10. Tabiiy partenogenez qaysi hayvonlarda uchramaydi
A) erkak asalari, dafniya, shira bitlari
B) tut ipak qurti, zamburug`, suvo`tlar
C) shira bitlari, tustovuq, bug`doy
D) tustovuq, dafniya, baliqlar
11. Gametogenezning o`sish davrida kuzatiladigan jarayonlarni ko`rsating
1-boshlang`ich jinsiy hujayralar oziq moddalar to`playdi; 2-hujayralar meyoz usulda ko`payadi; 3-spermatogenezda birlamchi jinsiy hujayralar juda tez ko`payadi; 4-ko`p miqdorda oqsil va RNK sintezlanadi; 5-birlamchi spermatozoidlar o`sish zonasida tez kattalashadi; 6-sudralib yuruvchi, qushlar, spermatozoidlar tuhum hujayrasi qo`shimcha qobiq bilan o`raladi
A) 2, 5 B) 4,5 C) 1, 4 D) 3, 6
12. Morfologik(a), Biokimyoviy(b) ixtisoslashishga mos keladigan javoblarni juftlang. 1. Blastulaning ixtisoslashmagan hujayralaridan asta-sekin teri epiteliysi hujayralari, ichak epiteliysi, o’pka nerv ,muskul va boshqa hujayralarning paydo bo’lishi 2. Har qanday hujayra o’zi uchun xos bo’lgan oqsilni sintezlaydi 3. Muskul hujayralari qisqaruvchi oqsil-miozinni sintezlaydi 4. Maxsus tuzilishga ega bir-biridan farq qiladigan yuzlab hujayra xillari hosil bo’ladi 5. Limfotsitlar himoya qiluvchi oqsil –antitanani sintezlaydi.
A. a-1,2.3 b-4,5 B.a-1,4 b-2,3,5
C.a- 2,3,5 b-1,4 D.a-1,5 b-2,3
13. Sitokinez jarayoni sitoplazma va plazmatik membrana o`rtasida botiqlik paydo bo`lishi bilan boradigan organizmlarni ko`rsating
a- lepidendron; b – fillofora; c – lattachi; d – tikandum; e – repishka; f – ebalak; g – satir
A) a, d, f B) d, e, b C) b, a, f D) c, g, d
14. Sitokinez jarayoni hujayraning o`rtasida sitoplazmatik membrana paydo bo`lib, hujayraning chetiga tarqalishi bilan boradigan organizmlarni ko`rsating
a- lepidendron; b – fillofora; c – lattachi; d – tikandum; e – repishka; f – ebalak; g – satir
A) a, d, f B) d, e, b C) b, a, f D) c, g, d
15. Meyozning qaysi bosqichida gomologik xromosomalarning yelkalari bir biridan aniq ajraladi
A) anafaza I B) metafaza I C) anafaza II D) metazafa II
16. Qaysi organizmlarda ko`p bo`laklarga bo`linish kuzatiladi
1-xlorella; 2- gidra; 3- bezgak plazmodiyasi; 4- ayrim zamburug`lar; 5- yashil o`simliklar; 6-yashil evglena; 7-xlomidomonada
A) 2, 1, 7 B) 3, 7, 4 C) 4, 5, 3 D) 6, 7, 1
17. Quyidagi o`simlikka hos bo`lgan ma`lumotlarni toping
a-ildizpoyasi orqali ko`payadi; b – changchilar soni juda ko`p; c – mevasi soxta, rezavor, 2-3 sm; d – gultojbarglari soni 5 ta; e – o`simlik oilasini yer yuzida 3500 turi uchraydi; f – ostki gulkosachabarglari bor; g – novdalari orqali ko`payadi; h – poyasi g`ozpanja bilan bir xil
A) g, f, d B) e, h, b C) g, a, h D) b, h, d
18. Tugunaklari (a) orqali; qalamchalari orqali (b); ildiz bachkisi orqali (c); ildizpoyasi orqali (d) ko`payadigan o`simliklarni ko`rsating
1-binafsha; 2-batat; 3-olma; 4-yantoq; 5-shoyigul; 6-shirinmiya; 7-terak; 8-iloq; 9-qoraqat; 10-ajriq; 11-tol; 12- qulupnay; 13-olcha; 14-kartoshkagul; 15-begoniya
A) a- 7,4,13; d- 8,14,1; b- 2,15,5; b-7,11,9
B) c- 7,4,3; d- 8,14,1; a- 2,15,5; b-7,11,9
C) c- 7,4,13; d- 8,14,1; a- 2,15,5; b-7,11,9
D) c- 7,4,13; d- 8,14,15; a- 2,15,5; b-3,11,9
19. Gametogenezning qaysi bosqichida meyozning interfaza davri kechadi?
A ko’payish B yetilish C o’sish D shakllanish
20. Interfaza davriga xos bo`lgan xususiyatlarni juftlab yozing a- G1 b- G2 c-S d-profaza 1. yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi 2. DNK sintezida ishtirok etuvchi fermentlarning faolligi oshadi 3. hujayra mitoz bo`linishga tayyor bo`ladi 4. RNK sintezlanadi 5. DNK 2 marta ortadi 6. oqsil sintezlanadi 7.hujayra markazi 2 marta ko`payadi
Do'stlaringiz bilan baham: |