Oraliq botqoqlar (mezotrof botqoqlar) yuqori va pastqam botqoqlar oralig’ida bo’ladi. Ular ham yer osti suvlaridan, ham atmosfera suvlari hisobiga vujudga keladi. Baland joylarda o’sadigan o’tlar asosan atmosfera yog’inlari hisobiga rivojlanadi, ba yerlarda yuqori botqoqlarga xos o’simliklar rivojlanadi. Pastqam joylarda esa quyi botqoqlarga xos o’simliklar o’sadi.
4. Muzliklar – Kriosfera. Muzliklar – bu muzlarning tabiiiy to’plami bo’lib, ular mustaqil harakat qila oladi. Muzliklar yer yuzasining shunday joylarida hosil bo’ladiki, bu yerlarda ko’p yillik yoqqan qor erib yoki bug’lanib ketadigan ko’p yillik yog’in miqdoridan ortiq bo’ladi. Domiy muzlar bilan qoplangan maydon quruqlik yuzasining taxminan 11% ini tashkil etadi. Agar Yer sharidagi barcha muzni quruqlik yuzasiga bir tekis taqsimlansa, uning qalinligi 182 m bo’lar edi.
Muzliklar – qor va muzlarning hosil bo’lishi uchun nam yetkazib beruvchi gidrosferaning, bu namni qattiq holda (qor, do’l va x.k.tarzida), bir joydan ikkinchi joyga olib boradigan atmosferaning va yuzasida muzliklar hosil bo’lishi mumkin bo’lgan litosferaning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi va kriosfera deb nomlanadi . Kriosfera yaxlit tarqalmagan qobiq bo’lib, u atmosfera, gidrosfera va litosferaning o’zaro termik ta’sir zonasida joylashgan. Unga doimiy manfiy harorat xos. Yuqorida aytib o’tilgan uch omilning birontasi bo’lmasa , muzliklar hosil bo’lmaydi.
Kriosferaga fasliy va ko’p yillik qor qoplamlari, fasliy va ko’p yillik muzloqlar, tog’ muzliklari va muz qoplamlari hamda yoriqlardagi va yer ostidagi muzlar kiradi.
Yer po’stining manfiy haroratga ega bo’lgan va yer osti muzlari va tuproqlarni fasliy muzlaydigan joylari mavjud yuqori qismi kriolitozona deb ataladi. Doimiy qor qoplamining umumiy maydoni shimoliy yarim sharda 2mln.km2, janubiy yarim sharda 14 mln km2, doimiy muzlar va tog’lardagi muzlar maydoni 14 mln km2. Demak, qor qoplamining umumiy maydoni 30 mln km2 atrofida, ya’ni yer yuzasining 6%i qor bilan qoplangan.
Vaqtinchalik qor qoplamining maydoni shimoliy yarim sharda 59 mln km2, janubiy yarim sharda 2 mln.km2, vaqtincha dengiz muzlari yuzasida 24 mln km2
Domiy va vaqtincha muz qoplamining umumiy maydoni 113 mln km2, ya’ni yer yuzasining 22%ni tashkil qiladi. Muzliklar bilan qoplangan eng katta xudud – Shimoliy Muz okeanidir, uning maydoni 12.600 000 km2.
Yer sharidagi eng uzun tog’ muzlik Lagon tog’idagi Xabbard muzligi- 145 km.
Eng katta harakatdagi muzlik Lamberta muzligi (Antarktida) eni 64 km, uzunligi 470 km.
Alp tog’laridagi eng yirik muzlik- katta Alech muzligi bo’lib, uning uzunligi 26,8 km, qalinligi 790 m ga boradi. Islandiyadagi Vatna – yoqul muzligining qalinligi 1036 m. tog’ muzliklarining qalinligi odatda 200 – 400 m bo’ladi. Antarktida bilan Grenlandiyadagi materik muzlari nihoyat katta va qalindir.
Ko’pchilik tog’li o’lkalardagi muzliklar sutkasiga 20 – 80 sm ga, yiliga 100 – 3000 m harakat qiladi. Faqat Himolay tog’laridagi muzliklarning tezligi sutkasiga 2 - 3 m yoki yiliga 700 – 1300 m.
Grenlandiya va Antarktida muzlik qalqonlarida muzning harakati yana ham sust – sutkasiga 3 -30 sm, yani yiliga 10 – 130 m. Biroq bu qalqonlardan ajralib chiqqan muzliklar tog’ muzliklariga qaraganda ham tezroq – sekundiga 300 sm dan 2700 sm gacha yoki yiliga 1 km dan 10 km gacha tezlik bilan harakat qiladi. Muzlik harakat qilganda uning tanasida zo’riqish (taranglik) vujudga keladi, bu esa muzlikda yoriqlar hosil bo’lishiga olib keladi. Muzlikning yon va o’rta qismlaridagi oqish tezligi bir - biridan farq qilishinatijasida yon yoriqlar vujudga keladi. Muzlik tagidagi chaqiq joylarni kesib o’tganda muzlikda ko’ndalang yoriqlar vujudga keladi. Tik tushib kelgan joylarda sharsharaga o’xshash muz ko’lami – “shavvolari” bo’ladi. Muzlik tor vodiydan keng vodiyga o’tganda bo’ylama yoriqlar orqali ajralib ketadi. Muz quyish nuri, yomg’ir va shamol ta’sirida erishi natijasida muzlik yuzasida o’yiqlar va chuqurlar hosil bo’ladi. Muzlik ustidagi toshlar muzga qaraganda to’q tusli bo’lganligidan tez qizib, tosh ostidagi muz erib chuqurcha hosil bo’ladi, bu yerga erigan suv oqib kelgach, girdob yoki muz kamarlari vujudga keladi. Katta g’ola toshlar, aksincha muzni erib ketishdan saqlaydi va muz qo’ziqorinlari hamda muz kursilarining hosil bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |