OCHIQ KONCHILIK ISHLARINING TEXNIK RAHBARI – korxonada (karyerda) OCHIQ konchilik ishlari yuzasidan texnik rahbarlikni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs.
ISHLARGA RAHBARLIK QILISH – karyer rahbariyati tomonidan belgilangan rejalar bajarilishini tashkil etish bo‘yicha ishlar tartibi va hajmi, ijrochilari, xavfsizlik choralari belgilanishini va bajarilishi nazoratini o‘z ichiga olgan, hamda ijrochilarga vazifalar (naryadlar) va boshqa og’zaki Yoki Yozma idoraviy ko‘rsatmalar byerish Yo‘li bilan amalga oshiriladigan harakatlar tizimi.
ISHLAR RAHBARI – ishlarning ayrim turlari yuzasidan rahbarlikni amalga oshiruvchi muhandis-texnik xodim (uchastka boshlig’i va boshliq o‘rinbosari, uchastka mexanigi va enyergetigi, mastyer va shu kabilar).
ISHLAR IJROCHISI – bevosita ish bajaruvchi shaxs.
TEXNIK NAZORAT – mehnat muhofazasiga oid me’yorlar va qoidalarga rioya etish yuzasidan nazorat tizimi.
TEXNIK NAZORAT SHAXSI - mehnat muhofazasiga oid me’yorlar va qoidalarga rioya etish yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs.
OCHIQ KONCHILIK ISHLARI YUZASIDAN TEXNIK RAHBARLIKNING HUQUQI – tegishli ta’lim olganligi haqidagi hujjat bilan tasdiqlangan, konchilik ishlari Yoki ularning ayrim jarayonlarini boshqarish funksiyasini bajarishiga oid huquq. Mustaqil texnik rahbarlar huquqlarining chegaralari lavozim Yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
ISHLARNI BAJARISH HUQUQI – tegishli kasb olganligi va ma’lum amaliy ko‘nikma egallangani haqidagi hujjat bilan tasdiqlangan, ijrochilarning ayrim ish turlarini bajarishlariga oid huquq.
SANOAT SANITARIYASI - mehnat jarayonida inson sog’lig’i va ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlaydigan qonunchilik hujjatlari va ularga muvofiq ravishdagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, gigienik va sanitariya –texnikoviy tadbirlar va vositalar tizimi.
UMUMIY QOIDALAR 1. Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishni bajaruvchi har bir korxonada (tashkilotda) quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya (maxsus ruxsatnoma);
b) karyerning tasdiqlangan loyihasi;
v) kon bo‘lagini guvohlovchi dalolatnoma;
g) yerdan foydalanish huquqiga oid dalolatnoma;
d) xavfsizlik syertifikati;
e) davlat komissiyasining karyer Yoki uning navbatini foydalanishga qabul qilish haqidagi dalolatnomasi;
j) konchilik ishlarini olib borish huquqiga oid litsenziya (ruxsatnoma);
z) belgilangan marksheydyerlik va geologik hujjatlar;
i) «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan konchilik ishlarini rejasi;
k) konchilik ishlarini bexatar olib borishni ta’minlovchi texnik vositalar;
l) buzilgan yerlarni qayta tiklash ishlari rejasi;
m) konchilik ishlarini boshqarish va bexatar olib borishni ta’minlovchi xodimlar;
n) O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspyertiza to‘g’risida»gi Qonuni 11,15 va 21- moddalariga muvofiq ravishda davlat ekologik ekspyertizasining ijobiy xulosasi;
o) atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning yillik va istiqbolli rejalari;
p) chiqindilarning shakllanishi, ularni ro‘yxatga olish, joylashtirish limitlari va chiqindi pasporti.
2. Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida byeriladi, xamda uning egasiga konchilik korxonasini (karyerni) loyixalash, kon bo‘lagini olish va yer bo‘lagini byerish uchun asos bo‘ladi.
3. Karyer loyixasi, shu jumladan konni tajriba-sanoat asosida qazib olishga oid loyixa xam, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda byeriladigan litsenziyalarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan xorijliklar tomonidan xam ishlab chiqilishi kerak.
Loyixani ishlab chiqish, loyixa tashabbuskori Yoki uni buyurtmasiga ko‘ra loyixalash tashkiloti tomonidan tuziladigan, xamda «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishiladigan pudrat shartnomasi va loyixalash topshirig’iga asosan bajariladi.
Karyerning asosiy loyixaviy echimlari va texnologik parametrlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini tug’diruvchi kon-geologiya va kon-texnik shartlar o‘zgarganda, yangi loyihalashga oid topshiriq asosida loyixa qayta ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda qayta tasdiqlanishi kerak.
Agar aniqlangan o‘zgarishlar asosiy loyixaviy echimlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etmasa, unda loyixalarni ishlab chiquvchi korxona bilan kelishilganidan keyin karyerning ayrim texnologik parametrlari o‘zgartirilishi va korxonaning bosh muxandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Agar aniqlangan o‘zgarishlar karyerning asosiy loyixaviy echimlarni va texnologik parametrlarini qayta ko‘rib chiqishni talab etmasa, unda ishlar korxona-ning bosh muxandisi tomonidan tasdiqlangan maxalliy loyihalar asosida olib borilishi mumkin.
4. Foydali qazilmalarni, shu jumladan texnogen tusdagilarni ham qazib olish uchun ajratilgan kon bo‘lagi, foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya egasiga «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan byeriladi.
Kon bo‘lagi korxonani qurish, qayta qurish va kengaytirishni boshlashdan oldin amaldagi «Foydali qazilmalarni qazib olish uchun ajratilgan kon bo‘lagi byerish haqidagi nizom»ga muvofiq ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
Kon bo‘lagi chegarasidan tashqarida foydali qazilmalarni qazib olish taqiqlanadi. Korxona tomonidan unga byerilgan kon bo‘lagini boshqa korxonaga byerishga ruxsat etilmaydi. 5. Konni Yoki uning qismini tajriba-sanoat asosida qazib olish, «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan konchilik ishlari loyihasi va rejalari, foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer osti boyliklaridan foydalanishga oid litsenziya asosida kon bo‘lagi byerilmasdan amalga oshiriladi.
6. Konchilik korxonasini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini (yer bo‘lagi) rasmiylashtirish, davlat xokimiyati xududida korxona qurish ko‘zda tutilgan tumanning organlari qarori bilan kon bo‘lagi olinganidan keyin, belgilangan tartibda amalga oshiriladi, xamda dalolatnoma byerish, shuningdek topografik xaritaning nusxasiga tegishli ust xat Yozish va unda yer bo‘lagining chegaralari ko‘rsatish bilan guvoxlantirila-di.