradi,
6) suv so„rilishining kuchayishi, 7) boshqa ekologik guruhlariga
nisbatan keng tarqalgan, 8) qisqa muddat namlik
yetishmovchiligiga chiday oladi, 9) O„simlik tanasidagi namlik
miqdoriga qarab og„izchalar ochilishi yoki yopilishi mumkin
A) 2,3,8 B) 4,1,5
C) 6,1,5 D) 9,8,3
47. Organizmdagi mavsumiy o‟zgarishlarni va boshqa biologik
jarayonlarni boshqaruvchi mexanizmni belgilang.
A) kun uzunligi B) molekulyar soat
C) biologik soat D) yer soati
48. Quyidagilardan poykiloterm (a) va gomoyoterm(b)
hayvonlarga ajrating.
1)skat; 2)zebra; 3)ko‟lbuqa; 4)dik-dik; 5)aspid; 6)kutora;
7)gornotsoy; 8)povituxa; 9)semga; 10)assidiya
A)a-10, 5; b-6,3 B)a-3,1, 6; b-2,7
C)a-5,7; b-4,2 D)a-1,9; b-4,8,7
49. O‟simliklarning o‟sishi, gullashi, meva tugishi,
xazonrezgilik, tinim davriga o‟tish kabi muhim biologic
jarayonlarni boshqaruvchi omil?
A)fotonastiya B)fotoperiod
C)fototropizm D)fotosintez
50.Kedr uchun mos keladigan xususiyatlarni aniqlang?
1)hayotiy shakli buta 2)hayotiy shakli daraxt 3)dashtlarda
o'smaydi 4)o'rmonlarda o'smaydi 5)populyatsiya soni davriy
o'zgaradi 6)populyatsiya soni nodavriy o'zgaradi
7)magnoliyasimonlarga mansub 8)saur bilan bir bo'limga
mansub 9)bahorda yog'ingarchilik yaxshi bo'lsagina nasl beradi
10)4 yilda bir marta nasl beradi 11)2 yilda bir marta nasl beradi
A)2,3,5,7,10 B)2,4,6,7,9,10
C)1,3,5,8,11 D)1,4,6,7,9,10
51.Popuyatsiyaning qaysi xususiyatlari demografik xususiyat
bilan bog'langan?
a)popuyatsiya individlar soni b)zichligi c)jinsiy tarkibi d)yosh
tarkibi v)tug'uluvchanlik m)o'lim ko'rsatgichi
A)a,b,d B)a,v,m C)b,c D)v,m
52.Etologik strukturaning "poda" shakliga xos bo'lgan
xususiyatlarni ajrating?
1)bitta katta erkak. 2)bir nechta erkak. 3)ikkita urg'ochi. 4)bir
nechta urg'ochi. 5)taqlid qilish va qa'tiy bo'ysunish kuzatiladi.
6)hududiylik etologiyasi kuzatiladi. 7)etologiya - ovoz,ko'rish
yoki kimyoviy signallar yordamida amalga oshiriladi.
8)ko'payish davrida ajralib ketadi9)hududga egalik qilish
to'g'ridan to'g'ri hujum qilish bilan alamga oshadi. 10)bo'rilar
misol bo'ladi. 11)zebralar misol bo'ladi. 12)sherlar misol bo'ladi.
13)pavianlar misol bo'ladi. 14)termitlar misol bo'ladi
A)11,13. B)2,5,7,10.
C)5,7,8,10. D)2,6,8,11,13
53.Qaysi etologik struktura individlari o'zlarining xatti-
harakatlarini ovoz,ko'rish yoki kimyoviy signallar yordamida
amalga oshiradi?
A)oila. B)to'da. C)poda. D)koloniya
54.Tundra mintaqasining florasini..........tashkil etadi?
A)yopiq urug'lilar. B)ochiq urug'lilar.
C)lishayniklar. D)yo'sinlar va lishayniklar
55. O'rmonlarning beshinchi yarusini qaysi o'simliklar tashkil
etadi? 1)o'rmon yong'og'i. 2)eman. 3)kalina. 4)nok. 5)chetan.
6)terak. 7)jo'ka. 8)yovvoyi olma. 9)shumtol. 10)yertut.
11)yo'sinlar
A)2,6,7,9. B)10.11, C)1,3,8,10. D)4.5,8,10
56. Qaysi hayvonlarning yakka formalari hududiy jihatdan
birlashib koloniyalarni hosil qiladi? a)qaldirg'och. b)ustritsa.
c)pingvin. d)midiya.
A)b.c.d. B)a. C)a.c. D)b.d
57. Mevalari yirik va og'ir bo'lmagan o'simliklarni ko'rsating?
1)o'rmon yong'og'i. 2)bug'doyiq. 3)shumtol. 4)eman.
5)kedr. 7)seyshell
A)1,4,5,7. B)1,4,7. C)2,3,5. D)3.6.7
58. Populyatsiyadagi individlar sonining yillik dinamikasi
kuzatiladigan organizmlarni aniqlang?
1)olma. 2)pashsha. 3)kedr. 4)o'rik. 5)chivin. 6)sichqonsimon
kemiruvchilar. 7)mayda qisqichbaqasimonlar. 8)tulki.
9)chigirtka. 10)boyqush. 11)kolorado
A)2,5,6,7. B)1,3,4,8,10. C)9,11. D)2,5,9,11
59. Qanday jins tarkibli populyatsiyalarda kelajakda organizmlar
soni kamayishi mumkin?
A)populyatsiyada 25% urg'ochilar,75% erkaklar bo'lsa
B)populyatsiyada 50% urg'ochilar,50% erkaklar bo'lsa
C)populyatsiyada 75% urg'ochilar, 25% erkaklar bo'lsa
D)B va C javoblar to'g'ri
60. Etologik strukturaning "oila"siga xos xususiyatlarni ajrating?
1)bitta katta erkak. 2)bir nechta erkak. 3)ikkita urg'ochi.
4)bir nechta urg'ochi. 5)taqlid qilish va qa'tiy bo'ysunish
kuzatiladi. 6)hududiylik etologiyasi kuzatiladi. 7)etologiya -
ovoz,ko'rish yoki kimyoviy signallar yordamida amalga
oshiriladi. 8)ko'payish davrida ajralib ketadi 9)hududga egalik
qilish to'g'ridan to'g'ri hujum qilish bilan alamga oshadi.
10)bo'rilar misol bo'ladi. 11)zebralar misol bo'ladi. 12)sherlar
misol bo'ladi. 13)pavianlar misol bo'ladi. 14)termitlar misol
bo'ladi
A)1,3,4,6,9,12. B)2,5,7,10.
C)1,3,6,7,9,14. D)2,6,8,11,13
61.Pavian maymunlar podasi uchun xos xususiyatlarni aniqlang?
1)podaning markazida yosh individlar.
2)podaning chetlarida boshchilari
3)podaning markazida qari individlar.
4)podaning markazida homilador urg'ochilar
5)podaning chetlarida yosh erkaklar
6)podaning chetlarida urg'ochilar.
7)podaning chetida qariya individlar
8)podaning old va orqa tomonlarida yirik erkak va qari individlar
9)podaning old va orqa tomonida yirik erkaklar
A)1,2,4,6,9. B)3,4,5,8. C)1,4,7,8. D)1,3,7,8
62.Soni juda kam,biotopning faqat ayrim bir qismidagina
uchraydigan -........... turlar?
A)kam sonli turlar. B)noyob turlar.
C)subdominant turlar. D)ko'p sonli tez nobud bo'ladigan turlar
63.O'rmonlarning birinchi yarusini qaysi o'simliklar tashkil
etadi? 1)o'rmon yong'og'i. 2)eman. 3)kalina. 4)nok. 5)chetan.
6)terak. 7)jo'ka. 8)yovvoyi olma. 9)shumtol. 10)yertut.
11)yo'sinlar
A)2,6,7,9. B)8,4,5. C)1,3,8,10. D)4.5,8,10,11
64.Hayvonot olamining qaysi sinf vakillarida ota-onalarning
g'amxo'rlik qilish sababli avlodning yashovchanligi ortadi?
A)Baliqlar .amfibiyalar.
B)sudralib yuruvchilar.qushlar.
C)sutemizuvchilar va qushlar.
D)sutemizuvchilar va primatlar
65.Qaysi koloniyalarda individlar o'rtasida vazifalar o'zaro
taqsimlangan?
a)ustritsa. b)qaldirg'och. c)termit. d)pingvin. n)chumolilar.
v)arilar. w)pavian.
A)a.b.d. B)c.v.n. C)a.n. D)d.v
66.Quruqlik biotsenozlarida vertikal strukturalarning
shakillanishida turlicha balandlikdagi .............lar asosida ro'l
o'ynaydi?
A)lishayniklar. B)zamburug'lar.
C)bakteriyalar. D)o'simliklar
67.O'rmonlarning ikkinchi yarusini qaysi o'simliklar tashkil
etadi? 1)o'rmon yong'og'i. 2)eman. 3)kalina. 4)nok. 5)chetan.
6)terak. 7)jo'ka. 8)yovvoyi olma. 9)shumtol. 10)yertut.
11)yo'sinlar
A)2,6,7,9. B)8,4,5. C)1,3,8,10. D)3,10,11
68. Baqachanoq lichinkasining baliq terisiga yopishib yashashi
(a) va baliqlarning baqachanoq mantiyasi ichiga tuxum qo'yishi
(b) organizmlar o„zaro munosabatining qaysi turiga kiradi?
A) a - parazitizm, b - hamtovoqlik
B) a - hamsoyalik, b - parazitizm
C) a - antogonizm, b - simbioz
D) a - mutualizm, b - sinoykiya
69. Yomg„ir chuvalchangiga xos moslanish to'g'ri ifodalangan
javobni toping.
A) Suvni zaxiralash, Suv tanqis davrni anabioz holatida o„tkazish
B) fiziologik, Etologik moslanishlar
C) Suv bug„lanishini kamaytiruvchi, fiziologik
D) Suvni zaxiralash, Etologik moslanishlar
70. Sukkulentlarga xos bo‟lgan javobni toping.
1) Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi, 2) suvni
zaxirada saqlovchi to„qimalar mavjud, 3) sitoplazmasi yuqori
yopishqoqlikka ega, 4) barg og„izchalari kam va kunduzi yopiq
bo„ladi, 5) sutlamalar misol bo‟ladi, 6) saksovul misol bo‟ladi, 7)
barg og„izchalarining chuqur joylashgan, 8) poyasida suvni
zaxirada saqlovchi to„qimalar mavjud
A) 1,4,2 B) 3,6,7 C) 3,6,4 D) 2,8,7
Do'stlaringiz bilan baham: |