Hisobot davrining sof foydasi (zarari) (satr.240-250-260)
|
270
|
507693607.00
|
|
974038284.00
|
|
2.2.“O’zbekiston temir yo’llari” AJning korxonalarida asosiy vositalarni kapital ta’mirlashni tashkil etish.
Asosiy fondlarni ta’mirlash kapital, o’rta va joriy turlarga bo’linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o’z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag’larga ko’ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi. Masalan, mashina va asbob-uskunalarni kapital ta’mirlashda ular to’liq qismlarga bo’linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga ko’ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi. O’rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko’ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag’, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o’zida amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy fondlarni yaratish
Korxona
Asosiy fondlar amortizasiyasi
Asosiy fondlarni iste’mol qilish (foydalanish)
Asosiy fondlarni sotib olish va shakllantirish
Asosiy fondlarni qayta tiklash va ularni qoplash
Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi. Asosiy fondlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish majmuasi rejalioldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o’tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo’lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o’tkazish tartibi va grafigi belgilab qo’yiladi. Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy ekspluatasiyaga tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy fondlarni yaratish, foydalanish, amortizasiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o’z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim. Bu bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin. Takror ishlab chiqarish siklida asosiy fondlarni yaratish jarayoni korxonadan tashqarida amalga oshiriladi hamda asosan qurilish sohasi, mashinasozlik, asbobsozlik hamda asosiy fondlarni yaratish bilan shug’ullanuvchi boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishning qolgan bosqichlari korxona hududida amalga oshiriladi. Biroq barcha hollarda ham asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish tufayli korxonalar ishlab chiqarishni modernizasiya qilish hamda rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy va texnik barqarorlikka erishishlarini ta’minlaydi.
O’zbekiston temir yo’llarida xarakat tarkibini ta’mirlashda Yuk vagonlarining texnik holatini tiklash maqsadida berilgan davriylik bo'yicha harakatlanuvchi tarkibni rejali ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish ishlari olib boriladi, ta'mirlash ishlari respublikaning barcha mintaqalarida joylashgan lokomotiv va vagonlar depolari, zavodlar tomonidan amalga oshiriladi:
1. Lokomotiv depolar (8 ta)
2. «O'ztemiryulmashta'mir» UK
3. Vagonlar depolari: Vagonlar depolari (6 ta) «O'zvagonta'mir» AJ Vagonlar depolari (3 ta)
4. «Quyish-mexanika zavodi» SHK
5. «Andijon mexanika zavodi» SHK.
Jamiyatning yuk vagonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun va tashuvlarning ortib borayotgan hajmlariga ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida, terminallarda yuklash-bo'shatish ishlari vaqtini qisqartirish va vagonlarning
ta'mirlashda turgan vaqtini qisqartirish va ta'mirda vagonlarning turish vaqtini pasaytirish nazarda tutilgan. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ vagonlar parkining soz holatda saqlanishi uchun vagonlarni ta'mirlash korxonalarida rejali turdagi ta'mirlash ishlarini, aynan xizmat ko'rsatish muddatini 5, 11 va 16-yilga uzaytirgan holda mukammal ta'mirlash ishlarini olib boradi.
6-jadval. Vagonlar deposi tomonidan amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari turi
|
Tamir turlari
|
Vagon deposi
|
Depo tamiri
(DT)
|
Kapital ta'mir (KT)
|
Xizmat muddati uzaytirilgan kapital ta'mir (UKR)
|
Ekspluatatsion
faoliyat
|
Vagonlar xo’jaligi boshqarmasi
|
Toshkent
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Buxoro
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Qarshi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Qo’qon
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Qo’ng’irot
|
+
|
+
|
-
|
+
|
Termiz
|
+
|
-
|
-
|
+
|
AJ<>
|
Xovos
|
+
|
+
|
+
|
-
|
Andijon
|
+
|
+
|
+
|
-
|
Samarqand
|
+
|
+
|
+
|
-
|
Jamiyat zavodlari
|
|
Quyuv-mexanika zavodi (DT)
|
+
|
+
|
+
|
-
|
Andijon mexanika zavodi (DT)
|
+
|
+
|
+
|
-
|
Yuk va yo'lovchilar vagonlariga texnik xizmat ko'rsatish Texnik xizmat ko'rsatish maskanlari (TXM) tomonidan, vagonlarni yuklash uchun, reysga tayyorlash, tegishli maskanlarda poyezdlarni sinash, vagon deposining kafolatlangan uchastkalarida xavfsiz kuzatishni ta'minlash orqali amalga oshiriladi.2018-yilning oxirigacha 2777ta yuk vagonlarining xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirgan holda mukammal-tiklash ta'mirlash va modernizatsiyalash ishlarini amalga oshirish kutilmoqda. 2019-yilga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-martdagi «2015 - 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirishni ta'minlash, diversifikatsiyalash, modernizatsiya qilish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida» PF 4707-sonli Farmoniga muvofiq 1994 ta yuk vagonlarining xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirgan holda, ularni modernizatsiyalar vqa qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirldar Mahkamasining 03.02.2016-yildagi «2016
- 2019-yillar davriga «Toshkent metropoliteni» DUK poyezdlarining harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida moddiy-texnik bazani mustahkamlash,harakatdagi tarkibni zamonaviylashtirish va zamonaviy muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlash chora-tadbirlari kompleksi to'g'risida»gi №24-sonli qaroriga muvofiq, «Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi» AJ jamiyati zavodida davriga xizmat ko'rsatish muddatini 15-yilga uzaytirgan holda «Toshkent metropoliteni» DUK vagonlarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. 2018-yil uchun 12 dona vagonlarni modernizatsiya qilish kutilmoqda, 2019 yilga ham shu miqdordagi vagonlarni modernizatsiya qilish nazarda tutilgan.
7-jadval. – «O’TY» AJ ning inventar harakat tarkibining yosh tarkibi
Tur
|
10 yilgacha
|
10 dan 20 yilgacha
|
20 dan 30 yilgacha
|
30 yildan oshgn
|
Jami
|
Elektrovozlar
|
26
|
12
|
33
|
38
|
109
|
Teplovozlar
|
8
|
44
|
18
|
136
|
206
|
Manyovr lokomotivlar
|
-
|
-
|
17
|
179
|
196
|
Jami lokomotivlar
|
34
|
56
|
68
|
353
|
511
|
8-jadvalda lokomotiv depolar tomonidan amalga oshiriladigan ta'mirlash ishlarining turlari taqdim etilgan.
8-jadval. – Lokomotivlar deposi tomonidan amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari turi
Lokomotiv depolari va zavod
|
«O’TY» AJ «O’TY» tomonidan amalga oshiriladigan lokomotivlarning ta'mir va texnik xizmati turlari
|
Texnik xizmat ko’rsatish
|
Joriy tamir
|
Kapital ta’mir
|
Xizmat muddati
uzaytirilgan kapital tiklash
ta'miri
|
To-2
|
To-3
|
To-4
|
TP-1
|
TP-1p
|
TP-3
|
KP-1
|
KP-2
|
КРП
|
TCh-1 O'zbekiston
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
TCh-2 Qo'qon
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
TCH-2 Andijon
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
TCh-5 Tinchlik
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
TCh-6 Buxoro
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
TCh-7 Qo'ng'irot
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
|
TCh-8 Qarshi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
TCh-9 Termiz
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
TCh-10 Urganch
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
UP O’ztemiryul mashta'mir
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
+
|
Izoh: + ko'rsatiladigan xizmatlar (ishlar), - ko'rsatilmaydigan xizmatlar.
2018-yilning oxirigacha 29 seksiya miqdoridagi lokomotivlar, shu jumladan 15 seksiyalar elektrovozlari, 14 seksiyalar teplovozlarining xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirgan holda mukammal-tiklash ishlarini amalga oshirish kutilmoqda. 2019-yilga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-martdagi «2015 - 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirishni ta'minlash, diversifikatsiyalash, modernizatsiya qilish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida» PF 4707-sonli Farmoniga muvofiq 26 seksiya lokomotivlari, 6 seksiya elektrovozlari, 20 seksiya teplovozlarining xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirgan holda mukammal tiklash ta'mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |