5-mavzu: “Ustozga ta`zim”(Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi O`quvchilarda ustozlarga nisbatan mehr uyg`otish; ustozning qanchalik o`quvchilarga mehri yuksak ekanligini ta`riflash ; o`quvchilarni qalbida mehr-oqibat hislatlarini uyg`otish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi.
-O`qituvchi:
Azaldan ustozni ulug`lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo`jiza-yetmaydi aqlim.
Ustozni e`zozlash azaliy odat,
Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so`nmas mayoqsiz
Bir duo tilamoq insoniy burchim.
-Bolajonlar, ayting-chi bu misralar kim haqida ekan?
Do'stlaringiz bilan baham: |