1. Kognitiv, konseptual va formal modellar Boshlang'ich ma'lumotlarni tayyorlash



Download 125,5 Kb.
bet2/11
Sana21.01.2022
Hajmi125,5 Kb.
#395695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 Modelni adekvatligini tekshirish va korrektirovka qilish. Mustaqil ish

Konseptual model ko'rinishi
Sabab-oqibat ko'rinishdagi modellardan, ko'pincha, ob’yekt xolatini tushuntirish va bashoratlashda foydalaniladi. Mazkur modellar asosan quyidagilarga yo'naltirilgan bo'ladi:

  • tadqiq qilinayotgan ob’yektning tashkil etuvchi elementlar orasidagi asosiy bog'liqliklarni aniqlash;

  • bir omilni (biror bir xususiyatni) o'zgarishi model komponentlari holatiga ta'sirini aniqlash;

  • yaxlit holda model qanday ishlashi hamda model tadqiqotchini qiziqtiruvchi parametrlarni o'zgarishini (dinamikasini) to'laqonli (mos, adekvat) ifodalab bera olishini tushunish.

Formal (rasmiy) model deb konseptual modelni bir yoki bir necha formal tillar (masalan, matematik nazariya tillari, algoritmlash tillari va shunga o'xshash) orqali ifodalashga aytiladi.




Gumanitar fanlarda modellashtirish jarayoni, ko'p hollarda, ob’yektni konseptual modelini qurish bilan yakunlanadi.

Tabiiy fanlarda esa, odatda, formal modelni qurishga muvofaq bo'linadi. Shunday qilib, kognitiv, tarkibiy va formal modellar modellashtirishning 3 ta o'zaro bog'langan bosqichini tashkil qiladi (quyidagi chizma).

Modellashtirish bosqichlarining o'zaro ta'siri modelning potensiallik xossasi bilan bog'langan. Ixtiyoriy modelni yaratish tadqiq qilinayotgan ob’yekt haqida yangi bilimlarni paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, modellashtirish ob’yekti bo'yicha qarash va konsepsiyalarni aniqlashtirish va qayta baholashga olib keladi.

Mazkur holat o'z navbatida mos tarkibiy va kognitiv modellarni qayta ko'rib chiqishga olib keladi hamda modellashtirishni barcha bosqichlarini spiral rivojlanishini ta'minlab beradi.

Yuqorida aytib o'tilgandek, matematik modellashtirish belgili modellashtirishning bir ko'rinishi bo'lib xisoblanadi.

Matematik model deganda ob’yektni kirish qiymatlariga mos chiqish parametrlarini qiymatlarini aniqlab beruvchi ixtiyoriy operator tushuniladi, ya'ni

A:X→Y, X X, Y X

Ma'lumki, matematik modellashtirish moddiy modellashtirishga nisbatan quyidagicha ustunlikga (afzallikga) ega:


  • tejamkor;

  • gipotetik (xayoliy), ya'ni tabiatda joriy qilinmagan ob’yektlarni, modellashtirish imkoniyati (loyihalashning turli bosqichlarida);

  • natural holda joriy qilish murakkab yoki xavfli bo'lgan rejimlarni joriy qilish imkoniyati;

  • vaqt masshtabini o'zgartirish imkoniyati;

  • kengqamrovli tahlilning soddaligi;

  • bashoratlash sababli umumiy qonuniyatlarni aniqlay olish imkoniyatini kattaligi;

  • olib borilayotgan ish texnik va dasturiy ta'minotining universalligi.

Informatsion model - bu (mazmun mohiyati bo'yicha) ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali joriy qilingan avtomatlashtirilgan ma'lumotnomalardir (spravochnik). Bunday modellar yordamida ma'lumotlar bazasida mavjud bizga kerakli bo'lgan barcha axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo'lamiz (albatta, kirish parametrlarining qiymatlariga mos ravishda). Biroq bunday modellar yordamida ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lmagan yangi bilimlarni hosil qilib bo'lmaydi. Shu sababli bunday modellar potensiali nolga teng bo'lgan model bo'lib xisoblanadi. Ammo mazkur modellar biror bir, xattoki oddiy bo'lsin, matematik modellar bilan birgalikda yangi qonuniyatlarni ochib berishi mumkin bo'lib, tadqiq qilinayotgan jarayonni rivojlanishini bashorat qilib berishi imkonini yaratadi.

Umuman olganda, informatsion modelda kirish-chiqish parametrlar sifatida matematik ob’yektlarni, ma'lumotni qidirish protsedurasini esa qandaydir operator ko'rinishida ifodalash mumkin bo'lgani uchun ularni matematik modelni maxsus ko'rinishi deb hisoblash mumkin.



Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish