6-mavzu: Kim bo`lsam ekan?
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga barcha kasblar haqida tushuncha bеrish.
Kasb egalarini ish qurollari bilan tanishtirish . O`quvchilar qalbida kasblarga mehr-muhabbat uyg`otish. Bolalarda qanday kasb turlari haqida tushunchalari borligini, ota-onalarining kasblari haqidagi fikrlarini aniqlash, mehnat jarayonining holatini rasmlar orqali izohlash. Suhbat davomida bolalarga kasb-hunar egallashda aql, mehnat, iroda, sabr-toqat, hamjihatlik kabi fazilatlar zarur ekanligini uqtirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material, turli kasb-hunarlar aks etgan rasmlar,boshqotirma.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`qituvchi:
Dunyoda ko`pdir hunar
Hammasi ham zo`r ular
Biri birin to`ldirar
Biri birin jildirar
Yer-u dengiz, osmonda
Demak hamma tomonda
Hunarlar xizmatda
Va hurmatda, albatta
Dunyoda ko`pdir hunar
Hammasi ham zo`r ular.
Zarurlikda nechog`lik
Biri biriga bog`liq
Hunarli barcha joyda
Elga keltirar foyda
II.Asosiy qism:
Aziz o`quvchilar bugungi mashg`ulotimizning mavzusi « Kim bo`lsam ekan?». O`yini orqali
biz sizlar bilan turli kasblar haqida bilib olamiz.
Ota-onangiz qaysi kasb egasi? Kasb o`zi nima?
2.Kelajakda kim bo`lmoqchisan? Kabi savollarga javoblar olinadi.
O`qituvchi bolalar javoblarini umumlashtiradi: Kasb-hunar bu ish faoliyatining biror turi, ma`lum bilim, tajriba, tayyorgarlik talab etadi. Kasb-hunar turli tuman. Mana bu suratga qarang, suratda qanday kasb egalarini ko`rayapsiz?
Bolalar javoblari eshitiladi va kasblarning nomi yoziladi.
Bolalarga kasblar bo`yicha suratlar tarqatadi. Bolalar tarqatilgan suratlar bo`yicha kasblarga ta`rif beradilar
Sizning ota-onangiz qayerda ishlaydilar? Ular qanday kasb egalari ekanliklari haqida so`zlab bering. Ota-onangiz ish joylarida nima ish qilishadi?
Bolalar javoblari eshitiladi.
O`qituvchi: Siz katta bo`lganingizda kim bo`lmoqchisiz? Buning uchun nima qilish kerak
deb o`ylaysiz?
Bolalar javoblari.
Kasb-hunar egallashda aql, mehnat, iroda, sabr-toqat, hamjihatlik kabi fazilatlar zarur
ekanligini uqtiriladi.
O`qituvchi: mana bolalar, hozirgina biz sizning ota-onalaringiz kasblari, o`zingizni orzularingiz haqida suhbatlashib oldik. Kasb inson uchun juda zarur faoliyat ekanligini tushunib yetdingiz deb o`ylayman.
Kim qanday kasb tanlasa, mehr qo`yishi kerak O`z kasbini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo`ladi. hozirgina Nigora onam chevarlar, men katta bo`lganimda chevar bo`laman, qo`g`irchoqimga ko`ylak tikishni o`rganaman deb o`z orzusini aytdi.
Ota-ona kasbini egallash juda ham yaxshi, chunki, siz ular nimalar bilan shug`ullanishini yoshligingizdan ko`rib, o`rganib borasiz, ularga bu ishda yordam ham
berasiz. Katta bo`lgach shu kasbda ishlasangiz, sizning ota-onangiz ustozingiz bo`ladilar.
III.Yakuniy qism:
“Pantomimo”o`yini.
O`quvchilar imo-ishora orqali rasmda aks ettirayotgan kasbni ifoda etishi kerak.
"Kim chaqqon" o`yini.
O`quvchilar bir-biriga to`p otish orqali kasblar nomlarini aytishadi. Qaysi guruh ko`p
kasb nomini ayta olsa o`sha guruh g`olib sanaladi.
Kim kelajakda soatsoz bo`lmoqchi?
Kimning otasi (akasi, qarindoshi) soatsoz kasbini egallagan?
Har bir guruhning har bir kasb bo`yicha topgan so`ziga rag`bat kartochkasi beriladi va o`yin oxirida rag`bat kartochkalari hisoblanib, g`olib guruh aniqlanadi.
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |