17. Fuqorani sog’ligiga zid bo‘lgan ishga qabul qilish taqiqlanadi.
18. Xodimni mutaxassisligi va kasbi, uning lavozimi va bajaradigan ishiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Xodimdan kasbiga to‘g’ri kelmaydigan va unga o‘rgatilmagan ishni talab qilish taqiqlanadi, avariyalarni oldini olish va bartaraf etish hollari bundan mustasno.
19. Ishchilar va mutaxassislar tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq ularni kasbi, lavozimi va ish sharoitlariga mos bo‘lgan maxsus kiyimlar, poyafzallar va boshqa shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanishlari kerak, hamda ulardan foydalanishga majburdirlar.
Karyer hududida turgan shaxs himoya kaskasini kiyishi kerak.
20. Mashinistlar va mashinist Yordamchilari boshqa konchilik mashinalariga ishga o‘tkazilganlarida, ular avvaldan ushbu konchilik mashinalarning foydalanish hujjatlari, elektrlashtirilgan mashinalarda esa elektr ta’minoti sxemalarini mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari bilan tanishtirilishlari kerak.
21. Ishlovchilar uchun ishlarni bexatar olib borishga oid Yo‘riqnomalar dastlabki Yo‘riq paytida, o‘rganish uchun imzo bilan ularni qo‘liga byerilishi, Yoxud ish joylari Yoki uchastkalarda osib qo‘yilishi, Yoxud ishlovchilar uchun qulay aniq joylarda saqlanishi mumkin.
22. Karyer shtatida bo‘lmagan, ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun uning bo‘lishi lozim bo‘lmagan shaxslar (xuddi shunday delegsiya tarkibida bo‘lgan chet el fuqarolari) xavfsizlik texniksiga oid Yo‘riqdan o‘tishlari va karyerda bo‘ladigan hamma vaqtda shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanishlari kerak.
Ekskursantlar, delegatsiyalar, nazorat organlari vakillarining karyer sanoat maydoni va ish joylariga borishlari, karyer rahbariyati bilan kelishuvga binoan karyer vakili kuzatuvida amalga oshiriladi.
23. Ishlarni bajarish uchun Yozma naryad byerilishi kerak.
Ishlarni bajarishga oid naryadni byerish va uni bajarilishini nazorat qilish korxonaning texnik rahbari tasdiqlangan naryad tizimi haqidagi nizomga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Loyihalar, pasportlar, sxemalar bilan ko‘zda tutilgan ishlarga oid naryadlarni byerish paytida ishni va xavfsizlik choralarini to‘liq izohlamasdan shu hujjatlarni ilova qilish mumkin. Bunda ko‘rsatilgan hujjatlar ishlarni sifatli va bexatar bajarish uchun zarur va etarli ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak, ishlarga rahbarlik qiluvchi va ishlarni ijro etuvchi shaxslar esa imzo bilan tanishtirilishlari kerak.
Naryadda smena davomida uchastkada bajariladigan ishlarning barcha turlari, jumladan boshqa uchastka va xizmatlar xodimlari tomonidan bajariladigan ishlar ham ko‘rsatilishi kerak.
IZOH: 1.Ishlarni bajarishga oid naryadlar amaldagi qoidalarga muvofiqligi aniqlangan taqdirdagina qabul qilinadi.
2. Amaldagi elektr qurilmalarda bajariladigan ishlarning ayrim turlari tezkor (tezkor-ta’mirlash) xodimlar tomonidan joriy foydalanish tartibida bajariladigan ishlar ro‘yxatiga mos ravshida amalga oshiriladi.
24. Har bir ish joyi ishlar boshlanishidan oldin Yoki smena davomida usta tomonidan, kecha-kunduz davomida uchastka boshlig’i Yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim, qaysiki xavfsizlik qoidalari buzilishi mavjud bo‘lsa, ular ishlarni bajarishni taqiqlashga majburdirlar, buzilishlarni bartaraf etish bundan mustasno.
Xavfsizlik qoidalari buzilishi mavjud bo‘lgan joylarda ishga naryad byerish taqiqlanadi, buzilishlarni bartaraf etish, avariyalarni oldini olish va tugatishga oid naryadlar bundan mustasno.
25. Har bir ishchi (brigadir, zveno boshlig’i) ish boshlanishga qadar o‘z ish joyining (brigada, zveno ish joyining) xavfsiz holatiga ishonch hosil qilishi, naryadni bajarish uchun talab etiladigan asboblar, mexanizmlar, moslamalar va saqlagich qurilmalarining sozligini tekshirishi, hamda ishni boshlash haqida qaror qabul qilishi kerak.
Har bir ishchi (brigadir, zveno boshlig’i) ishlarni bexatar bajarishga to‘siqlik qiluvchi buzilishlarni aniqlashi bilan uni bartaraf etishga majbur, agar u buni o‘z kuchi bilan bajara olmasa, unda naryad byerganga murojaat etishi, hamda keyinchalik uning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilishi kerak.
26. Kon-transporti jihozlari va mexanizmlarida «Smenani qabul qilish va topshirish kitobi (jurnali)» bo‘lishi lozim, uni yuritish tartibi karyer ma’muriyati tomonidan belgilanadi, uning to‘g’ri yuritilishi esa muhandis-texnik xodimlar va texnik nazorat shaxslari ish joyiga borishlari bilan, ular tomonidan davriy ravishda tekshirilishi kerak.
27. O‘zga tashkilotning xodimi ishlarni bajarishi uchun karyer hududiga kirishiga ruxsat etish, qaysiki uchastka Yoki ob’ektning chegaralari belgilanishi, ishlarni bexatar o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha tomonlarning o‘zaro javobgarligini ko‘zda tutuvchi tadbirlar ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma-ruxsatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
28. Kon-transporti jihozlarining elektr qismini ta’mirlashda «Iste’molchilar elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari»ga muvofiq ravishda tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishi kerak.
Kon-transporti jihozlarining mexanika qismini ta’mirlashda, ta’mirlanaYotgan mexanizm va uzellarni o‘z-o‘zidan Yoki noto‘g’ri ulanib ketishining oldini olish uchun, ishga tushiruvchi apparatura o‘chirilishi, uning dastaglariga «Ulamang – odamlar ishlayapti» plakatlari osib ko‘yilishi kerak, ijrochilarga ruxsat etish esa shu jihozning mashinisti tomonidan ish boshlanishi va yakunlanishi paytida «Smenani qabul qilish va topshirish kitobi»ni rasmiylashtirish bilan bajarilishi lozim.
Gidrosistemaga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga oid ishlarni bajarishga faqat dvigatel o‘chirilgan va gidrosistemadagi bosim tashlangan holda ruxsat etiladi.
29. Agar biror ishni bajarish Yoki jihozga xizmat ko‘rsatish uchun yer (pol) sathidan 1,5 m dan baland bo‘lgan joyga ko‘tarilish lozim bo‘lsa, unda buning uchun hamma joyi nosirpanchiq to‘shamali, ostki tomonidan kamida 0,14 m balandlikda polosa bilan qoplangan va balandligi 1,0 m dan kam bo‘lmagan oraliq elementi bo‘lgan suyanchiqli maydoncha qurilishi Yoki qurilishda xavfsizlik qoidalariga muvofiq ravishda yasalgan havoza qo‘yilishi kerak. Bu maqsadlar uchun tasodifiy tayanchlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Maydonchalar (havozalar) qo‘yishning iloji bo‘lmaganda Yoki 1,5 m dan baland bo‘lgan joyda narvon bilan ish bajarganda ishchilar saqlagich kamarlar va ehtiYot arqonlardan foydalanishlari kerak, qaysiki ularning mahkamlanish joylari konstruksiyada belgilanishi va naryadda ko‘rsatilishi kerak.
EhtiYot arqon ish bajarish paytida, u tarang holda bo‘lishi lozim.
30. EhtiYot arqonlari va saqlagich kamarlarini foydalnishga byerishdan oldin, ular tayYorlovchi-zavodni talablariga mos ravishda statik yuklanish sinovidan o‘kazish kerak. Saqlagich kamarlar va ehtiYot arqonlardan foydalanish jarayonida, ularni 6 oyda kamida 1 marta davriy sinovdan o‘tkaziladi. Sinovga dosh byergan himoya vositalarida raqami ko‘rsatilgan shtamp, keyingi sinovning sanasi va sinovni o‘tkazgan laboratoriyaning nomi bo‘lishi kerak.
Saqlagich kamarlardan foydalanish tayYorlovchi-zavodnining Yo‘riqnomalariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.
31. Amaldagi elektr qurilmalarda ishlarni bajarish paytida (payvandlashdan tashqari) ipi texnik kapron tasma Yoki shunga o‘xshash matyerialdan bo‘lgan saqlagich (montYorlik) kamarlarini qo‘llash lozim.
Kuchlanishda bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda zo‘riqishni olib tashlash Yoki zo‘riqishni olib tashlamasdan bajariladigan payvandlash ishlarida ipi zanjirdan bo‘lgan saqlagich (montYorlik) kamarlarini qo‘llash lozim.
32. Mexanizmlarni ishga tushirishdan, hamda mashina, temir Yo‘l tarkibi va avtomobillarni harakatlantirishdan oldin tovushli Yoki nurli signallar byerish majburiydir, muhandis-texnik xodimlar signallarni maqsadi bilan ishchilarning hammasini tanishtirishlari shart. Bunda signallar mashinalar, mexanizmlar harakatlanadigan hududida ishlovchilarning hammasiga eshitiladigan (ko‘rinadigan) bo‘lishi kerak.
To‘xtatish haqidagi signal byerilganda, shuningdek noto‘g’ri Yoki tushinarsiz signalda ishlaYotgan mexanizmlar zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
Mashina Yoki uni mexanizmini ishga tushirishdan oldin mashinist brigada a’zolari va yaqinda turgan shaxslarni xavfsizligiga ishonch hosil qilishi va xavfli hududdan ularni chiqarish choralarini ko‘rishi lozim.
33. Kon massasini avtomobil va boshqa temir izdan yurmaydigan trasport vositalariga yuklashda yuklovchi jihozning (ekskavator, frontal yuklagich va shu kabilar) mashinisti ma’nolari karyer (korxona) ma’muriyati tomonidan belgilanadigan signallarni byerishi kerak.
Kon massasini ekskavator (frontal yuklagich) bilan temir Yo‘l vagonlariga yuklashda va ularni ekskavator Yonidagi uyumlarga bo‘shatishda poezd brigadasi temir Yo‘l trasportidan foydalanish uchun belgilangan signallarga muvofiq ravishda ekskavator mashinisti tomonidan byeriladigan signallarga bo‘ysunishga majbur.
Signallar jadvali yuklovchi jihozga (mexanizmga) Yoki uni yaqin bo‘lgan ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi kerak.
34. Ishdan xoli vaqtda konchilik, transport i Yo‘l-qurilish mashinalari qazish joyidan (zaboydan) xavfsiz joyga ko‘chirilishi, ishchi organlari (cho‘mich va boshqalari) yerga tushirilishi, kabinasi Yopilishi va ta’minlovchi kabeldagi kuchlanish o‘chirilishi kerak.
35. Karyerni qazilgan joyi pyerimetri bo‘ylab kamida 1,0 m balandlikdagi tuproq devor bilan chegaralanishi va «To‘xta! Karyer borti» so‘zlari Yozilgan plakatlar osib qo‘yilishi kerak.
Karyerga boradigan Yo‘l bo‘yiga begona transportlarning karyerga kirishini man etadigan belgilar, portlatish ishlari bajariladigan vaqtni va shu paytda byeriladigan signallarni, shuningdek karyer hududida begona shaxslarning bo‘lishiga Yo‘l qo‘yilmasligini ko‘rsatuvchi plakatlar qo‘yilishi kerak.
Belgilar va plakatlarni o‘rnatish sxemasi karyerning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
36. Insonlar, hayvonlar, transport vositalari tushib ketishi xavfi bo‘lgan joylar (sizot suv quduqlari, ishlatilmaydigan shurflar, stvollar, yer osti kon inshootlari) ishonchli Yopilgan Yoki kamida 2 m balandlikdagi tur sim bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
Yer yuzasidagi Yoriqlar va chuqurliklar, hamda konchilik ishlarini Yoki konning zaxini qochirishni bajarish jarayonida ular paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar, insonlar, hayvonlar, transport vositalarining ushbu hududda tasodifiy tushib ketishdan ishonchli to‘silishi kerak.
37. Ish joyigacha bo‘lgan masofa 2 km dan ortiq va ishlash chuqurligi 100 m dan ortiq bo‘lgan karyerlarda ishlovchilarni tashish avtobuslar Yoki odamlarni tashish uchun jihozlangan maxsus avtomashinalardan foydalanilgan holda tashkil etilishi kerak. Harakatlanish tezligi va Yo‘nalishi texnik rahbar tomonidan transport tashkiloti bilan kelishuvga binoan belgilanadi.
Odamlarni mindirish va tushirish maydonchasi gorizontal bo‘lishi kerak. Bunday maydonchalarni Yo‘lni o‘tish qismiga qurish taqiqlanadi.
38. Ishchilar, rahbarlar va texnik nazorati shaxslarining lokomotiv, texnologik avtotransport, Yordamchi texnikada o‘tishiga, qachonki ularda maxsus jihozlangan joy bo‘lsagina ruxsat etiladi, ishchilarning o‘tishiga esa karyer ma’muriyatining faqat Yozma ruxsati bilan ruxsat byeriladi.
39. Karyerlarda odamlarni temir Yo‘l transporti bilan tashish korxona tomonidan ishlab chiqilgan va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Yuk poezdlarining tarkibiga odamlarni tashishga mo‘ljallangan vagonlarni ulash taqiqlanadi.
Xodimlarni tashishni, ta’mirlash poezdining tarkibiga ulangan shu maqsad uchun maxsus mo‘ljallangan vagonda bajarishga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |