TAKRORLASH
1. Plastik almashinuv uchun xos xususiyatlarni toping. 1) aminokislotalardan oqsillarning sintezlanishi 2) 2 mol sut kislotaning parchalanishidan 2600 kj energiyaning hosil bo’lishi 3) glitserin ishtirokida moylarning hosil bo’lishi 4) DNK dan RNK ning sintezlanishi 5) yog’lardan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi 6) muskullarning energiya bilan ta’minlanishi 7) kraxmalning hosil bo’lishi uchun energiya sarflanishi
A) 3,4,5 B) 1,3,7 C) 2,5,6 D) 4,6,7
2. O’sayotgan hujayralarda qaysi jarayon jadal boradi?
A) yog’lardan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi
B) yog’lardan glitserinning hosil bo’lishi
C) glikoliz jarayonida 40 % energiyaning ATF da to’planishi
D)atsetat kislotalardan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi
3. Noto’g’ri fikrni toping.
A) barcha biosintez jarayonlari energiya yutilishi bilan amalga oshadi
B) atsetat kislotalardan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi katabolizm jarayoniga misol bo’ladi
C) plastic almashinuv jarayoni energiya sarfi bilan amalga oshadi
D) yog’ kislotalaridan glitserinning hosil bo’lishi dissimilatsiya jarayoniga misol bo’ladi
4. Katabolizm jarayoni uchun xos xususiyatlarni toping. 1) aminokislotalardan oqsillarning sintezlanishi 2) 2 mol sut kislotaning parchalanishidan 2600 kj energiyaning hosil bo’lishi 3) glitserin ishtirokida moylarning hosil bo’lishi 4) DNK dan RNK ning sintezlanishi 5) yog’lardan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi 6) muskullarning energiya bilan ta’minlanishi 7) kraxmalning hosil bo’lishi uchun energiya sarflanishi
A) 3,4,5 B) 1,3,7 C) 2,5,6 D) 4,6,7
5. Quyidagi organizmlardan qaysilari to’qima va hujayralari orqali nafas oladi? 1) faeton 2) tradeskansiya 3) kanna 4) monstera 5) som 6) anturium 7) gorchak
A) 1,3,7 B) 5,7 C) 2,4,6 D) 2,5,7
6. ATF orqali amalga oshmaydigan jarayonni toping.
A) aminoskislotalardan oqsillarning sintezlanishi
B) glukozadan kraxmalning hosil bo’lishi
C) yelkaning ikki boshli muskuli qisqarganda qo’lning tirsakdan bukilishi
D) 1 molekula glukozadan 2 molekula sut kislotaning hosil bo’lishi
7. Energiya almashinuv natijasida 315 gr glyukoza parchalanganda qancha energiya ajraladi ?
A) 4900 B) 2544 C) 350 D) 4550
8. Ma’lum harakat davomida muskul hujayrasida har daqiqada 25 kJ energiya ajralib chiqadi. Shu harakat bajarilishi uchun glyukoza 16 daqiqa chala 56 daqiqa to’liq parchalangan bo’lsa , sarflangan glyukoza miqdorini gr da aniqlang.
A) 450 B) 360 C) 300 D) 800
9. 10 mol glyukoza parchalandi. Shundan uch moli to’liq parchalandi. Jami qancha ATF hosil bo’ldi ?
A) 304 B) 114 C) 122 D) 128
10. Sebarga o’simligida aerob sharoitda X kJ energiya ATFda to’plangan bo’lsa , aerob sharoitda issiqlik tarzida ajralgan energiya miqdorini kJ (a) va X ni (b) aniqlang.
A) a-960; b-1140 B) a-180; b-120
C) a-1920; b-2280 D) a-1740; b-2160
11. Energiya almashinuvining birinchi bosqichida ajralgan energiya miqdori , ikkinchi anaerob bosqichda ATF da to’plangan energiya miqdoridan 3 marta kam , uchinchi aerob bosqichda 1740 kJ energiya issiqlik tarzida ajralgan , uchala bosqichda ajralgan energiyaning jami miqdorini kJ da ko’rsating .
A) 4140 B) 2160 C) 4200 D) 3940
12. Energiya almashinuvining birinchi bosqichida ajralgan energiya qanday jarayonlarga sarflanadi?
A) 40 % ATF sintezi uchun sarflanadi, 60 % issiqlik tarzida tarqalib ketadi
B) 40 % issiqlik tarzida tarqalib ketadi, 60 % ATF sintezi uchun sarflanadi
C) issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi
D) hujayraning mexanik ishi uchun sarflanadi
13. Glukozaning parchalanishida … ishtirok etadi va … hosil bo’ladi.
A) ATF, ADF, AMF/sut kislota B) karbonat angidrid, suv/ATF
C) ADF, fosfat kislota/ATF D) fosfat kislota, ATF/ADF, sut kislota
14. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlay olmaydigan organizm uchun tegishli xuxsiyatlarning qaysi biri noto’g’ri?
A) Yosh urg‘ochi qoraqurtning qorni ustida qizg‘ish dog‘lari bo‘ladi
B) o’rgimchaksimonlar ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan farq qiladi
C) Uzoq Sharq losossimonlaridan keta va bukri baliq uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o‘tadi D) Afrika tilyapiya balig‘ining erkaklari urg‘ochilari tashlagan tuxumlarni og‘iz bo‘shlig‘ida olib yuradi
15. Fotosintezning yorug’lik bosqichi ketma-ketligi qaysi javoda to’g’ri berilgan? 1) qo’zg’algan elektronlardan birining tashuvchi molekulaga o’tishi 2) OH radikallaridan suvning hosil bo’lishi 3) xloroplastning ko’rinadigan yorug’lik nuri bilan yoritilishi 4) foton xlorofilga tushib, uni qo’zg’algan holatga keltirishi 5) xlorofil suv molekulasidan electron olishi 6) suvning parchalanishi 7) H atomlarining organik moddalar bilan birikishi 8) molekula holatida O2 ning hosil bo’lishi
A) 3,4,1,5,6,7,2,8 B) 3,1,4,5,7,6,8
C) 3,2,1,5,7,8,4,6 D) 3,5,4,1,2,6,7,8
16. O’simliklarning kosmik ahamiyati nimada?
A) barcha tirik organizmlar uchun ozuqa manbai B) atmosferani erkin O2 bilan boyitishi
C) kimyoviy energiyani issiqlik energiyasiga aylantiruvchi vosita
D) yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi vosita
17. No’xat o’simligida aerob sharoitda X kJ energiya ATF da to’plangan bo’lsa , shu vaqtning o’zida yorug’lik ta’sirida 1440 ta ATFsintezlangan bo’lsa X toping .
A) 2020 B) 1100 C) 2200 D) 1920
18. Sebarga o’simligida energiya almashinuvining birinchi bosqichida 40 Kj energiya ajralgan , shu vaqtning o’zida yorug’lik ta’sirida 3420 ta ATF sintezlangan bo’lsa , sebargada ajralgan jami energiya miqdorini toping .
A) 8440 B) 6631 C) 5400 D) 6500
19. Fotosintezning qorong’ulik bosqichida boradigan jarayonni toping.
A) OH radikallaridan suvning hosil bo’lishi
B) CO2 va H dan uglevodning hosil bo’lishi
C) H atomlarining organik moddalar bilan birikishi
D) molekula holatida O2 ning hosil bo’lishi
20. Fotosintez jarayonida X molekula glyukoza sinteziga sarflanuvchi ATF ga bog’lanuvchi energiya miqdori 1 molekula glyukozaning massasidan 8 marta ko’p bo’lsa , ajralib chiqqan suvning miqdori ushbu jarayonga sarflangan vodorod tashuvchi organic birikma miqdoridan necha marta kam ?
A) 3 B) 2 C) 6 D) 4
21. Yoz faslida bir kecha-kunduzda o’rik o’simligida o’rtacha 310 gr organic modda hosil bo’lgan. Shu organic birikmani hosil qilishda ishtirok etgan barglarning umumiy sathi qancha?
A) 10 m2 B) 2 m2 C) 20 m2 D) 100 m2
22. Genetik kod nima ?
A.20xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4xil nukleotid yordamida ifodalanishi
B.20xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 3xil nukleotid yordamida ifodalanishi
C.har bir aminokislota uchta nukleotidga mos keladi
D.organizmning individual rivojlanish jarayonida tarixiy rivojlanishining qaytarilishi
23. Bitta DNK molekulasidan yuzlab, minglab …., ……., ….. lar sintezlanishi mumkin.
A) oqsil, uglevod, lipidlar B) i-RNK, t-RNK, r-RNK
C) uglevod, nuklein kislota, monosaxarid D) oqsil, moy, shaker
24. DNK molekulasini tarkibida 1250ta guanin bor,shu molekula tarkibida qancha sitozin bo’ladi?
A)1250 B)2500 C)625 D)sitozin bo’lmaydi
25. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, berilgan i-RNK dagi nukleotidlarning umumiy soni 34% guanindan, 18% uratsildan, 28% sitozindan, 20% adenindan iborat ekan.Ushbu i-RNKdan nusxa olgan DNK molekulasidagi azotli asoslarni %ini aniqlang.
A)G-34,S-31,A-19,T-19 B) G-34,S-28,A-20,U-18
C) G-28,S-34,A-18,T-20 D)G-19,S-19,A-31,T-20
26.DNKning bir zanjirida nukleotidlar quyidagi ketma ketlikda uchraydi ATATGASSGTAS
Shu DNKning ikkinchi zanjirini sintezlang.
A)TATASTGGSATG B)TATASTGGSAGT
C)AUAUGASSGUAS D)ATATGASSGTAS
27. ) t-RNK da 130 ta (26%) uratsil bor. Shu t-RNK ni sintezlagan DNK qo’sh spiralidagi jami nukleotidlarni toping?
A)500 B)1000 C)650 D)2000
28. 6000 malekular og`irlikdagi oqsil sintezlashda ishtirok etgan DNK molekulasi uzunligi aniqlang. Oqsildagi bitta aminokislotaning o`rtacha og`irligi 120, qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm
A)51 B)40,8 C)37,4 D)74,8
29. DNK molekulasining og’irligi 90000 ga teng bo’lsa, shu DNK dan sintezlangan oqsildagi peptid bog’lar sonini aniqlang. (bitta nukleotid og’irligi 300 deb olinsin)
A) 99 B) 199 C) 149 D) 49
30. Transkripsiya (a) va translyatsiya (b) hujayraning qaysi organoidlarida kecha?
A) a-sitoplazmada; b-yadroda
B) a-ribosomada; b-sitoplazmada
C) a-mitoxondriyada; b-sitoplazmada
D) a-yadroda; b-sitoplazmada
Do'stlaringiz bilan baham: |