1. Kirish qismi. Topshiriqning berilishi



Download 28,8 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi28,8 Kb.
#628830
Bog'liq
2 5314541950240558275


MUNDARIJA.

1. Kirish qismi.


2. Topshiriqning berilishi.
3. Hajmiy – rejaviy echimlari.
4. Konstruksiya yechimlari.
5. Zinapoya hisobi.
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
O’zbekiston Respublikasi arxitektura qurilish sohasi uzoq tarixga ega. Aslida, inson ibtidoiy jamoa tuzimida va keyingi davrlarda tashqi muhit noqulayliklaridan yovvoyi hayvonlardan saqlanish uchun oddiy binolarni qura boshlagan, lekin chiroyli, go’zallik qonun koidalariga amal kilgan holda qurilgan binolarga etib kelish uchun ming yillar kerak bo’lgan.


Arxitektura inshoatlarni qurishda Rimlik me’mor Vitruviy 3 ta shartni ilgari surgan.
1. Foydalilik.
2. Mustaxkamlik.
3. Go’zallik.
Me’morchilik oldida turgan vazifalardan biri davrning Ulug’vorligini va go’zalligini me’morchilik vositalari bilan aks ettirishdir, chunki xar qanday inshoot maxsus talablargina emas, balki estetik g’oyalarga javob beradigan bo’lishi Qurilish materiallariga qarab me’morchilikda o’ziga xos shakl va turlar paydo bo’ldi.
Amir Temur shunday deb yozgan edi: “Agar bizning qudratimizga ishonmasangiz kelib biz kurgan binolarni ko’ringlar".
SHunday kilib me’morchilik quruvchi, muxandistlik, quruvchi iqtisodchilar uchun asosiy fanlardan biridir. Bu fan binolarni loyixalashni va ularni konstruksiyalashni o’rgatadi.
Topshiriqning berilishi.
Kurs loyixasi mavzusi: 4 xonali kattedj binosini loyixalash.
Qurilish hududi: Nukes.
Qavatlar soni: 1 qavat.
Poydevor: Quyma betonli lentasimon.
Devorli: G’ishtli.
Toom yoplamasi: CHordoqli.
Pol: Yog’och pol.
Hajmiy – rejaviy echimlari.
Tanlab olingan, kerakli o’lchamdan va shakldan iborat asosiy yordamchi xonalarning Yagona Kompozitsiyaga birlashganiga binoning hajmiy – planli yechimi deyiladi.
Qurilishi kerak bo’lgan Nukusda joylashgan 4 xonali katej bo’lib qavatlar soni 1 ta uning xonalariga umumiy xona, mehmonxona, oshxona, daxliz, sanuzellar va xonalar kiradi.
Istalgan binoning hajmiy echimi zaminida funksional jarayon yotadi. SHuni esda tutmoq lozimki, har bir binoda yoki xonada asosiy va yordamchi funksional jarayonlar ajratiladi.
Xonalarda kechadigan jarayon xarakteriga va ularning ishlatilish sohasiga qarab, binolarda xonalar: asosiy, yordamchi va kommunikatsiya turlariga bo’linadi.
Asosiy xonalarga, umumiy xona, oshxona, mehmonxona, yotish xonalari kiradi.
Yordamchi xonalarga esa oshxonalar, binolarga kirish joylari, sanuzellar kiradi.
Kommunikatsiya xonalari vertikal gorizontal holatlarda bo’lib, gorizontallariga yo’laklar, galeriya, o’tish joylar, Vertikallariga zinapoyalar, va boshqalar misol bo’ladi.
Binolarda xonalarni to’g’ri joylashtirish uchun avvalo funksional yoki texnologik sxemani, ya’ni shartli ravishda xonalar gruppasini va ular o’rtasidagi bog’liqlikni grafik tasvirlar maqsadga muvofiq keladi.
Konstruksiya yechimlari.
Arxitektura – konstruktiv elementlardan tuzilgan. Bino qismlari va alohida elementlari binoga ta’sir etuvchi hamma nagruzkalarni qabul qiladigan ko’tarib turuvchi elementlarga: ichki xonalarni tashqi havo o’zgarishidan, shamoldan, shovqindan izolyasiyalaydigan hamda binoni ayrim xonalarga ajratadigan to’suvchi elementlarga ham, ko’tarib turish, ham to’sish vazifalarini bajaradigan elementlarga bo’linadi.
Binoning asosiy qismlariga poydevorlar, tashqi va ichki devorlar, orayonmalar, tom yopmalar, kalonnalar, Zinalar, balkonlar, deraza, eshiklar, fonarlar kiradi.
Asos — poydevor tagidagi grunt. Asoslar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Grunti mustahkamlanadigan asoslar tabiiy asos deb ataladi, grunti sun’iy ravishda mustahkamlanadigan asoslar sun’iy asos deb ataladi.
Tabiiy asos grunti etarli darajada mustahkam, bir tekis va sal-pal siqiluvcha, qo’zg’almas bo’lishi lozim. Gruntning mustahkamligi kurilish normalari va qoidalarida ko’rsatilgan kattaliklardan oshib ketmaydigan nagruzka bilan aniqlanadi. Gruntlar toshli, yirik bo’lakli, qumli va gilli xillarga bo’linadi.
Sun’iy asos hosil qilish uchun grunt turli usullar bilan mustahkamlanadi, ya’ni bo’shroq grunt o’rniga mustahkamroq grunt yotqiziladi, katoklar, vibroplitalar yoki shibbalash plitalari yordamida grung yuzasi zichlanadi, qumli gruntlar ustun qoziqlar bilan chuqur qilib zichlanadi, bo’sh gruntlar ularga qo’shimchalar quyish yo’li bilan mustahkamlanadi.
Poydevor binodan tushadigan nagruzkani kabul qilib, uni asosga uzatadigan, ko’tarib turuvchi elementdir.
Poydevorlar lentasimon, ustunli, plitadan kilingan yaxlit, ustun qoziqli bo’ladi.
Lentasimon poydevorlar uzliksiz devor shaklida quyilib, devorning o’g’irligini qabul qiladi. Odatda, lentasimon poydevorlarning ko’ndalang kesimi to’g’ri burchakli, tovoni pog’ona shaklida kengaygan bo’ladi yoki kengaygan temir – beton tovonga tayanadigan yuqori qismi to’g’ri burchakli bo’ladi. Lentasimon poydevorlar yig’ma temir- beton bloklar, monolit betondan qilinadi, xarsang tosh yoki g’ishtdan teriladi.
Ustunli poydevorlar. Alohida turadigan tayanchlar kalonnalar uchun, shuningdek poydevorlar balkalari yoki peremechkalarga tayanuvchi devorlar uchun quriladi. Ustunli poydevorlar monolit bo’lib, yoki yig’ma betondan beton bloklardan quriladi. Kolonnalar yaxlit va tarkibiy tayanchlar ko’rinishdagi temir beton poydevorlarga tayanadi.
Yaxlit poydevorlar katta nagruzkalarni qabul qilish uchun quriladi. Ular binoning tagiga bor bo’yicha yoki uning bir qismi tagiga kovurg’ali yoki balkasiz yaxlit temir-beton plita ko’rinishida o’rnatiladi.
Ustun qoziqli poydevorlar gruntga ko’milgan bir necha ustun qoziq sterjenlardan iborat plita va balkalar bilan berkitiladi. Rostverxlar tufayli nagruzka hamma ustun Qoziqlarga bir Rostverx yig’ma elementlardan yasaladi yoki yaxlit qilib qo’yiladi. Rostverxlarga bino yoki inshootlarning nagruzka tushadigan konstruksiyalari tayanadi. Ustun qoziqli poydevorlar boshqa poydevorlarga nisbatan kam cho’kadi, bunday poydevorlarni toshli gruntlardan tashqari har qanday gruntli erda qurish mumkin.
Devorlar.
Tashqi va ichki bo’ladi. Karkas elementlarga tayanadigan devorlar faxverk devorlar deb ataladi. Mustaqil poydevorlar quriladigan yopma ustiga orayonmalardan tushadigan nagruzkalarni qabul qiladigan devorlar esa ko’tarib turuvchi devorlar deb ataladi.
Qurilishda devorqismi g’ishtli. Qurilishda eng ko’p ishlatiladigan oddiy va ko’p teshikli devorbop g’ishtlar oson eruvchan tuproqqa qo’shilmalar qo’shib yoki qo’shilmasiz loydan tayyorlanadi. Bunday g’ishtlar, asosan, binolarning tashqi, ichki devorlarini, g’ishtli bliklar va panellar qurishda ishlatiladi.
Oddiy pishirilgan g’isht 250x125x65 mm va 250x120x88 mm li o’lchamlarda ishlab chiqariladi.
Bino tashqi devori asosiy va eng murakkab konstruksiya hisoblanadi. Ular ko’pgina va turli tuman kuch va kuch asosida bo’lmagan ta’sirlarga uchraydilar.
Bunday qaraladigan bo’lsa, devorlar qabul qiladi:
-o’z massasini (vazni),
-tom va qavatlarga qurilmalardan vaqtinchalik va doimiy yuklarni,
-shamol ta’sirini,
-zamin noteks deformatsiyasini,
-seysmik kuchlarni va xokazo.
Tashqi tomondan devorlarga ta’sir qiladi:
-quyosh radiatsiyasi,
-atmosfera cho’kindilari,
-tashqi havo o’zgaruvchan harorati va namligi,
-tashq havo.
Ichki tomondan xam devorlarga ta’sir bo’ladi:
-issiq oqim ta’siri,
-suv bug’i oqimi,
-shovqin.
Tashki devor funksiyasini olib qaraydigan bo’lsak u tashqi to’siq konstruksiyasi va fasad kompozitsion elementi, ko’p xolatlarda kutaruvchi konstruksiya vazifasini utaydi. SHuning uchun xam ular kuyidagi talablarga javob bermog’i lozim;
-mustaxkamlik;
-uzok muddatga xizmat kilish;
-utga chidamlilik;
-ma’lum noyoblik muximlilik sinfiga to’g’ri kelish;
-binoni tashqi noqulay (kuchlardan) ta’sirlardan ximoya qilish;
-xonalarda zaruriy xarorat namli rejimini ta’minlash;
-dekorativ sifat bermoq;
Tashqi devor konstruksiyasi kuyidagi belgilar bo’yicha klassifikatsiyalanadi:
-statik ishga karabyuk kutaruvchan, o’zini-o’zi ko’taruvchan;
-konstruksiyasi buyicha: mayda elementlaridan-g’isht, spool tosh, mayda blok va h.k.yirik o’lchamli elementlardan-yirik panelli, yirik blokli;
-materiallar bo’yicha: betondan, toshdan, betondan bo’lmagan materiallardan, yog’ochdan.
Yuk ko’taruvchan devorlar o’z og’irligidan tashqari, ayrim konstruksiyalar og’irligini qabul qiladi va poydevorga uzatadi.
O’zini-o’zi ko’taruvchan devorlar faqatgina o’z Og’irligidatushuvchivertikamassani qabul qiladi va uni sokol paneli, rondbalka rostverk yoki boshqa konstruksiyalar orqali poydevorga uzatadi. O’z og’irligiga balkon, erker, parapet va boshqa konstruksiyalar og’irligi ham kiradi.
Osilib turadigan devorlar qavatlar bo’ylab aralash va ichki konstruksiyalarga osib qo’yiladi.
Lodjiyalar (pesh ayvonlar) tashqi devor chegarasidan tashqariga chiqmaydigan bir tomoni ochiq (tomoni) bo’lgan ichki xonalardir.
Orayonmalar-bu bino balandligi bo’yicha qavatlarga bo’luvchi ichki gorizontal to’siq konstruksiyasi hisoblanadi. Ular doimiy va vaqtinchalik kuchlarini qabul qiladi va devorga uzatadi. Ular ishlatilishi sohasiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.
Sokol qavati; grunt ustidan birinchi qavat poli; qavatlararo va chordok qavati orayonmalari.
Har bir orayopmalarga o’ziga yarasha ta’sirlar bo’ladi:
CHordoq: Harorat va namlik o’zgarishi havo bosimi o’zgarishi qiymati, sanitariya-texnik uskunalari va ularning ishi, tomda yurganlar va h.k.
Turar-joy qavati; Havo harorati va namligi doimiyligi havoli va zarbali shovqin, odamlar va ularning harakati, uskunalar, pol namlanishi va h.k.
Erto’la: Harorat va namlik o’zgarishi, shovqin, yoqimsiz hidlar, binoni ekspluatatsiya uchun ishlaydiganlar harakati va h.k.
Orayopmalarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1.Salqilik darajasi chegarasi 1/200-1/400 oraliq mikdoridan oshmasligi kerak.
2. Ular kerakli darajadagi tovushdan himoyalash sifatiga ega bo’lmog’i lozim. Bilasizlarki, tovush xavo va zarbali buladi.
3. Orayonmalar kerakli darajada namga chidamlilik, gaz utkazmaslik va tebranishni chegaralab quyish va uni tula yuq qilish qobiliyatiga ega bulishi keapk.
4. Uzoq muddatga xizmat qilish, ya’ni bino uzoq muddatga pol chidamlilik darajasiga mos kelmog’i lozim.
5. Olovga (o’tga) qarshi talabalar
6. Ekspluatatsiya qilganda kerakli shart-sharoitlarga ega bulmog’i ya’ni pol tozasi va shiyft.
7.Me’morchilik ma’nodorligi, ya’ni va shift yuza bezaklari.
8. Iqtisodiy maksadga muvofikligi va xokazolar.
Pollar.
Hamma pollarni konstruksiyasini ikki tipa:
1. Orayonma ustiga quriladigan.
2. Grunt ustiga quriladigan tiplarga ajratish mumkin.
Pollar materialiga karab: taxta, Donali parket, parket taxta, itsit parket, mazayka parket mekoleum: polivinilxlorid va boshqa sun’yi Taxtachalardan: mastika: sement: mozamkali keramik taxtachalardan x.k.
Hozirgi kunda qurilishda parket pollar ko’p ishlatilmoqda. Parketning turlariga-sun’iy parket, parket shit, mozaykali parketlar kiradi.
Hozirgi kunda mozaykali-gulli parketlar eni 15 sm va uzunligi 300 sm gacha bo’lgan yupqa parket taxtalar va qattiq qog’ozga yopishtirilgan yig’ma mozaykali parketlari ishlatilmoqda.
Tom binoning murakkkab konstruktiv elementi xisoblanadi. Tom chordoq orayonma ustiga bevosita qurilishi yoki ma’lum bir fazoviy oraliq-chordoq xosil qilib qurilishi mumkin. SHuning uchun xam bevosita chordoq orayopma ustiga qurilgan tomni kushib kurilgan yoki birlashtirish yoki chordoqsiz tom deb yuritiladi. CHordoq hosil qurilgan tomni-chordoqli tom deb yuritiladi.
Tomlar murakkab kompleks tashqi kuchli va kuchsiz ta’sirlar ostida ishlaydi.
Kuchli ta’sirlar: tom xususiy og’irligi, qor og’irlig’i, vaqtinchalik og’irligi (ya’ni, tomni ekspluatatsiya qilishdagi og’irliklar-tozalash tuzatish, ta’mirlash) Kuchsiz ta’sirlar: xavo chukindilari (yomgir, qor, dul, bug’ nami, ximik moddalar, quyosh radiatsiyasi, isssiq sovuq xarorati va x.k)
Deraza va eshiklar. Xona ichi tabiiy yorig’lik devordagi vertikal yoki tomlardagi gorizontal yoki tomlardagi gorizontal joylashgan ochiq uymalar (deraza o’rni) orqali tushadi.
Xonaning yoritilganlik darajasi qurilish normasi va qoidalari asosida aniqlanadi. Amaliyotda turar-joy binolari uchun deraza o‘rni yuzasi xona poli maydonning 1/8 dan 1/5 bo’lagiga teng bulishi kerak. Derazalar 1-qavat, 2-qavat va 3-qavat bo’lishi mumkin. O’zbekiston sharoitida derazalar 1 yoki 2-qavatlik balandlikdan 1100 mm va 1300 mm dan kichik qilib olinadi. Eshik bino ichiga kirishi va bir-biriga utiladigan izolyasiya qilish uchun kullaniladi. Tabaqalar soniga qarab odatda 1-qavatli eshiklarning kengligi 600, 700 dan 1000 mm ga, 2 tabaqali eshiklarning esa 1200, 1400 va 1800mm gacha bo’ladi. Turar-joy binolarining eshiklarining balandligi 2000 va 2300 mm gacha bo’ladi.
Eshiklarning balandliklari 2000 dan 2300 gacha bo’ladi. Eni esa 700, 900, 1200 bo’ladi.
Deraza razmerlari kuyidagicha buladi:
Balandligi: 560, 850, 1160, 1460, 1760mm e’ni 1170, 1320, 1420, 1770, 1270mm buladi. Bizga ma’lumki, derazadar 3 ta qismga bo’ladi:
1. Osteklennыy priklad
2. Korobka
3. Podokolnik doskasi.
Karnizlar. Kam qavatli, ayniqsa devorlari beton va tabiiy tonlardan qurilgan binolarning karnizlari kupincha stropila oyoqlarini devordan tashqariga chiqarish uyli bilan yoki stropila oyoqlariga kosta taxtalar qoqib kilinadi. Karnizlar: karnizlar, bug’ot karnizlar, yig’ma temir-beton karnizlarga bo’linadi.
Karnizlarga yog’och-taxta ishlatiladi.

Xulosa.
Qurilishi kerak bo’lgan binoyimiz Nukusda joylashgan bo’lib 4 xonali katej turar joy binosini loyixaladik va loyixalshda biz bino plani, fasadi, qirqimi, ora yopmasi, poydevori, tom yopmasi, stropila, bosh rejasi va konstruktiv birikmalari haqida ancha ma’lumotga ega bo’ldik. SHuningdek biz binoning tuzilishi haqida bilib oldik. Binoning o’lchamlari va zinapoya xisobi balandligi uzunligi eni xisobini xisoblashni tushunib oldik.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qosimov E.U. Arzon zamonaviy qurilish ashyolari. – T.: ,,Cho’lpon’’ NMIU, 2017. 370 b.
2. Qosimov E.U. Arxitektura ashyoshunoshligi. Darslik. – ,,Noshir’’, 2012. 224 b.
3. Qosimov E.U. Qurilish ashyolari. Ma’ lumotnoma. – T.: ,,Cho’lpon’’ NMIU, 2011. 496 b.
4. Arxitnktura va shaharsozlik haqida. O’zbekiston respublikasi qonuni. Toshken, 22.12.1995 yil.
5. Milovidov N.N. Arxitektura grajdanskix zdaniy. M. 1987.
6. SHevsov K.K. Arxitektura grajdanskix promыshlennыx zdaniy. T.3. Jilыe zdaniya. M. 1983 yil.
7. Qambarov X.U. Turar joy binolarining konstruktiv echimlari.
8. QMQ 2.01.01.94. Loyixalash uchun iqlimiy fizikaviy - geologik ma’lumotlar. T. 1994 y.
9. QMQ 2.08.01.94. Turar-joy binolari. Toshkent 1994 yil.
Download 28,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish